Chiqish 29:1-46
29 Menga ruhoniy bo‘lib xizmat qilishlari uchun ularni muqaddas qil. Buning uchun yosh buqani, ikkita nuqsonsiz qo‘chqorni+,
2 xamirturushsiz nonni, moy qo‘shilgan halqa shaklidagi xamirturushsiz nonlarni, ustiga moy surtilgan lochiralarni ol+. Nonlarni oliy navli bug‘doy unidan tayyorlab,
3 savatga sol va savatga solingan holda olib kel+. Shuningdek, buqa va ikkita qo‘chqorni ham olib kel.
4 Horun va uning o‘g‘illarini uchrashuv chodiri kiraverishiga olib kel+ va ularga yuvinib olishni buyur+.
5 So‘ng kiyimlarni olib+, Horunga uzun kiyimni, efodning kamzulini, efodni, ko‘krakpechni kiydir va belda mahkam turishi uchun efodning to‘qima belbog‘ini bog‘la+.
6 Boshiga salla o‘rab, bag‘ishlanganini ko‘rsatuvchi muqaddas belgini sallaga bog‘lab qo‘y+.
7 Muqaddas moyni olgin-da+ Horunning boshiga quyib, uni moyla+.
8 Keyin uning o‘g‘illarini olib kelib, uzun kiyimlarni kiydir+,
9 Horun va o‘g‘illarining beliga belbog‘ni bog‘la, ularning bosh kiyimini kiydir. Ruhoniylik xizmati ularga tegishli bo‘ladi. Bu asrlar osha qoidadir+. Ruhoniy bo‘lib xizmat qilishlari uchun Horun va uning o‘g‘illarini vazifaga ana shunday tayinla+.
10 Buqani uchrashuv chodiri oldiga olib kel va Horun bilan o‘g‘illari buqaning boshiga qo‘llarini qo‘yishsin+.
11 Buqani uchrashuv chodiri kiraverishida, Yahovaning oldida so‘y+.
12 Barmog‘ingni buqa qoniga botirib, qurbongohning shoxlariga tomiz+. Qolgan qonning hammasini qurbongohning yonboshiga to‘k+.
13 Keyin ichaklarini qoplab turgan hamma yog‘ni+, jigar ustidagi yog‘ni, ikkita buyragini va ularni qoplab turgan yog‘ni olib, qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun ularni kuydir+.
14 Buqaning go‘shtini, terisini va go‘ngini qarorgoh tashqarisida kuydir. Bu — gunoh qurbonligi.
15 So‘ng bitta qo‘chqorni ol. Horun bilan o‘g‘illari qo‘llarini qo‘chqorning boshiga qo‘yishsin+.
16 Qo‘chqorni so‘yib qonini olgin-da, qurbongohning hamma tomoniga sachratib chiq+.
17 Qo‘chqorning tanasini bo‘lak-bo‘lak qilib chiq. Ichaklarini hamda pochalarini yuv+. Keyin bo‘lak-bo‘lak qilingan qismlarini pochasidan tortib kallasigacha bir-biriga qarama-qarshi qilib qo‘y.
18 Qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun qo‘chqorni butunlayin qurbongohda kuydir. Bu — Yahovaga atab kuydiriladigan, xush* hidli qurbonlik+. Bu — Yahova uchun olovda kuydiriladigan nazr.
19 So‘ng ikkinchi qo‘chqorni ol. Horun bilan o‘g‘illari qo‘llarini qo‘chqorning boshiga qo‘yishsin+.
20 Qo‘chqorni so‘y va qonidan bir oz olib, Horun va o‘g‘illarining o‘ng qulog‘i solinchagiga, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘iga, o‘ng oyog‘ining bosh barmog‘iga surt. Shuningdek, qurbongohning hamma tarafiga qonni sachratib chiq.
21 Keyin qurbongoh ustidagi qondan va muqaddas moydan olib+, Horunga va uning kiyimlariga, o‘g‘illariga va ularning kiyimlariga sachrat. Shunda Horun va uning kiyimlari, o‘g‘illari va ularning kiyimlari muqaddas bo‘ladi+.
22 So‘ng qo‘chqorning yog‘ini, dumbasini, ichaklarini qoplab turgan yog‘ni, jigar ustidagi yog‘ni, ikkala buyragini va ularning ustidagi yog‘ni+ va o‘ng sonini ol. Chunki bu ruhoniylik xizmatiga tayinlash uchun qurbon qilinadigan qo‘chqordir+.
23 Shuningdek, Yahovaning oldidagi savatga solingan xamirturushsiz nonlardan — xamirturushsiz gardish nonni, moy qo‘shilgan halqa shaklidagi nonni va lochirani ol.
24 Bularning hammasini Horun bilan o‘g‘illarining qo‘liga tutqaz va Yahovaning oldida silkitiladigan nazr sifatida silkit.
25 Keyin ularning qo‘lidan bu narsalarni olib, kuydiriladigan qurbonlik bilan birga Yahovaga atab kuydiriladigan, xush hidli qurbonlik sifatida qurbongohda kuydir. Bu — Yahova uchun olovda kuydiriladigan nazr.
