Galatiyaliklarga 2:1-21

  • Pavlus Quddusdagi havoriylar bilan uchrashadi (1-10)

  • Pavlus Butrusga (Kifaga) tanbeh beradi (11-14)

  • Imon orqali odil deb e’lon qilinish (15-21)

2  O‘n to‘rt yil o‘tgandan keyin, men Barnabo+ bilan Quddusga bordim, Titusni ham o‘zim bilan oldim+.  U yerga borishimning sababi esa vahiy olganimdir. Yugurayotganim yoki yugurganim behuda bo‘lmasligi uchun, men o‘zga xalqlarga va’z qilib yurgan xushxabarni e‘tiborli birodarlarga yuzma-yuz aytib berdim.  Hamrohim Titus+ yunon bo‘lishiga qaramay, ular uni sunnat qilinishga majburlashmadi+.  Faqat soxta birodarlar josus kabi lip etib oramizga suqilib kirib bu masalani ko‘tarishgan edi+. Ular Iso Masih bilan birlikda bo‘lib erishgan ozodligimiz haqida bilib olib+, bizni butunlay qul qilmoqchi edilar+.  Lekin haqiqat bo‘lmish xushxabar sizlarda qolsin deya, biz ularga yon bermay, bir lahzaga ham bo‘ysunmadik+.  E’tiborli deb tanilgan kishilarni olsak+, (to‘g‘risi, ular ilgari qanday bo‘lishgani men uchun ahamiyatsiz, chunki Xudo odamning tashqi ko‘rinishiga qarab hukm etmaydi) ular menga hech bir yangi narsani xabar qilishmadi.  Aksincha, Butrusga sunnat qilinganlarga, menga esa sunnatsizlarga xushxabarni e’lon qilish vazifasi topshirilganini ko‘rib+,  (axir sunnat qilinganlarga havoriylik qilish uchun Butrusga kuch ato etgan Xudo, o‘zga xalqlarga xizmat qilishim uchun menga ham kuch ato etdi)+  menga inoyat ko‘rsatilganini tan olib+, biz boshqa xalqlarga, ular esa sunnat qilinganlarga borishlari uchun ustun deb hisoblangan Yoqub+, Kifa* hamda Yuhanno men bilan Barnaboga+ rizolik belgisi sifatida o‘ng qo‘llarini cho‘zishdi. 10  Faqat ular kambag‘al birodarlarni esdan chiqarmasligimiz kerakligini aytishdi. Aynan shuni men bajo keltirishga jon kuydirganman+. 11  Biroq Kifa+ Antioxiyaga kelganda+ men unga noroziligimni bildirdim, chunki u bunga loyiq edi. 12  Yoqubning+ yonidan odamlar kelishidan avval, u boshqa xalqlardan bo‘lgan kishilar bilan birga yeb-ichib yurgan edi+. Ammo o‘sha odamlar kelgach, u sunnat qilinganlardan qo‘rqib, o‘zini chetga olib aloqani uzdi+. 13  Shunda qolgan yahudiylar ham uning ikkiyuzlamachiligiga qo‘shilishdi. Hatto Barnabo ham ularning ikkiyuzlamachiligiga sherik bo‘ldi. 14  Haqiqat bo‘lmish xushxabarga muvofiq yo‘l tutishmayotganini ko‘rib+, men hammaning oldida Kifaga aytdim: «Agar siz yahudiy bo‘la turib, yahudiylar kabi emas, o‘zga xalqlar kabi yashayotgan bo‘lsangiz, unda nega boshqa xalqlarni yahudiy urf-odatlari bo‘yicha yashashga majbur etyapsiz?»+ 15  Bizlar yahudiymiz, boshqa xalqlar singari gunohkor emasmiz. 16  Ammo odam qonunga amal qilgani tufayli emas, Iso Masihga+ bo‘lgan imoni orqali odil deb e’lon qilinadi+. Biz ham Iso Masihga ishondik, toki bizni ham qonunga rioya qilganimiz tufayli emas, balki Masihga bo‘lgan ishonchimiz orqali odil deb e’lon qilishsin. Negaki, qonunga amal qiladigan hech bir kishi odil deb e’lon qilinmaydi+. 17  Bordi-yu, biz Masih orqali odil deb e’lon qilinishga intilib, gunohkor ekanimizni payqasak, u holda Masih bizni gunohga undayotgan ekan-da? Aslo! 18  Agar men bir vaqtlar o‘zim vayron qilgan narsalarni qaytadan qurayotgan bo‘lsam, unda men qonunbuzar ekanimni ko‘rsataman. 19  Biroq endi men Xudo uchun yashay deb, qonun uchun qonun orqali o‘ldim+. 20  Men Masih bilan ustunga mixlandim+. Endi men emas+, ammo Masih menda yashayapti. Chindan ham, umr kechirayotganimga kelsak, meni sevgan va men uchun o‘zini fido qilgan+ Xudoning O‘g‘liga bo‘lgan imon bilan yashayapman+. 21  Men Allohning inoyatini inkor etmayapman+. Agar odillik qonun orqali bo‘lsa, unda Masih bekorga o‘lgan ekan+.

Izohlar

Havoriy Butrusning boshqa ismi.