Hakamlar 1:1-36

  • Yahudo va Shimo‘n qo‘lga kiritgan yerlar (1-20)

  • Yobusiylar Quddusda qoladi (21)

  • Yusuf Baytilni bosib oladi (22-26)

  • Kan’onliklar butunlay haydab chiqarilmadi (27-36)

1  Yoshua vafot etganidan so‘ng+, isroilliklar Yahovadan: «Oramizdan kim birinchi bo‘lib kan’onliklarga qarshi jang qilgani boradi?» — deb so‘rashdi+.  Yahova ularga: «Yahudo qabilasi boradi+. Yurtni uning qo‘liga topshiraman»,— dedi.  Shunda Yahudo qabilasi birodari bo‘lmish Shimo‘n qabilasiga: «Bizga ulush sifatida tekkan hududga borib+, kan’onliklarga qarshi jang qilaylik. Keyin biz ham sizlarga ulush bo‘lib tekkan hududga boramiz»,— dedi. Shu tariqa, Shimo‘n qabilasi ular bilan birga bordi.  Yahudo qabilasi jang qilgani borganida, Yahova kan’onliklar bilan pariziylarni ularning qo‘liga topshirdi+ va ular Bazaxda 10 000 kishini qirib tashlashdi.  Ular Bazaxda Odonivazaxga duch kelib, u bilan jang qilishdi va kan’onliklar+ bilan pariziylarni+ tor-mor etishdi.  Odonivazax qocha boshlagach, orqasidan quvib ushlab olishdi-da, qo‘l-oyoqlarining bosh barmoqlarini kesib tashlashdi.  Shunda Odonivazax: «Men qo‘l-oyoqlarining bosh barmoqlarini kesib tashlagan 70 ta shoh dasturxonimdan tushgan yegulikni terib yeb yurardi. Men ular bilan qanday yo‘l tutgan bo‘lsam, Xudo meni ham xuddi shu ko‘yga soldi»,— dedi. So‘ng ular Odonivazaxni Quddusga olib borishdi+ va u o‘sha yerda vafot etdi.  Bundan tashqari, Yahudo o‘g‘illari Quddusga qarshi jang qilib+, uni qo‘lga kiritishdi. Aholisini esa qilichdan o‘tkazib, shaharni yondirib yuborishdi.  So‘ngra Yahudo o‘g‘illari tog‘li hududda, Nagavda va Shefelada+ yashovchi kan’onliklarga qarshi jang qilgani pastga tushishdi. 10  Yahudo qabilasi Xevronda (Xevron ilgari Xirat-Arba deb atalardi) yashovchi kan’onliklar bilan jang qilib, Sheshay, Oximan va Talmayni mag‘lub etdi+. 11  U yerdan Yahudo qabilasi Debir aholisi bilan jang qilgani jo‘nadi+. (Debir oldin Xirat-Safar deb atalardi.)+ 12  Xolib+ bo‘lsa: «Xirat-Safarga hujum qilib, uni qo‘lga kiritgan kishiga qizim Axsani xotinlikka beraman»+,— deb aytdi. 13  Xolibning ukasi Xanaz+ o‘g‘li O‘tniyol+ o‘sha shaharni bosib oldi. Shunda Xolib qizi Axsani unga xotinlikka berdi. 14  Axsa erining uyiga ketayotib, O‘tniyolni qaynatasi Xolibdan dala so‘rab olishga undadi. Axsa eshagidan tushdi* va Xolib undan: «Qizim, biron-bir istaging bormi?» — deb so‘radi. 15  Axsa otasiga: «Iltimos, meni duo qiling. Menga janubda* yer bergan edingiz, Gullot-Mayimni* ham menga hadya qiling»,— dedi. Shunda Xolib unga Yuqori Gullot bilan Quyi Gullotni berdi. 16  Musoning qaynatasi+ avlodidan bo‘lgan xayiniylar+ Yahudo o‘g‘illari bilan birga palma daraxtlari o‘sadigan shahardan chiqib+, Arodning+ janubidagi Yahudo sahrosiga kelishdi. Ular o‘sha yerdagi xalq orasida yashab qolishdi+. 