Ester 5:1-14

  • Ester shoh huzuriga kiradi (1-8)

  • Xomon g‘azablanadi va maqtanadi (9-14)

5  Uchinchi kuni+ Ester shohona liboslarini kiydi va shoh saroyining ichki hovlisiga, shoh uyining qarshisiga borib turdi. Bu paytda shoh o‘z saroyida — kiraverishning ro‘parasidagi taxtda o‘tirgan edi.  U malika Ester hovlida turganini ko‘rishi bilanoq, malika uning nazarida marhamat topdi. Shoh qo‘lidagi oltin saltanat hassasini Ester tomonga uzatdi+. U yaqinlashib, saltanat hassasining uchiga qo‘l tekkizdi.  Shoh unga: «Malikam Ester, qanday masala bilan kelding? Tilaging nima? Hatto shohlikning yarmini so‘rasang ham beraman!» — dedi.  Ester: «Agar shoh hazratlari ma’qul deb bilsalar, men shohim uchun tayyorlab qo‘ygan ziyofatga bugun Xomon+ bilan birga kelsinlar»,— deb aytdi.  Shoh odamlariga: «Esterning tilagiga ko‘ra, Xomonni tezda chaqirib kelinglar»,— deb buyurdi. Shunday qilib, shoh Xomon bilan Ester tayyorlab qo‘ygan ziyofatga bordi.  Ular sharob ichib o‘tirishganda, shoh Esterga: «Qanday iltimosing bor? Uni bajo keltiraman. Tilaging nima? Hatto shohligimning yarmini so‘rasang ham beraman!»+ — deb aytdi.  Ester unga javob berib dedi: «Iltimosim, tilagim shuki,  agar nazaringizda iltifot topgan bo‘lsam, shoh hazratlari iltimosim va tilagimni bajarishni ma’qul deb bilsalar, ertaga Xomon bilan birga men ular uchun tayyorlaydigan ziyofatga kelsinlar. Tilagimni ertaga aytaman».  O‘sha kuni Xomon ziyofatdan xursand va dimog‘i chog‘ bo‘lib chiqdi. Ammo shoh saroyining darvozasi oldida o‘tirgan Mordaxayga ko‘zi tushdi va u o‘rnidan turmaganini, hatto qo‘zg‘alib ham qo‘ymaganini ko‘rib g‘azabga to‘ldi+. 10  Lekin Xomon o‘zini bosdi va uyiga ketdi. So‘ng do‘stlari bilan xotini Zareshni+ chaqirtirdi. 11  Xomon ularga mislsiz boyligi, o‘g‘illarining ko‘pligi+ va shoh uning martabasini ko‘tarib, beklari-yu xizmatkorlaridan yuksaltirgani haqida aytib maqtandi+. 12  Xomon yana shularni qo‘shib qo‘ydi: «Bundan tashqari, malika Ester o‘zi tayyorlagan ziyofatga shoh bilan mendan boshqa hech kimni taklif qilmadi+. Ertangi ziyofatga ham shoh bilan birga taklif etilganman+. 13  Ammo yahudiy Mordaxay shoh saroyining darvozasi oldida o‘tirganini ko‘rar ekanman, bularning hech biri ko‘nglimga sig‘maydi». 14  Shunda xotini Zaresh bilan barcha do‘stlari unga: «Balandligi 50 tirsak* keladigan ustun o‘rnating-da, ertalab shohning oldiga boring va Mordaxayni shu ustunga osishlarini so‘rang+. So‘ng shoh bilan birga ziyofatga borib kayf-safo qilaverasiz»,— deyishdi. Bu maslahat Xomonga ma’qul keldi va u ustun o‘rnattirdi.

Izohlar