Havoriylar 20:1-38

  • Pavlus Makedoniya va Yunonistonda (1-6)

  • Troasda Yevtix tiriltiriladi (7-12)

  • Troasdan Miletga (13-16)

  • Pavlus Efesdagi oqsoqollar bilan uchrashadi (17-38)

    • Uyma-uy va’z qilish (20)

    • «Berishning baxtiyorligi katta» (35)

20  G‘ala-g‘ovur bosilib qolgach, Pavlus shogirdlarni chaqirtirib, ularning ruhini ko‘tardi. So‘ng ular bilan xayrlashib, Makedoniyaga borish uchun yo‘lga chiqdi.  U o‘sha yurtlardan o‘tib, ko‘pgina so‘zlar bilan shogirdlarga dalda berdi. Yunonistonga yetib kelgach,  Pavlus u yerda uch oy qoldi. Suriyaga suzib ketishga qaror qilganida, yahudiylar unga qarshi fitna uyushtirganidan xabar topdi+. Shu bois, u yana Makedoniyaga qaytib ketdi.  Unga veriyalik Pirning o‘g‘li Sopatr, Aristarx+, salonikalik* Sekund, derbelik Gay va Timo‘tiy+, shuningdek, Osiyodan Tixik+ bilan Trofim+ hamrohlik qilishdi.  Ular Pavlusdan oldinroq Troasga borib, bizni o‘sha yerda kutishdi.  Biz esa Xamirturushsiz non bayramidan*+ keyin Filippi shahridan suzib ketib, besh kunda Troasga yetib bordik va u yerda yetti kun qoldik.  Haftaning birinchi kunida* ovqat yegani yig‘ilib o‘tirgandik. Shunda Pavlus yig‘ilganlarga nutq so‘zladi, chunki ertasi kuni u yo‘lga chiqishi kerak edi. Uning nutqi yarim tungacha davom etdi.  Biz yig‘ilib o‘tirgan boloxonada juda ko‘p moychiroqlar bor edi.  Pavlus gapirayotganda, derazada o‘tirgan Yevtix ismli bir bola qattiq uxlab qolib, uchinchi qavatdan yiqilib tushdi. Yerdan uning o‘ligini ko‘tarishdi. 10  Pavlus pastga tushib egildi va bolani quchoqlab oldi-da+: «Vahima qilmanglar, u tirik*»+,— dedi. 11  Keyin Pavlus boloxonaga ko‘tarildi va non sindirib ovqatlandi. Sahargacha ular bilan ancha suhbatlashib, yo‘lga chiqdi. 12  Ular esa o‘sha bolani tirik olib ketishganidan rosa xursand bo‘lishdi. 13  Biz Pavlusdan oldinroq kemaga tushib, Assa shahriga suzib ketdik. U yerda Pavlusni kemaga chiqarishimiz kerak edi. Chunki uning o‘zi shunday buyruq berib, piyoda yo‘lga chiqqandi. 14  Pavlus Assada bizga yetib olgach, uni kemaga oldik va Mitilinaga jo‘nadik. 15  Ertasi kuni u yerdan suzib ketib, Xios oroliga keldik. Keyingi kun esa qisqa vaqtga Samosda to‘xtadik-da, yana bir kundan keyin Miletga suzib keldik. 16  Pavlus Osiyo viloyatida ko‘p vaqt qolib ketmaslik uchun Efesga kirmay o‘tib ketishga qaror qildi+. Sababi, u iloji bo‘lsa Hosil bayramigacha* Quddusga yetib borishga+ shoshilayotgan edi. 17  U Miletda turib Efesdagi jamoat oqsoqollarini chaqirib kelish uchun xabar yubordi. 18  Ular Pavlusning yoniga kelishganda, u shunday deya gap boshladi: «Osiyo viloyatiga qadam bosgan kunimdan buyon men doimo sizlar bilanman+. 19  Yahudiylar uyushtirgan fitna dastidan ko‘z yoshlar to‘kib, sinovlarga duch kelib, kamtarlik* bilan+ Rabbimizga* qulday xizmat qilib keldim. 