26 So‘ng Horunni ruhoniylik xizmatiga tayinlash uchun qurbon qilingan qo‘chqor to‘shini olib+, uni Yahovaning oldida silkitiladigan nazr singari silkit. Bu, sening ulushing bo‘ladi.
27 Horun va o‘g‘illarini ruhoniylik xizmatiga tayinlash uchun qurbon qilingan qo‘chqorning bo‘laklangan qismlarini — silkitilgan nazr to‘shini hamda silkitilgan muqaddas ulush sonini muqaddas qil+.
28 Bu, Horun va uning o‘g‘illari uchun asrlar osha qoida bo‘lib, Isroil o‘g‘illari unga rioya qilishi kerak. Chunki bu — muqaddas ulush. Bu, Isroil o‘g‘illari tomonidan berilgan muqaddas ulush bo‘ladi+. Ushbu muqaddas ulush Yahovaga atab keltirilgan tinchlik qurbonliklaridan olinadi+.
29 Horunga tegishli muqaddas kiyimlarni+ undan keyin o‘g‘illari kiyishadi+. Buning uchun ular moylanib, ruhoniylik xizmatiga tayinlanishi kerak.
30 O‘g‘illaridan qaysi biri uning o‘rniga tayinlansa va muqaddas joyda xizmat qilish uchun uchrashuv chodiriga kirsa, u yetti kun shu kiyimlarni kiyib yuradi+.
31 Ruhoniylik xizmatiga tayinlash uchun qurbon qilingan qo‘chqor go‘shtini olib, muqaddas joyda qaynat+.
32 Horun bilan o‘g‘illari qo‘chqor go‘shtidan va savat ichidagi nondan uchrashuv chodiri kiraverishida tanovul qilishadi+.
33 Ularni muqaddas qilib, ruhoniylik xizmatiga tayinlash uchun gunohlaridan forig‘ qiladigan nazrni yeyishsin. Nazr muqaddas bo‘lgani uchun yeyishga haqqi bo‘lmagan kishi* undan tanovul qilmasin+.
34 Qurbonlikka keltirilgan qo‘chqor go‘shti hamda non ertalabgacha qolsa, ularni olovda kuydir+. Nazr muqaddas bo‘lgani uchun yeyilmasligi kerak.
35 Senga nimaiki buyurgan bo‘lsam, Horun bilan o‘g‘illariga shunday qil. Ularni ruhoniylik xizmatiga tayinlash uchun senga yetti kun kerak bo‘ladi+.
36 Gunoh yuvilishi uchun har kuni buqani gunoh qurbonligi qilib keltir. Qurbongohni gunohdan forig‘ etish maqsadida uni pokla. Uni muqaddas qilish uchun unga moy surt+.
37 Qurbongohni gunohdan forig‘ etish uchun senga yetti kun kerak bo‘ladi. U eng muqaddas qurbongoh bo‘lishi uchun uni muqaddas qil+. Qurbongohga qo‘l tekkizgan kishi muqaddas bo‘ladi.
38 Qurbongohga quyidagi narsalarni baxshida qil: har kuni muntazam ravishda+ ikkita bir yashar qo‘chqorni.
39 Bitta yosh qo‘chqorni ertalab, ikkinchisini oqshom* payti qurbon qil+.
40 Birinchi yosh qo‘chqor bilan birga efaning* o‘ndan bir qismiga teng oliy navli un keltirilsin. U chorak xin* zaytun moyi bilan aralashtirilgan bo‘lsin. Shuningdek, ichimlik nazri uchun chorak xin sharob keltirilsin.
41 Ikkinchi yosh qo‘chqorni oqshom payti qurbonlikka keltirasan. Qo‘chqor bilan birga ertalabgidek xuddi shuncha don nazri va ichimlik nazrlari keltirasan. Bularni Yahovaga atab kuydiriladigan xush hidli nazr sifatida qurbonlikka keltirasan.
42 Bu, Yahovaning oldida, uchrashuv chodiri kiraverishida — Men O‘zimni zohir qilib, sen bilan gapiradigan joyda+ muntazam ravishda avlodlaring osha keltiriladigan, kuydiriladigan qurbonlik bo‘lsin.
43 Men o‘sha yerda Isroil o‘g‘illariga O‘zimni zohir qilaman va u joy Mening ulug‘vorligim bilan muqaddas bo‘ladi+.
44 Men uchrashuv chodirini va qurbongohni muqaddas qilaman. Menga ruhoniy bo‘lib xizmat qilishlari uchun Horun bilan o‘g‘illarini ham muqaddas qilaman+.
45 Men Isroil xalqi orasida yashab, ularning Xudosi bo‘laman+.
46 Ularning orasida yashash uchun, ularni Misr yurtidan olib chiqqan Tangrisi Yahova ekanimni o‘shanda bilib olishadi+. Men ularning Xudosi Yahovaman.
Izohlar
^ Yoki «tinchlantiradigan, orombaxsh». So‘zma-so‘z «taskin beradigan».
^ So‘zma-so‘z «begona», ya’ni Horunning xonadoniga tegishli bo‘lmagan kishi.
^ So‘zma-so‘z «ikki kechki payt oralig‘i». Quyosh botishidan, to qorong‘i tushishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i.
^ Bir efa=22 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Bir xin=3,67 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.