17  Yahudo qabilasi birodari bo‘lmish Shimo‘n qabilasi bilan birga Zafatda yashovchi kan’onliklarga hujum qilib, ularni qirib tashladi+. Shu bois, bu shahar Xo‘rmax*+ deb ataladigan bo‘ldi. 18  Keyin Yahudo qabilasi G‘azoni+, Ashqalonni+ va Exronni+ hududlari bilan birga bosib oldi. 19  Yahova Yahudo qabilasi bilan birga bo‘lgani uchun, ular butun tog‘li hududni egallab olishdi. Ammo ular tekislikda yashovchi aholini quvib chiqara olishmadi, chunki ularning temir chalg‘ili jang aravalari bor edi+. 20  Muso va’da berganiday+, ular Xolibga Xevronni berishdi va u o‘sha yerdan Inoqning uchta o‘g‘lini+ quvib chiqardi. 21  Benyamin o‘g‘illari Quddus aholisi bo‘lgan yobusiylarni quvib chiqarishmadi. Shu sababli, yobusiylar bugungacha Benyamin o‘g‘illari bilan birga Quddusda yashab kelmoqda+. 22  Bu orada, Yusufning xonadoni+ Baytilga qarshi jang qilishga chiqdi. Yahova ular bilan birga edi+. 23  Yusufning xonadoni Baytilga (aslida shaharning avvalgi nomi Luz edi)+ ayg‘oqchilik qilgani bordi. 24  Ayg‘oqchilar shahardan chiqayotgan bir kishini ko‘rib, unga: «Iltimos, bizga shaharga kirish yo‘lini ko‘rsating. Sizga hech qanday zarar yetkazmaymiz*»,— deyishdi. 25  Shunda bu kishi ularga shaharga kirish yo‘lini ko‘rsatdi va ular shahar aholisini qilichdan o‘tkazishdi. Ammo o‘sha kishini va uning butun oilasini qo‘yib yuborishdi+. 26  Bu kishi xetiylarning yurtiga borib, o‘sha yerda bir shahar qurdi-da, uni Luz deb atadi. Shahar bugungacha shu nom bilan ataladi. 27  Manashe qabilasi Bayt-Shiyonni, Tanaxni+ va ularga qarashli* shaharchalarni zabt eta olmadi. U Do‘rda, Yiblayomda va Maxido‘da yashovchi aholini ham quvib chiqarmadi hamda bu shaharlarga qarashli shaharchalarni egallab olmadi+. Shu sababli, kan’onliklar o‘jarlik qilib o‘sha yerda yashab kelmoqda. 28  Isroil xalqi kuchaygach, kan’onliklarni qul qilib oldi+, lekin ularni butunlay haydab chiqara olmadi+. 29  Efrayim qabilasi ham Gezerda yashagan kan’onliklarni quvib chiqarmadi. Shu bois, kan’onliklar haligacha ularning orasida Gezerda yashab kelmoqda+. 30  Zabulun qabilasi Xitro‘n bilan Nahalol+ aholisini quvib chiqarmadi. Shuning uchun kan’onliklar Zabulun qabilasi orasida yashab, ularga qul bo‘lib xizmat qilmoqda+. 31  Osher qabilasi Akko‘, Sidon+, Axlob, Axsib+, Xelba, Ofiq+ va Rexob+ aholisini quvib chiqarmadi. 32  Osher qabilasi ularni quvib chiqarmagani bois, o‘sha yerdagi kan’onliklar orasida yashab kelmoqda. 33  Naftali qabilasi Bayt-Shamash bilan Bayt-Onotning+ aholisini haydab chiqarmay, o‘sha yerdagi kan’onliklar orasida yashab kelishardi+. Bayt-Shamash bilan Bayt-Onotning aholisi ularga qul bo‘lib xizmat qilishardi. 34  Amoriylar bo‘lsa, Dan o‘g‘illariga tog‘li hududdan tekislikka tushishga yo‘l qo‘yishmadi+. 35  Amoriylar Xares tog‘ida, Oyjavlonda+ va Shalbimda+ o‘jarlik qilib yashab kelishardi. Ammo Yusufning xonadoni kuchaygach, ularni qul bo‘lib ishlashga majburladi. 36  Amoriylarning hududi Akrabim qiyaligidan+ boshlanib, Seladan yuqoriga qarab cho‘zilgan edi.

Izohlar

Boshqa variant «eshakda o‘tirganda, e’tiborni qaratish uchun chapak chaldi».
Yoki «Nagavda».
Ma’nosi «suv havzalarini».
Ma’nosi «yo‘q qilishga topshirilgan».
So‘zma-so‘z «mehr-sadoqat ko‘rsatamiz».
Yoki «ularning atrofidagi».