Filippiliklarga 1:1-30
1 Iso Masihning qullari Pavlus va Timo‘tiydan, Filippidagi+ Iso Masih bilan birlikda bo‘lgan barcha muqaddas kishilarga hamda jamoat nozirlari va xizmatkorlariga+:
2 Sizlarga Otamiz Xudodan va Hazratimiz Iso Masihdan inoyat va tinchlik bo‘lsin.
3 Sizlarni eslaganimda, hamisha Allohga shukronalar aytaman.
4 Hammalaringiz uchun doimo yolvorib, quvonch bilan iltijo qilyapman+.
5 Chunki xushxabarni eshitgan kuningizdan, to hozirga qadar uni yoyishda hissangizni qo‘shib kelyapsizlar.
6 Xudo orangizda boshlagan yaxshi ishni Iso Masihning kunigacha+ yakunlashiga aminman+.
7 Men barchangiz haqida shunday o‘ylashga haqliman, chunki sizlar mening qalbimdasiz va men bilan birgalikda Allohning inoyatiga sheriksizlar. Bu, zanjirbandligimga+ hamda xushxabarni himoyalash va qonuniylashtirishga+ ham tegishlidir.
8 Men barchangizni Iso Masihday sevib, qanchalar sog‘inganimga Xudoning O‘zi shohid.
9 Sizlarning sevgingiz aniq bilimda+ va Xudoning irodasini to‘liq tushunishda+ tobora ortib borishi+ haqda doimo ibodat qilib so‘rayman.
10 Toki sizlar qaysi narsalar muhimroq ekanini farqlab+, benuqson bo‘linglar va Masihning kunigacha boshqalarni qoqintirmanglar+.
11 Qolaversa, Allohga sharaf va maqtov yog‘ilishi uchun, Iso Masih orqali odillik samaralariga boy bo‘linglar+.
12 Birodarlar, shuni bilishingizni istardimki, men bilan ro‘y bergan hodisalar aslida xushxabarning yoyilishiga sabab bo‘ldi.
13 Mening Masih uchun zanjirbandligim+ imperatorning hamma soqchilariga va boshqalarga ma’lum bo‘ldi+.
14 Hazratimizning xizmatidagi talaygina birodarlar mening zanjirbandligimdan o‘zlarini dadil his etib, Xudoning so‘zini yanada jasorat bilan, qo‘rqmasdan gapirishmoqda.
15 To‘g‘ri, ayrimlar Masih haqida hasad va raqobat bilan va’z qilishayotgan bo‘lsa, boshqalar yaxshi niyat bilan aytishmoqda.
16 Yaxshi niyatlilar, men xushxabarni himoyalash uchun tayin etilganimni tan olib, Masihni sevgi ila xabarlashmoqda+.
17 Hasadchi va raqobatchilar esa zanjirband bo‘lgan menga battar azob berish maqsadida, toza niyat bilan emas, aksincha, shuhratparastlik bilan va’z qilishmoqda.
18 Xo‘sh, oqibatda nima bo‘ldi? Xoh yaxshi niyatda, xoh yomon niyatda bo‘lsin, Masih xabarlanmoqda va men bundan xursandman. Bundan buyon ham quvonaman.
19 Zero bilamanki, iltijolaringiz+ va Iso Masih ruhining madadi bilan+ men xalos bo‘laman.
20 Axir o‘zim buni intizor bo‘lib kutyapman va umid qilamanki, men aslo uyatga qolmayman. Aksincha, to‘la jasorat bilan aytamanki, Masih har doimgidek endi ham xoh hayotim, xoh o‘limim bilan bo‘lsin, mening tanam orqali yuksaladi+.
21 Men uchun hayot Masihdir+, o‘lim esa yutuqdir+.
22 Bordi-yu, hali inson sifatida yashashim kerak bo‘lsa, bu men uchun samarali mehnat qilish deganidir. Har holda men nimani afzal ko‘rishimni aytmayman.
23 Men qaysi birini tanlashni bilmay turibman. Ammo ozod etilib Masih bilan birga bo‘lishni istayman+, chunki bu yanada yaxshiroqdir+.
24 Biroq inson sifatida yashashim sizlar uchun ko‘proq foyda keltiradi.
25 Bunga amin bo‘lgan holda, men sizlar bilan qolib, muvaffaqiyatingiz va imoningizga hamroh bo‘lgan quvonchingiz uchun barchangiz bilan birga bo‘lishimni bilaman.
26 Toki keyingi safar sizlar bilan bo‘lganimda, Iso Masihning shogirdlari sifatida ega bo‘lgan quvonchingiz men orqali ortib borsin.
27 Faqat Masih to‘g‘risidagi xushxabarga munosib ravishda kun kechiringlar+. Oldingizga kelib sizlarni ko‘ramanmi yoki yo‘qmi, xushxabarga bo‘lgan ishonchingiz uchun yelkama-yelka kurashib, bir jon, bir tan* bo‘lib mahkam turganingizni+
28 va dushmanlaringizdan hech qo‘rqmayotganingizni eshitayin. Ana shu ularning halok bo‘lishidan+, sizlarning esa xalos bo‘lishingizdan+ dalolat bermoqda. Zotan bu Xudodandir.
29 Chunki sizlarga nafaqat Masihga ishonish, balki u uchun azob chekish sharafi ato etilgan+.
30 Axir sizlar men kabi kurashyapsizlar. Men ilgari kurashganimni ko‘rgansizlar+ va hozir ham kurashayotganimni eshityapsizlar.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «bir ruh, bir jon».