Ester 2:1-23

  • Yangi malika qidiriladi (1-14)

  • Ester malika bo‘ladi (15-20)

  • Mordaxay fitnani fosh etadi (21-23)

2  Bu voqealardan so‘ng, shoh Axashverash+ g‘azabdan tushib malika Vashtining qilmishini+ va unga qanday jazo tayinlanganini+ esladi.  Shoh huzuridagi xizmatkorlar shunday deyishdi: «Shohimiz uchun yosh va go‘zal qizlar qidirilsin.  Shoh hazratlari shohligidagi barcha viloyatlarda odamlarni tayinlasinlar+. Ular Suza qal’asidagi haramga go‘zal va bokira qizlarni keltirishsin. Ularni ayollar qo‘riqchisi bo‘lmish haram og‘asi* Xegayning+ qaramog‘iga topshirishsin. U yerda qizlarga moy surtib, pardoz berilsin.  Ularning orasidan qay biri shoh hazratlarining ko‘ngliga yoqsa, u Vashtining o‘rniga malika bo‘lsin»+. Bu taklif shohga ma’qul keldi va u aytilganiday qildi.  Suza+ qal’asida Benyamin qabilasidan+ bo‘lgan Mordaxay+ ismli yahudiy kishi bor edi. U Yovirning, Yovir Shimeyning, Shimey Kishning o‘g‘li edi.  U* Quddusdan Yahudo shohi Yoxoniyo*+ bilan asir olinib, Bobil shohi Navuxodonosor* tomonidan surgun qilingan kishilar orasida edi.  Mordaxay ota-onasidan yetim qolgan amakisining qizi Hadassani*, ya’ni Esterni o‘z tarbiyasiga olgan edi+. Qiz xushbichim bo‘lib, nihoyatda go‘zal edi. Ota-onasining o‘limidan keyin Mordaxay uni o‘z qiziday katta qildi.  Shohning farmoniga binoan, Suza qal’asiga ko‘pgina qizlar olib kelindi va Xegay qaramog‘iga topshirildi+. Ularning orasida Ester ham shoh saroyiga olib kelinib, ayollar qo‘riqchisi Xegayning nazoratiga topshirildi.  Ester unga ma’qul kelib, iltifotiga* sazovor bo‘ldi. Xegay o‘sha zahotiyoq qizga moy surtilib pardoz berilishini+ va o‘zgacha taomlar berib turishlarini buyurdi. Unga xizmat qilishlari uchun shoh uyidan yettita xizmatkor qizni tanladi. Shuningdek, haramdagi eng yaxshi joyni unga va xizmatkorlariga ajratib berdi. 10  Ester xalqi+ va qarindoshlari+ haqida hech kimga hech nima demadi, chunki Mordaxay unga shunday deb tayinlagan edi+. 11  Esterning ahvolidan xabardor bo‘lib turish uchun Mordaxay har kuni haram hovlisi oldida aylanib yurardi. 12  Har bir qiz o‘z navbati bo‘yicha shoh Axashverashning huzuriga kirishdan oldin, ayollar uchun o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra, har bir qizga 12 oy mobaynida — olti oy mirra* moyi+, so‘ng yana olti oy balzam moyi+ bilan turli moylarni surtib pardoz berilardi. 13  Qiz shohning oldiga kirishga tayyor bo‘lgach, haramdan chiqib shohning uyiga borishdan avval, unga so‘ragan narsasi berilardi. 14  Kechqurun qiz shohning oldiga kirardi, ertalab esa kanizaklar qo‘riqchisi bo‘lmish haram og‘asi Shashgaz nazorati ostidagi ikkinchi haramga borar edi+. Qiz shohga ma’qul kelib, shoh uning ismini aytib chaqirmaguncha, u shohning oldiga qayta kira olmasdi+. 15  Mordaxay asrab olgan+ Abuhayil qizi Esterning shoh oldiga kirish navbati keldi. U ayollar qo‘riqchisi bo‘lmish haram og‘asi Xegay tavsiya etgan narsadan bo‘lak hech nima so‘ramadi. (Ester uni ko‘rgan barcha odamlarning nazarida iltifot topardi.) 16  Shoh Axashverash hukmronligining yettinchi yili+, o‘ninchi oyda, ya’ni tabat* oyida Ester shoh uyiga olib ketildi. 17  Barcha ayollardan ko‘ra, shoh Esterni qattiq sevib qoldi. Boshqa qizlarga qaraganda, Ester shohning iltifoti-yu tahsiniga* sazovor bo‘ldi. Shoh uning boshiga shohona bosh kiyim* kiydirib, uni Vashtining o‘rniga+ malika qildi+. 18  So‘ng Ester sharafiga katta ziyofat uyushtirib, barcha beklarini va xizmatkorlarini taklif qildi. Hamma viloyatlarda mahbuslarni qamoqdan* ozod etishni e’lon qilib, shohga xos saxiylik bilan hadyalar ulashdi. 19  Qizlarni+ ikkinchi marta birga yig‘ishganda, Mordaxay shoh saroyining darvozasi oldida o‘tirgan edi. 20  Mordaxay tayinlaganiday Ester o‘z xalqi va qarindoshlari haqida hech kimga hech nima demagan edi+. U Mordaxayning qaramog‘ida bo‘lgan paytlarda qilganiday, uning aytganlarini bajarardi+. 21  Mordaxay shoh saroyining darvozasi oldida o‘tirgan kunlari, saroy mulozimlari — Bixtan bilan Tarash ismli darvozabonlar g‘azablanib, shoh Axashverashni o‘ldirish uchun fitna uyushtirishdi. 22  Ammo Mordaxay bu haqda bilib qolib, darhol malika Esterga xabar berdi. Ester bo‘lsa Mordaxayning nomidan bu xabarni shohga yetkazdi. 23  Bu masala tekshirildi va tasdiqlangach, o‘sha ikki kishi ustunga osildi. Bularning bari shoh huzurida tarixiy qaydlar kitobiga yozib qo‘yildi+.

Izohlar

Ibroniychada bichilgan kishi nazarda tutilgan.
Yoki «Navuxadnazar».
4Shh 24:8 da «Yohayixin».
Kish yoki Mordaxay nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Ma’nosi «mirta».
Yoki «mehr-sadoqatiga».
Yoki «salla».
Yoki «mehr-sadoqatiga».
Yoki «soliqdan». Bu iboraning aniq ma’nosi noma’lum.