Ester 10:1-3

  • Mordaxayning shuhrati oshadi (1-3)

10  Shoh Axashverash yurtda va dengizdagi orollarda yashovchi xalqlarni qul bo‘lib ishlashga majburladi.  Uning qudrati va katta yutuqlari, shuningdek, Mordaxayni+ qanchalik yuksaltirgani+ haqidagi tafsilotlar Midiya va Fors+ shohlarining tarixiy qaydlar kitobida yozilgan+.  Yahudiy Mordaxay shoh Axashverashdan keyingi odam edi. U yahudiylar orasida katta obro‘ga ega bo‘lib, hamma birodarlari uni hurmat qilishardi. U xalqining manfaati uchun mehnat qilar va ularning barcha avlodlari farovon yashashi uchun kurashardi.

Izohlar