Chiqish 40:1-38

  • Muqaddas chodir o‘rnatiladi (1-33)

  • Yahovaning ulug‘vorligi muqaddas chodirni to‘ldiradi (34-38)

40  Keyin Yahova Musoga shunday dedi:  «Birinchi oyning birinchi kunida muqaddas chodirni, ya’ni uchrashuv chodirini o‘rnat+.  Chodirning ichiga shohidlik sandig‘ini+ joylashtirib, sandiqni parda bilan to‘sib qo‘y+.  Stolni ichkariga olib kirib+, unga tegishli narsalarni tartib bilan qo‘y. Chiroqpoyani+ ham olib kirib, moychiroqlarini yoq+.  So‘ng tutatqi tutatilishi uchun shohidlik sandig‘i oldiga oltin qurbongohni joylashtir+ va muqaddas chodirning kiraverishiga parda osib qo‘y+.  Muqaddas chodir, ya’ni uchrashuv chodiri kiraverishiga kuydiriladigan qurbonliklar keltiriladigan qurbongohni qo‘y+.  Uchrashuv chodiri bilan qurbongoh o‘rtasiga tosni qo‘yib, uning ichiga suv quy+.  Keyin chodir atrofiga hovli barpo etib+, hovliga kiraverishda parda osib qo‘y+.  So‘ng moylash uchun ishlatiladigan moyni olib+, muqaddas chodirni, undagi barcha narsalarni moyla+ va chodir bilan uning hamma anjomlarini muqaddas qil, shunda chodir muqaddas bo‘ladi. 10  Kuydiriladigan qurbonliklar keltiriladigan qurbongohni, uning barcha anjomlarini moyla va qurbongohni muqaddas qil. Shunda u eng muqaddas qurbongoh bo‘ladi+. 11  Tosni hamda uning tagligini moyla va uni muqaddas qil. 12  Keyin Horun bilan o‘g‘illarini uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib, ularni yuvintir*+. 13  Horunga muqaddas kiyimlarni kiydir+, uni moylab+ muqaddas qil va u Menga ruhoniy bo‘lib xizmat qiladi. 14  Bundan so‘ng, uning o‘g‘illarini olib kelib, ularga uzun kiyimlarni kiydir+. 15  Otasini moylaganingdek, ularni ham moyla+ va ular menga ruhoniy bo‘lib xizmat qilishadi. Chunki ularning moylanishi ular avloddan avlodga, asrlar osha ruhoniy bo‘lib xizmat qilishlarini ko‘rsatadi»+. 16  Muso hammasini Yahova buyurganidek bajardi+. U aynan aytilganidek qildi. 17  Ikkinchi yilning birinchi oyida, oyning birinchi kunida muqaddas chodir o‘rnatildi+. 18  Muso muqaddas chodirni o‘rnatayotganda, o‘yig‘i bor tagliklarni+, romlarni+, uning xodalarini+ hamda ustunlarini o‘rnatdi. 19  Yahovaning amriga binoan, Muso muqaddas chodir ustiga yopinchiqni+, uning ustidan esa qoplamalarni+ to‘shadi. 20  Bundan keyin, u shohidlik lavhalarini+ olib, ularni sandiq+ ichiga solib qo‘ydi, so‘ng sandiq xodalarini kirgizib+, uning qopqog‘ini+ yopdi. 21  Yahova amr etganidek Muso sandiqni muqaddas chodirga olib kirib, ajratib turadigan pardani osdi-da+, shohidlik sandig‘ini parda bilan to‘sib qo‘ydi+. 22  So‘ng Muso stolni+ uchrashuv chodiriga olib kirib, uni muqaddas chodirning shimol tomoniga — pardaning tashqi tarafiga qo‘ydi-da, 23  Yahova unga buyurganidek, Yahovaning oldida nonlarni stol ustiga taxladi+. 24  Keyin u uchrashuv chodiridagi stolning qarama-qarshisiga — muqaddas chodirning janub tomoniga chiroqpoyani qo‘ydi+. 25  Yahova Musoga buyurganidek, u Yahovaning oldida chiroqlarni yoqdi+. 26  So‘ng u uchrashuv chodiriga tilla qurbongohni+ olib kirib, pardaning oldiga qo‘ydi. 27  Yahova Musoga buyurganidek, qurbongohda xushbo‘y tutatqi+ tutatilishi uchun u shunday qildi+. 28  Keyin u muqaddas chodirning kiraverishiga parda osdi+. 29  Muqaddas chodir, ya’ni uchrashuv chodiri kiraverishiga kuydiriladigan nazrlar keltiriladigan qurbongohni qo‘ydi+. Yahova Musoga amr etganidek, bu qurbongohda u kuydiriladigan qurbonlikni+ va don nazrini kuydiradi. 30  Keyin u uchrashuv chodiri bilan qurbongohning o‘rtasiga tos qo‘ydi va yuvinish uchun ichiga suv quydi+. 31  Muso, Horun va uning o‘g‘illari tosdan suv olib, qo‘l-oyoqlarini yuvishdi. 32  Har safar uchrashuv chodiriga kirishdan yoki qurbongohga yaqinlashishdan oldin, Yahova Musoga amr etganidek, ular yuvinishardi+. 33  Oxiri u muqaddas chodir va qurbongoh atrofiga hovli barpo etib+, hovliga kiraverishda parda osib qo‘ydi+. Shunday qilib, Muso ishni o‘z poyoniga yetkazdi. 34  Shunda uchrashuv chodirini bulut qoplay boshladi va Yahovaning ulug‘vorligi muqaddas chodirni to‘ldirdi+. 35  Chodirni bulut qoplab olgani hamda Yahovaning ulug‘vorligi muqaddas chodirni to‘ldirgani bois, Muso uchrashuv chodiriga kira olmadi+. 36  Bulut muqaddas chodirdan ko‘tarilganda, Isroil o‘g‘illari qarorgohni yig‘ishtirishardi. Butun safarlari mobaynida, bir yerdan boshqa yerga ko‘chib o‘tishganida ular shunday qilishar edi+. 37  Bulut ko‘tarilmaguncha, ular qarorgohni yig‘ishtirishmas edi+. 38  Butun Isroil xonadonining ko‘z o‘ngida, Yahovaning buluti muqaddas chodir ustida kunduzi, olov esa chodir ustida kechasi turardi. Butun safarlari mobaynida, ular bir yerdan boshqa yerga ko‘chib o‘tishganida shunday bo‘lar edi+.

Izohlar

Muso ularga yuvinishni buyurgan bo‘lishi mumkin.