Ayub 8:1-22

  • Bildad birinchi bor gapiradi (1-22)

    • Ayubning o‘g‘illari gunoh qilganlikda ayblanadi (4)

    • Pok bo‘lganingda, Xudo seni himoyalardi (6)

    • Ayub xudosizlikda ayblanadi (13)

8  Shuvaxiy+ Bildad+ unga javoban dedi:   «Qachongacha bunday gaplarni gapirasan?+ Og‘zingdan chiqayotgan so‘zlar kuchli shamol kabi, xolos!   Alloh adolatni buzadimi?Qodir Tangri haqqoniyatni buzadimi?   O‘g‘illaring Unga qarshi gunoh qilgani uchun,Qilgan isyonlariga yarasha jazolanishiga U yo‘l qo‘ydi.   Bordi-yu, sen Xudoni izlaganingda+,Rahm-shafqat ko‘rsatishini so‘rab, Qodir Tangriga yolvorganingda,   Agar chindan ham pok va to‘g‘ri bo‘lganingda+,U senga nazar tashlab,Seni o‘z o‘rningga qaytarardi va bari avvalgiday bo‘lardi.   Hatto arzimas narsadan boshlaganingda ham,Kelajaging farovon bo‘lardi+.   Ajdodlardan so‘rab ko‘r,Ularning otalari o‘tkazgan izlanishlarga e’tibor ber+.   Axir kechagina tug‘ilganimiz bois, hech nimani bilmaymiz,Chunki yer yuzidagi umrimiz soya kabidir. 10  Ular senga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib,Barcha bilganlarini aytib bermaydimi? 11  Botqoq bo‘lmasa qamish* baland bo‘lib o‘sadimi? Suv yo‘q joyda qamish bo‘y cho‘zadimi? 12  Ular kurtak otmay va kesib olinmay turib,Boshqa o‘simliklardan avval qurib qoladi. 13  Allohni unutganlarning xotimasi shunday bo‘ladi,Xudosizlarning* umidi puchga chiqadi. 14  Ular ishongan narsalar omonat,Ular tayangan narsalar o‘rgimchak to‘ri kabi mo‘rtdir. 15  Xudosiz odam uyiga suyanadi, ammo uyi qulab tushadi,Uni mahkam ushlashga urinadi, lekin uy bardosh bera olmaydi. 16  U quyosh nuri ostidagi sersuv o‘simlik kabidir,Novdalari bog‘ bo‘ylab yoyilgandir+. 17  Ildizlari esa uyulgan toshlarga chirmashadi,Toshlarni o‘z uyiday ko‘radi*. 18  Lekin u o‘z yeridan ildizi bilan sug‘urib olinganda,O‘sha yer: “Seni tanimayman”,— deb undan tonadi+. 19  Ha, u ana shu tarzda yo‘q bo‘lib ketadi+,Keyin o‘rniga boshqa o‘simliklar o‘sib chiqadi. 20  Xudo benuqsonlikni saqlagan kishilardan yuz o‘girmaydi,U yovuz kishilarni qo‘llab-quvvatlamaydi. 21  Alloh og‘zingni kulgiga,Lablaringni quvonch hayqiriqlariga to‘ldiradi. 22  Sendan nafratlanadiganlar uyatga qoladi,Yovuz kimsalarning chodirlari yo‘q bo‘ladi».

Izohlar

So‘zma-so‘z «papirus».
Yoki «Murtadlarning».
Yoki «Toshli uyni izlaydi».