Hakamlar 15:1-20

  • Shimsho‘n filistimliklardan o‘ch oladi (1-20)

15  Oradan vaqt o‘tgach, bug‘doy o‘rim-yig‘imi paytida, Shimsho‘n yosh echkini olib, xotinining oldiga bordi. U: «Xotinimning oldiga, go‘shangaga kiray»,— deb aytdi. Ammo qaynatasi kirishga yo‘l qo‘ymadi.  Qaynatasi Shimsho‘nga: «Men: “Qizimni yoqtirmay qolding”+,— deb o‘ylab, uni kuyovnavkarlaringdan biriga xotinlikka berdim+. Qara, singlisi undan ham chiroyliroq. Balki opasining o‘rniga singlisini olarsan?» — dedi.  Biroq Shimsho‘n unga: «Endi filistimliklarga ziyon yetkazsam ham, ular aybni mendan qidirishmaydi»,— deb aytdi.  Shimsho‘n borib 300 ta tulki tutib keldi. U mash’allarni oldi-da, tulkilarni juft-juft qilib dumlarini bir-biriga bog‘ladi va bog‘langan dumlari orasiga bittadan mash’al tiqib qo‘ydi.  Keyin u mash’allarni yoqdi-da, tulkilarni filistimliklarning g‘allazorlariga qo‘yib yubordi. Shu tariqa, u bog‘lamlar-u hali o‘rib olinmagan g‘allaning hammasiga, shu qatorda uzumzor va zaytunzorlarga o‘t qo‘ydi.  Filistimliklar: «Bu kimning ishi ekan?» — deya surishtira boshlashdi. Ularga: «Bu, timnaxlik kishining kuyovi, Shimsho‘nning ishi. O‘sha kishi qizini kuyovnavkarlardan biriga xotinlikka bergani uchun, kuyovi shunday qilibdi»+,— deb aytishdi. Shunda filistimliklar borib, o‘sha kishini ham, uning qizini ham yondirib yuborishdi+.  So‘ng Shimsho‘n ularga: «Shunday qilganlaring uchun, senlardan o‘ch olmasam tinchimayman»+,— dedi.  Shimsho‘n ularni birma-bir qirib, nihoyatda ko‘p odamni o‘ldirdi. Keyin Etom qoyasidagi g‘orga borib, o‘sha yerda yashadi.  Keyin filistimliklar kelib Yahudoda qarorgoh qurishdi va Lexida+ kezib yurishdi. 10  Yahudo odamlari ulardan: «Nega bizga qarshi chiqdingizlar?» — deb so‘rashdi. Ular esa: «Shimsho‘nni qo‘lga tushirish uchun keldik. U bizga qilgan yomonligini o‘zining boshiga solmoqchimiz»,— deb javob berishdi. 11  Yahudoning 3 000 ta odami Etom qoyasidagi g‘orga borib, Shimsho‘ndan: «Filistimliklar ustimizdan boshqarayotganini bilmaysanmi?+ Nega bizni bu ahvolga solding?» — deb so‘rashdi. U bo‘lsa: «Ular menga nima qilgan bo‘lsa, men ham shunga yarashasini qaytardim»,— dedi. 12  Ular esa Shimsho‘nga: «Biz seni tutib olib, filistimliklar qo‘liga topshirish uchun keldik»,— deyishdi. Shunda u: «Senga qo‘l ko‘tarmaymiz, deb menga qasam ichinglar»,— deb aytdi. 13  Ular Shimsho‘nga: «Yo‘q, seni o‘ldirmaymiz. Seni bog‘lab ularning qo‘liga topshiramiz, xolos»,— deb javob berishdi. Ular Shimsho‘nni ikkita yangi arqon bilan bog‘lab, u yerdan olib ketishdi. 14  Uni Lexiga olib kelishganida, filistimliklar g‘olibona hayqiriqlar bilan uni qarshi olishdi. Shunda uning ustiga Yahovaning ruhi tushdi+ va qo‘llaridagi arqonlar kuygan zig‘ir ipday bo‘lib, qo‘llaridan tushib ketdi+. 15  U hangi eshakning jag‘ suyagini ko‘rib qoldi-da, uni qo‘liga olib 1 000 kishini o‘ldirdi+. 16  Keyin Shimsho‘n: «Eshakning jag‘ suyagi bilan dushmanlarni o‘ldirib, uyum-uyum qilib tashladim! Eshakning jag‘ suyagi bilan 1 000 kishini o‘ldirdim»+,— deb aytdi. 17  Gapini tugatgach, u jag‘ suyagini uloqtirib yubordi-da, o‘sha joyga Ramat-Lexiy*+ deb nom berdi. 18  Shimsho‘n juda ham chanqab ketdi va Yahovaga yolvorib: «Sen xizmatkoringga bu buyuk g‘alabani berding. Nahotki endi tashnalikdan ado bo‘lib, sunnatsizlar qo‘liga tushib qolsam!?» — dedi. 19  Shunda Xudo Lexidagi bo‘shliqni yordi va undan suv oqib chiqdi+. Suvni ichgach, Shimsho‘n kuchga to‘lib, jonlandi. Shu sababli, u o‘sha yerga En-Xaqqor* deb nom berdi. Bugungacha o‘sha buloq Lexida joylashgan. 20  U filistimliklar davrida Isroilda 20 yil hakamlik qildi+.

Izohlar

Ma’nosi «jag‘ suyak tepaligi».
Ma’nosi «yolvorganning bulog‘i».