Ezra 9:1-15

  • Isroilda aralash nikohlar (1-4)

  • Ezra xalqning gunohlariga iqror bo‘lib ibodat qiladi (5-15)

9  Bu voqealardan ko‘p o‘tmay, beklar menga murojaat qilib shunday deyishdi: «Isroil xalqi, ruhoniylar va levilar atrofdagi xalqlardan: kan’onliklar, xetiylar, pariziylar, yobusiylar, ommonliklar, mo‘abliklar, misrliklar+ va amoriylardan+ va ularning jirkanch ishlaridan uzoqlashmay yurishibdi+.  Ular o‘sha xalqlarning qizlarini o‘zlariga va o‘g‘illariga xotin qilib olishyapti+. Muqaddas nasl*+ bo‘la turib, o‘sha xalqlar bilan aralashib ketishyapti+. Bunday xiyonatga birinchi navbatda beklar va bosh nazoratchilar qo‘l urishyapti».  Buni eshitishim bilanoq, ustimdagi kiyimimni yirtdim, soch-soqolimni yulib, qayg‘udan o‘tirib qoldim.  Men kechki don nazri keltiriladigan mahalgacha+ shu holda o‘tirdim. Shunda Isroil Tangrisining so‘zlarini e’zozlaydigan kishilarning bari asirlikdan qaytgan xalqning xiyonati masalasida atrofimga yig‘ildi.  Kechki don nazri keltiriladigan paytda+, qayg‘u chekib o‘tirgan joyimdan turdim. Kiyimim yirtilgan, soch-soqolim yulingan holatda tiz cho‘kib, qo‘llarimni Allohim Yahova tomonga cho‘zdim.  Keyin shunday dedim: «Ey Xudoyim, bunday sharmandalik va uyatdan Sen tomonga boshimni ko‘tarishga ham jur’at etolmayman. Ey Tangrim, xatolarimiz boshimizdan oshib-toshib ketdi, aybimiz osmon-u falakkacha yetib bordi+.  Ota-bobolarimiz davridan to hozirgacha gunohga botib keldik+. Xatolarimiz dastidan o‘zimiz, shohlarimiz va ruhoniylarimiz boshqa xalqlarning shohlari qo‘liga tushganmiz. Ular esa bizni qilichdan o‘tkazishgan+, asir qilishgan+, talon-toroj etishgan+ va bugungi kundagiday isnodga qoldirishgan+.  Sen esa, Allohimiz Yahova, qisqa vaqtga bo‘lsa-da iltifot ko‘rsatib, oz qismimizni omon qoldirding va muqaddas makoningda bizga xavfsiz joy* taqdim etib+, ko‘zlarimizni ravshan qilding, qullikda bo‘lganimizda bir oz bo‘lsa-da bizni jonlantirding, ey Xudoyimiz.  Qul bo‘lishimizga qaramay+, ey Allohimiz, bizni qullikda qoldirmading. Fors shohlarining oldida bizga mehr-sadoqatingni namoyon etib kelding+. Sening uyingni tiklab+, uni xarobalar ichidan ko‘tarishimiz uchun jonlantirding va Yahudo bilan Quddusda bizga himoya* ato etding. 10  Ey Xudoyimiz, bu bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin yana nima ham deya olardik?! Axir biz amrlaringga rioya qilmay qo‘ydik-ku. 11  Sen bu amrlarni xizmatchilaring bo‘lmish payg‘ambarlar orqali bizga berib, shunday degansan: “Sizlar egallash uchun borayotgan yurt — nopok yurt. Zero, o‘sha yerlik xalqlar nopok, ular o‘zining jirkanch ishlari bilan o‘sha yerni u chetidan bu chetigacha harom narsalar bilan to‘ldirib tashlashgan+. 12  Shu bois, qizlaringizni ularning o‘g‘illariga bermanglar, ularning qizlarini ham o‘g‘illaringizga olib bermanglar+. O‘zlaringiz kuchayib, o‘sha yurtning eng yaxshi ne’matlarini yeyishingiz va o‘g‘illaringiz u yerga abadiy egalik qilishi uchun, ularning tinch va farovon yashashiga hech qachon yo‘l qo‘ymanglar”+. 13  Sen, ey Tangrimiz, bizga xatolarimizga yarasha muomala qilmay+, ayrimlarimiz omon qolishimizga yo‘l qo‘yding+. Yomon ishlarimiz va ayblarimiz uchun boshimizga shuncha narsalar tushgandan keyin ham 14  amrlaringni qayta-qayta buzib, jirkanch ishlar qiladigan xalqlar bilan quda-andachilik qilaveramizmi?!+ Shunda bizdan g‘azablanib, hech birimizni omon qoldirmay, butunlay yo‘q qilib yubormaysanmi?! 15  Ey, Isroil Xudosi Yahova, Sen adolatlisan+, chunki biz shu kungacha omon saqlanib qoldik. Aybdor bo‘lganimiz tufayli Sening oldingda turishga noloyiq bo‘lsak-da, shu aybimiz bilan Sening oldingda turibmiz»+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «urug‘».
So‘zma-so‘z «qoziq».
Yoki «tosh devor».