Chiqish 35:1-35

  • Shabbatga oid yo‘l-yo‘riqlar (1-3)

  • Muqaddas chodir uchun xayr-ehsonlar (4-29)

  • Bazalil va Oxoliyov Xudoning ruhiga to‘lishadi (30-35)

35  Keyin Muso Isroil o‘g‘illarining butun jamoasini yig‘ib, ularga dedi: «Yahova quyidagi narsalarni bajarishni buyurdi+:  “Olti kun ishlasa bo‘ladi, ammo yettinchi kun sizlar uchun muqaddas bo‘ladi. U — Yahovaga atalgan, to‘liq dam olinadigan Shabbat kuni+. Kimki bu kuni ishlasa, o‘limga mahkum etiladi+.  Shabbat kuni hech bir turar joyingizda olov yoqmanglar”».  Muso Isroil o‘g‘illarining butun jamoasiga yana shunday dedi: «Yahova mana bularni amr etdi:  “Bor narsangizdan Yahovaga xayr-ehson olib kelinglar+. Chin qalbdan istagan har kim+, Yahovaga xayr-ehson keltirsin. Bular: oltin, kumush, mis,  moviy ip, to‘q qizilga bo‘yalgan jun, qirmizi ip, a’lo sifatli zig‘ir gazlama, echki juni+,  qizil rangga bo‘yalgan qo‘chqor terisi, tyulen terisi, akasiya daraxti yog‘ochi,  chiroq moyi, muqaddas moy bilan xushbo‘y tutatqi uchun balzam+,  oniks toshlari hamda efod va ko‘krakpechga+ o‘rnatiladigan boshqa toshlar+. 10  Orangizdagi mahoratli kishilar+ kelib, Yahova buyurgan hamma narsani bajarishsin. 11  Chunonchi, ular muqaddas chodirni, uning barcha qismlari va qoplamasini, ilgaklari va romlarini, xodalari, ustunlari va o‘yig‘i bor tagliklarini, 12  sandiqni+, uning xodalari+ va qopqog‘ini+ hamda ajratib turadigan pardani+, 13  stol+ va uning xodalarini hamda anjomlari va tortiq etilgan nonlarni+, 14  yorug‘lik taratib turuvchi chiroqpoya+ va uning jihozlarini hamda moychiroqlar va ular uchun moyni+, 15  tutatqi tutatiladigan qurbongoh+ va uning xodalarini, moylash uchun mo‘ljallangan moy bilan xushbo‘y tutatqini+, muqaddas chodir kiraverishidagi pardani, 16  kuydiriladigan qurbonlik uchun qurbongoh+ va uning mis panjarasini, uning xodalari-yu barcha anjomlarini, tos va uning tagligini+, 17  hovli uchun parda+ va uning ustunlari-yu o‘yig‘i bor tagliklarini hamda hovliga kiraverishdagi pardani, 18  muqaddas chodirning qoziqlari va hovlining qoziqlari bilan arqonlarini+, 19  muqaddas maskanda xizmat qilganda kiyiladigan nafis qilib to‘qilgan kiyimlarni+, ruhoniy bo‘lmish Horun uchun muqaddas kiyimlarni+, ruhoniylik xizmati uchun uning o‘g‘illariga atalgan kiyimlarni tayyorlasinlar”». 20  Shunday qilib, Isroil o‘g‘illarining butun jamoasi Musoning oldidan ketdi. 21  So‘ng qalbi undaganlar+ hamda xohish bildirganlarning bari kelib, uchrashuv chodirining yasalishi, undagi xizmat va muqaddas kiyimlar uchun ishlatilsin deya, Yahovaga xayr-ehson qilishdi. 22  Qalbi undaganlarning hammasi, erkag-u ayollar turli xil oltin buyumlar — to‘g‘nog‘ichlar, sirg‘alar, uzuklar va boshqa taqinchoqlar olib kelishardi. Ularning hammasi oltinni Yahovaga nazrlar* sifatida taqdim etishardi+. 23  Kimda moviy ipi, to‘q qizilga bo‘yalgan juni, qirmizi ipi, a’lo sifatli zig‘ir gazlamasi, echki juni, qizil rangga bo‘yalgan qo‘chqor terisi va tyulen terisi bor bo‘lsa, olib kelardi. 24  Kumush va mis ehson qilayotganlar, ularni Yahovaga xayr-ehson sifatida taqdim etishardi. Shuningdek, kimda akasiya daraxti yog‘ochi bor bo‘lsa, uni chodirdagi xizmatda ishlatish uchun olib kelardi. 25  Mahoratli ayollar+ o‘z qo‘llari bilan yigirgan narsalarni — moviy ip, to‘q qizilga bo‘yalgan jun, a’lo sifatli zig‘ir va qirmizi ip olib kelishardi. 26  Qalbi undagan barcha mahoratli ayollar echki junidan ip yigirishardi. 27  Yo‘lboshchilar bo‘lsa oniks toshlari hamda efod va ko‘krakpechga+ o‘rnatiladigan boshqa toshlarni, 28  balzamni va chiroq moyi, muqaddas moy+ hamda xushbo‘y tutatqi tayyorlash uchun moy olib kelishardi+. 29  Yahova Muso orqali buyurgan ishlar bajarilishi uchun, qalbi undagan barcha erkag-u ayollar tortiq keltirishdi. Isroil xalqi bularni Yahovaga atab ixtiyoriy nazrlar sifatida olib keldi+. 30  Keyin Muso Isroil xalqiga dedi: «Yahova, Yahudo qabilasidan bo‘lgan Xurning nevarasi, Uri o‘g‘li Bazalilni tanladi+. 31  Xudo uni O‘z ruhi bilan to‘ldirib, unga donolik, aql-idrok va bilim ato etdi va har qanday ishga qobiliyatli qildi. 32  Bu tufayli u badiiy loyihalarni yaratadigan, oltin, kumush va mis bilan ishlaydigan, 33  toshlarni yo‘nib, uyalarga o‘rnatadigan hamda yog‘ochdan turli xil narsalar yasaydigan bo‘ldi. 34  Bundan tashqari, Xudo unga va Dan qabilasidan bo‘lgan Oxisamax o‘g‘li Oxoliyovga+ boshqalarga ta’lim berish qobiliyatini ato etdi. 35  Ustaning, kashtachining, moviy ipdan, to‘q qizilga bo‘yalgan jundan, a’lo sifatli zig‘ir va qirmizi ipdan kashta tikuvchining hamda to‘quvchining ishlarini bajarishlari uchun, Tangri ularga mahorat ato etdi+. Ular har qanday ishni bajarib, turli xil loyihalarni tayyorlashardi.

Izohlar

Yoki «silkitiladigan nazrlar».