Hakamlar 14:1-20

  • Hakam Shimsho‘n filistimlik qizga uylanmoqchi bo‘ladi (1-4)

  • Shimsho‘n sherni o‘ldiradi (5-9)

  • Shimsho‘n ziyofatda topishmoq aytadi (10-19)

  • Shimsho‘nning xotini boshqaga uzatiladi (20)

14  Shimsho‘n Timnaxga bordi va u yerda filistimlik bir qizni ko‘rib qoldi.  So‘ng u ota-onasining oldiga borib: «Timnaxda filistimlik bir qizga ko‘zim tushdi, uni menga olib beringlar»,— dedi.  Ammo ota-onasi: «Qarindoshlarimiz va butun xalqimiz ichidan qiz topa olmadingmi?+ Endi borib sunnatsiz filistimliklardan qiz olmoqchimisan?» — deb aytishdi. Shimsho‘n esa otasiga: «Menga uni olib bering. U menga yoqib qoldi»,— dedi.  Shimsho‘nning ota-onasi bu Yahovaning boshchiligida sodir bo‘layotganini tushunishmadi. O‘sha paytlarda filistimliklar Isroil ustidan boshqarayotgani uchun, U filistimliklarga qarshi jang qilishga fursat izlayotgan edi+.  Xullas, Shimsho‘n ota-onasi bilan Timnaxga yo‘l oldi. Timnaxdagi uzumzorlarga yetganida, oldidan bo‘kirib kelayotgan sher* chiqib qoldi.  Shu payt Shimsho‘nning ustiga Yahovaning ruhi tushdi+. Qo‘lida hech narsa bo‘lmasa ham, u sherni uloqchaday tilka-pora qilib tashladi. Ammo bo‘lib o‘tgan voqea haqida ota-onasiga og‘iz ochmadi.  So‘ng Shimsho‘n borib o‘sha qiz bilan gaplashdi va qiz unga yoqdi+.  Bir muncha vaqtdan keyin, Shimsho‘n qizni o‘z uyiga olib ketish uchun qaytganida+, yo‘l-yo‘lakay sherning jasadini ko‘rmoqchi bo‘lib, jasad tomonga burildi. Jasad ichida asalari in qurib, asali ham bor ekan.  U asalni qo‘llariga oldi-da, yo‘l bo‘yi yeb ketdi. Ota-onasiga yetib olganida, ularga ham yegani berdi. Biroq asalni sherning jasadi ichidan olganini aytmadi. 10  Shimsho‘nning otasi o‘sha qiznikiga bordi. Shimsho‘n esa hamma kuyovlar qatori ziyofat berdi. 11  Shimsho‘nni ko‘rishi bilanoq, ular 30 ta kuyovnavkarni unga tanlab berishdi. 12  Shimsho‘n ularga shunday dedi: «Kelinglar, sizlarga bitta topishmoq aytayin. Agar ziyofat beradigan yetti kun ichida topishmoqning javobini topib menga aytib bersangiz, sizlarga zig‘ir matosidan tikilgan 30 ta libos va 30 sidra kiyim-bosh beraman. 13  Bordi-yu, javobini topa olmasangiz, menga zig‘ir matosidan tikilgan 30 ta libos va 30 sidra kiyim-bosh berasizlar». Ular bo‘lsa: «Qani, topishmog‘ingni ayt, eshitaylik-chi»,— deyishdi. 14  Shimsho‘n gap boshlab, dedi: «Xo‘randadan xo‘rak chiqdi,Kuchlining ichidan shirinlik chiqdi»+. Ular uch kun topishmoqning javobini topa olmay yurishdi. 15  To‘rtinchi kuni ular Shimsho‘nning xotiniga: «Bor-budimizdan ayirish uchun bizni bu yerga taklif qildingizlarmi? Eringni aldab-suldab+, topishmoqning javobini bizga bilib ber. Aks holda, seni ham, otangning uyidagilarni ham yondirib yuboramiz»,— deb aytishdi. 16  Shunda Shimsho‘nning xotini unga: «Meni sevmaysiz+, meni yomon ko‘rasiz. Xalqimga topishmoq aytdingiz-u, javobini menga aytmadingiz»,— deb bo‘yniga osilib yig‘ladi. Shimsho‘n bo‘lsa: «Ie, topishmoqning javobini hatto ota-onamga aytmadim-u, senga aytamanmi?!» — deb javob berdi. 17  Ziyofat berilgan yetti kun davomida xotini bo‘yniga osilib yig‘ladi. Hol-joniga qo‘ymaganidan, yettinchi kuni Shimsho‘n oxiri javobini unga aytdi. Xotini esa topishmoqning javobini o‘z xalqiga aytib berdi+. 18  Yettinchi kuni quyosh botishidan* oldin, shahar aholisi unga: «Asaldan shirin nima bor,Sherdan kuchliroq nima bor?»+ — deb aytdi. Shimsho‘n esa ularga: «G‘unajinimni ishga solmaganingizda+,Topishmog‘imning javobini topa olmagan bo‘lardingiz»,— dedi. 19  Shunda Shimsho‘nning ustiga Yahovaning ruhi tushdi+ va u Ashqalonga+ bordi-da, ularning 30 ta odamini o‘ldirdi. O‘ldirilgan odamlarning kiyimlarini yechib olib, topishmoqning javobini aytgan odamlarga berdi+. So‘ng g‘azablangan holda otasinikiga qaytdi. 20  Shimsho‘nning xotinini+ esa, unga kuyovnavkar bo‘lganlarning biriga uzatib yuborishdi+.

Izohlar

Yoki «yoldor yosh sher».
Boshqa variant «u go‘shangaga kirishidan».