20  Foydali bo‘lgan hech bir narsadan sizlarni mahrum qilmay, deb el oldida hamda uyma-uy+ yurib ta’lim berish fursatini boy bermadim+. 21  Yahudiylar ham, yunonlar ham tavba qilib+ Xudoga qaytishsin va Hazratimiz Isoga ishonishsin+, deya men ularga keng shohidlik berdim. 22  Endi bo‘lsa, muqaddas ruhning boshqaruviga itoat qilib Quddusga ketyapman. U yerda boshimga nimalar tushishini bilmayman. 23  Lekin shuni bilamanki, shaharma-shahar yurganim sayin meni qamoq va qayg‘u-alamlar kutyapti+. Bu haqda muqaddas ruh meni qayta-qayta ogohlantiryapti. 24  Biroq men sira ham jonimni* ayamayman. Faqat Allohning inoyati to‘g‘risidagi xushxabarni aytish orqali keng shohidlik berish uchun, shu masofani yugurib o‘tsam+ va Hazrati Isodan olgan xizmatimni oxirigacha yetkazib qo‘ysam bas. 25  Endi esa, mendan Shohlik xabarini eshitgan barchangiz ortiq yuzimni ko‘ra olmasligingizni bilaman. 26  Shu bois, men biron-bir insonning qoni to‘kilishida aybdor emasligimga bugun guvoh bo‘lishingizni istayman+. 27  Zero men Tangrining irodasini sizlarga yetkazishdan bosh tortmaganman+. 28  O‘zingizga+ va butun suruvga diqqat qilinglar. Sizlar, Xudo O‘z O‘g‘lining qoni+ evaziga sotib olgan jamoatga cho‘ponlik qilish uchun+, muqaddas ruh orqali shu suruv ichida nozir+ etib tayinlangansizlar. 29  Yana shuni bilamanki, men ketganimdan keyin orangizga yirtqich bo‘rilar kirib oladi+. Ular suruvga shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi. 30  Hatto sizlarning orangizdan ham, shogirdlarni ortidan ergashtirish uchun noto‘g‘ri ta’limotlarni tarqatadigan kishilar chiqadi+. 31  Shunday ekan, hushyor bo‘linglar. Men uch yil mobaynida+ kecha-yu kunduz tinmay har biringizga ko‘z yoshlar bilan nasihat qilganimni yodda tutinglar. 32  Hozir esa, sizlarni Allohga va Uning inoyati haqidagi kalomiga ishonib topshiryapman. Ushbu kalom sizlarni mustahkam qilib, barcha muqaddas kishilar bilan birga meros olishingizga ko‘maklashadi+. 33  Men hech kimning kumushiga, oltiniga yoki kiyimiga ko‘z olaytirmaganman+. 34  O‘zimning hamda sheriklarimning ehtiyojlarini qondirish uchun mana shu qo‘llarim bilan mehnat qilganimni+ o‘zlaringiz ham yaxshi bilasizlar. 35  Bunday mehnat qilib+, muhtojlarga yordam berishingiz kerakligini men sizlarga har sohada ko‘rsatganman. Shuningdek, Hazratimiz Isoning: “Olishdan ko‘ra berishning+ baxtiyorligi katta”,— degan so‘zlarini unutmasligingiz lozim». 36  Gapini tugatgach, Pavlus hammalari bilan birga tiz cho‘kib ibodat qildi. 37  Shunda barchasi zor yig‘lagancha Pavlusni quchoqlab mehr ila o‘pishardi. 38  Ayniqsa uning: «Ortiq yuzimni ko‘rolmaysizlar»+,— degan so‘zlari ularni g‘amgin qildi. Keyin ular Pavlusni kemagacha kuzatib borishdi.

Izohlar

Yoki «salonikilik».
Bu kun hozir yakshanba deb ataladi. Yahudiylarda esa, bu haftaning birinchi kuni edi.
Yoki «uning joni o‘zida».
Yoki «o‘y-fikrda kamtarlik».
Yoki «Hazratimizga». Yun. Kirios.
Yoki «hayotimni».