Chiqish 4:1-31

  • Musoga berilgan uchta alomat (1-9)

  • Muso o‘zini noloyiq his qiladi (10-17)

  • Muso Misrga qaytadi (18-26)

  • Muso Horun bilan ko‘rishadi (27-31)

4  Biroq Muso: «Bordi-yu, ular: “Yahova senga zohir bo‘lmagan”,— deb, menga ishonmay, gaplarimga quloq solishmasa-chi?»+ — dedi.  Yahova undan: «Qo‘lingdagi nima?» — deb so‘radi. U: «Tayoq»,— deb javob berdi.  Xudo: «Uni yerga tashla»,— dedi. Muso tayoqni yerga tashlagan edi, tayoq ilonga aylanib qoldi+. Muso ilondan o‘zini olib qochdi.  Ammo Yahova: «Qo‘lingni uzatib, uning dumidan ushla»,— deb aytdi. Muso qo‘lini uzatib, uni ushlagan edi, ilon uning qo‘lida yana tayoqga aylanib qoldi.  Keyin Xudo: «Shunday qilsang, ular senga ota-bobolaring Xudosi, Ibrohim, Is’hoq va Yoqubning Tangrisi Yahova+ zohir bo‘lganiga ishonishadi»+,— dedi.  So‘ng Yahova: «Qo‘lingni qo‘yningga tiq»,— deb aytdi. Muso qo‘lini qo‘yniga tiqib chiqargan edi, qo‘li pes kasalligiga* chalinib, qorday oppoq bo‘lib qoldi+.  Xudo unga: «Qo‘lingni qaytadan qo‘yningga tiq»,— dedi. Muso qo‘lini qo‘yniga tiqib qayta chiqargan edi, qo‘li avvalgi holiga qaytdi.  Tangri unga shunday dedi: «Agar ular senga ishonmay, birinchi mo‘jizaga parvo qilishmasa, ikkinchisiga albatta ishonishadi+.  Bordi-yu, ular hatto shu ikkala mo‘jizaga ham ishonmay, so‘zlaringga quloq solishmasa, unda Nil daryosidan suv olib, yerga to‘k. Shunda yerga to‘kilgan suv qonga aylanadi»+. 10  Muso bo‘lsa Yahovaga: «Meni kechir Yahova, lekin men hech qachon — avval ham, men quling bilan so‘zlashishni boshlaganingdan buyon ham — gapga chechan bo‘lgan emasman. Chunki men yaxshi gapira olmayman, gapga chechan odam emasman»+,— deb aytdi. 11  Ammo Yahova unga: «Odamga tilni kim bergan? Axir uni soqov, kar, ko‘r yoki ko‘ra oladigan qiluvchi Men, Yahova emasmanmi? 12  Shunday ekan, bor! Gapirayotganingda senga yordam berib, nima deyishingni o‘rgatib turaman»+,— dedi. 13  Biroq Muso: «Meni kechir Yahova, o‘rnimga boshqa kishini yubora qol»,— deya iltimos qildi. 14  Shunda Yahova Musodan achchiqlanib, dedi: «Levi qabilasidan bo‘lgan akang Horun-chi?+ U gapga chechan ekanini bilaman. Hozir u sen tomonga qarab kelyapti. Seni ko‘rganda uning qalbi quvonchga to‘ladi+. 15  Sen u bilan gaplashib, so‘zlarimni yetkaz+. Men esa sizlar gapirganingizda, sen hamda u bilan birga bo‘lib+, nima qilishni o‘rgatib turaman. 16  U sening o‘rningga xalqga gapirib, vakiling bo‘ladi va sen u uchun Xudo kabi* bo‘lasan+. 17  Bu tayoqni o‘zing bilan ol, u bilan mo‘jizalar ko‘rsatasan»+. 18  Xullas, Muso qaynatasi Yatroning+ oldiga keldi-da: «Misrdagi birodarlarim oldiga borib, ularning ahvolini bilib kelishimga ruxsat bering»,— dedi. Yatro Musoga: «Eson-omon boring»,— deb aytdi. 19  Bundan so‘ng, Muso hali Midiyon yurtida bo‘lganida Yahova unga: «Misrga qaytib bor, chunki joningni olmoqchi bo‘lganlarning hammasi o‘ldi»+,— dedi. 20  Shu tariqa Muso xotini va o‘g‘illarini eshakka mindirib, Misr yurtiga jo‘nadi. Muso haq Tangri olishni buyurgan tayoqni ham o‘zi bilan oldi. 21  Yahova Musoga bunday dedi: «Men senga mo‘jizalar ko‘rsatish qudratini ato etdim. Misrga qaytib borganingda, ularning hammasini fir’avn oldida ko‘rsat+. Men esa uning yuragi tosh bo‘lishiga yo‘l qo‘yaman+ va u xalqimni qo‘yib yubormaydi+. 22  Sen fir’avnga: “Yahova: “Isroil Mening o‘g‘lim, to‘ng‘ichimdir+. 23  Shunday ekan, Menga xizmat qilishi uchun o‘g‘limni qo‘yib yubor. Bordi-yu, uni qo‘yib yubormasang, sening o‘g‘lingni, to‘ng‘ichingni o‘ldiraman”,— deb aytdi”+,— degin». 24  Yo‘lda tunash uchun to‘xtagan joylarida, Yahova*+ unga duch kelib, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi+. 25  Ammo Zippura+ o‘tkir toshni* oldi-da, o‘g‘lini sunnat qilib: «Sen mening qon kuyovimsan»,— deya sunnat terisini uning* oyoqlari ostiga tashladi. 26  Shunda Xudo uni qo‘yib yubordi. Zippura sunnat qilgani uchun: «Qon kuyovim»,— deb aytdi. 27  Yahova Horunga: «Musoni qarshi olish uchun sahroga bor»+,— dedi. U yo‘lga chiqdi va haq Tangrining tog‘i+ oldida Musoni uchratib, u bilan o‘pishib ko‘rishdi. 28  Muso uni yuborgan Yahovaning barcha so‘zlarini hamda qanday mo‘jizalar+ ko‘rsatishni buyurganini Horunga aytib berdi+. 29  So‘ngra Muso bilan Horun borib, Isroil xalqining hamma oqsoqollarini yig‘ishdi+. 30  Horun ularga Yahovaning Musoga aytgan barcha gaplarini so‘zlab berdi. Muso xalqning ko‘z oldida o‘sha mo‘jizalarni ko‘rsatdi+. 31  Shunda xalq Musoga ishondi+. Yahova ularga e’tibor qaratib+, tortayotgan azoblarini+ ko‘rganini eshitishganda, Isroil o‘g‘illari yuztuban tiz cho‘kib, ta’zim qilishdi.

Izohlar

Lug‘atdagi «moxov kasalligi» so‘ziga q.
Yoki «Xudoning vakili».
Ayrim qo‘lyozmalarga ko‘ra «Yahovaning farishtasi».
Yoki «chaqmoqtosh pichoq».
Farishta nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.