Ezra 3:1-13

  • Qurbongoh qayta qurilib, qurbonliklar keltiriladi (1-7)

  • Ma’badning qayta qurilishi boshlanadi (8, 9)

  • Ma’badning poydevori solinadi (10-13)

3  Yettinchi oy boshlanganda+, o‘z shaharlarida yashayotgan isroilliklar hamjihat bo‘lib Quddusda yig‘ilishdi.  Haq Tangrining odami bo‘lmish Musoning Tavrot kitobida yozilganiga binoan, kuydiriladigan qurbonliklar keltirilishi uchun+, Yohuzadaxning o‘g‘li Yeshuva+ hamda boshqa ruhoniylar, shuningdek Shaltiyolning+ o‘g‘li Zarubabel+ va birodarlari o‘rinlaridan turib, Isroil Xudosiga atab qurbongoh qura boshladilar.  Atrofdagi xalqlardan qo‘rqayotgan bo‘lishsa-da+, qurbongohni avvalgi joyga qurdilar va unda Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonliklar keltira boshladilar. Kuydiriladigan qurbonliklar ertalab va kechqurunlari keltirilardi+.  So‘ngra Tavrotda yozilgani bo‘yicha Chaylalar bayramini* nishonlashdi+ va har bir kun uchun qancha kuydiriladigan qurbonlik keltirish kerak bo‘lsa, har kuni shuncha qurbonlik kuydirishdi+.  Shu paytdan boshlab, ular muntazam kuydiriladigan qurbonliklarni+ keltira boshlashdi. Bundan tashqari, oy yangilanganda+, yil davomida Yahovaga atab nishonlanadigan muqaddas bayramlarda+ va Yahovaga ixtiyoriy nazrlarni+ olib kelganlar uchun qurbonliklar keltirishardi.  Garchi Yahovaning ma’badi uchun hali poydevor solinmagan bo‘lsa-da, yettinchi oyning birinchi kunidan boshlab+, ular Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonliklar keltira boshlashdi.  Odamlar tosh yo‘nuvchilarga+ va har turli hunarmandlarga+ pul berib turishdi. Shuningdek, sidonliklar bilan tirliklarga, ular Fors shohi Kirning ruxsati bilan+ Livandan* Yaffaga dengiz orqali kedr daraxtining yog‘ochini olib kelishlari uchun+, oziq-ovqat, ichimlik va moy beradigan bo‘lishdi.  Haq Tangrining Quddusdagi uyiga kelishganidan ikki yil o‘tgach, o‘sha yilning ikkinchi oyida Shaltiyolning o‘g‘li Zarubabel, Yohuzadaxning o‘g‘li Yeshuva, ularning qolgan birodarlari, ruhoniylar va levilar hamda asirlikdan Quddusga qaytganlarning+ bari qayta qurish ishini boshlashdi. Ular 20 va undan yuqori yoshda bo‘lgan levilarni Yahovaning uyidagi qurilish ishlari ustidan nazoratchi qilib tayinlashdi.  Shunda Yahudoning* o‘g‘illari — Yeshuva, uning o‘g‘illari va birodarlari, Kadmil va uning o‘g‘illari, shuningdek levilardan bo‘lgan Xanadod, uning o‘g‘illari va birodarlari birgalikda haq Xudoning uyida olib borilayotgan ishlarga bosh-qosh bo‘lishdi+. 10  Quruvchilar Yahova ma’badining poydevorini solgach+, ruhoniylar o‘z kiyimini kiyib, qo‘llariga karnaylarini olishdi+, levilardan bo‘lgan Osif o‘g‘illari ham qo‘llariga zillarini olib, Yahovani ulug‘lash uchun Isroil shohi Dovud o‘rnatgan tartibga binoan saf tortishdi+. 11  Ular navbatma-navbat: «... chunki U yaxshidir, U mehr-sadoqatini Isroilga abadiy namoyon etadi»+,— deya qo‘shiq kuylagancha+ Yahovani ulug‘lab, Unga shukronalar ayta boshlashdi. Butun xalq esa Yahovaning uyiga poydevor solingani uchun, baland ovozda Yahovaga hamd-u sano aytar edi. 12  Talaygina ruhoniylar-u levilar, avvalgi ma’badni ko‘rgan yoshi ulug‘ xonadonlar boshlari uyning poydevori solinganini ko‘rgach+, baland ovozda yig‘lay boshladilar, ko‘plar esa quvonganidan hayqirardi+. 13  Xalq quvonch hayqiriqlarini yig‘i ovozidan ajrata olmay qoldi. Odamlar shu darajada baland hayqirishar ediki, ularning ovozi uzoq-uzoqlardan ham eshitilib turardi.

Izohlar

Yoki «Lubnondan».
Ezr 2:40 da «Xo‘daviyo»; Nax 7:43 da «Xo‘davo».