Chiqish 24:1-18

  • Xalq ahd shartlariga rozi bo‘ladi (1-11)

  • Muso Sinay tog‘ida (12-18)

24  Keyin Yahova Musoga: «Sen, Horun, Nadov, Abihu+ va Isroilning 70 ta oqsoqoli tog‘ga chiqib, olisdan Menga sajda qilinglar.  Faqat sen — Muso, Menga — Yahovaga yaqinlashgin, boshqalar yaqinlashmasin, xalq esa sen bilan birga tog‘ga chiqmasin»+,— dedi.  So‘ng Muso kelib Yahovaning barcha so‘zlari va qonun-qoidalarini xalqga aytib berdi+. Shunda butun xalq bir ovozdan: «Yahovaning hamma aytganlarini bajaramiz»+,— deb aytdi.  Muso Yahovaning barcha so‘zlarini yozib qo‘ydi+. Tong saharda esa o‘rnidan turib, tog‘ etagida qurbongoh bunyod etdi va Isroilning 12 ta qabilasi soniga yarasha 12 ta yodgorlik toshini o‘rnatdi.  Bundan keyin Muso Isroil o‘g‘illari orasidan yigitlarni yubordi va ular kuydiriladigan qurbonliklar keltirishdi hamda tinchlik qurbonliklari sifatida buqalarni Yahovaga qurbon qilishdi+.  Keyin Muso qonning yarmini olib, kosalarga quydi, qolgan qonni esa qurbongohga sachratdi.  So‘ng u ahd kitobini* oldi-da, xalqga o‘qib berdi+. Ular bo‘lsa: «Yahovaning hamma aytganlarini bajaramiz, itoatkor bo‘lamiz»+,— deyishdi.  Shunda Muso qonni olib xalq ustiga sachratdi-da+: «Bu — Yahova sizlar bilan shu so‘zlar asosida qilgan ahd qoni»+,— deb aytdi.  Keyin Muso, Horun, Nadov, Abihu va Isroilning 70 ta oqsoqoli tog‘ga chiqib, 10  Isroil xalqining Xudosini ko‘rishdi+. Uning oyog‘i ostida sapfirga o‘xshash, osmonday musaffo bir narsa to‘shalgan edi+. 11  Tangri Isroilning tanlangan ushbu kishilariga ziyon yetkazmadi+. Ular yeb-ichib o‘tirgan paytda vahiyda haq Xudoni ko‘rishdi. 12  Bundan so‘ng Yahova Musoga: «Tog‘ga, Mening oldimga chiqib, o‘sha yerda qol. Men senga tosh lavhalar beraman va ularga xalqqa ta’lim berish uchun qonun va amrlarni yozib qo‘yaman»+,— dedi. 13  Muso yordamchisi Yoshua+ bilan birga o‘rnidan turdi va Muso haq Tangrining tog‘iga chiqdi+. 14  Oqsoqollarga bo‘lsa Muso: «Biz qaytib kelmagunimizcha, shu yerda kutib turinglar+. Horun va Xur sizlar bilan qolishadi+. Kimdir biror masalani hal qilmoqchi bo‘lsa, ularga murojaat etsin»+,— deb aytdi. 15  Muso tog‘ga chiqqanida, tog‘ni bulut qoplab turardi+. 16  Yahovaning ulug‘vorligi+ Sinay tog‘i+ ustida bo‘lib, tog‘ni olti kun bulut qoplab turdi. Yettinchi kuni U bulut ichidan Musoga murojaat qildi. 17  Yahovaning ulug‘vorligini kuzatib turgan Isroil xalqiga tog‘ cho‘qqisi lovullab turgan olov kabi ko‘rindi. 18  Keyin Muso bulut ichiga kirib, tog‘ tepasiga chiqdi+. U 40 kecha-yu 40 kunduz tog‘da qoldi+.

Izohlar

Bu kitobda Chq 20:22–23:33- oyatlardagi qonunlar qayd etilgan bo‘lishi mumkin.