Hikmatlar 12:1-28
12 Ta’lim-tarbiyani yaxshi ko‘rgan bilimni yaxshi ko‘radi+,Tanbehdan nafratlangan esa aqlsizdir+.
2 Yaxshi odam Yahovaning roziligini oladi,Yovuz niyatlilarni esa U hukm qiladi+.
3 Yovuzlik qilgan hech bir kimsa xavfdan xoli bo‘lmaydi+,Odilning tomiri esa aslo yulib tashlanmaydi.
4 Yaxshi xotin — erining toji+,Beadab xotin esa erining suyaklariga tushgan chirikdir+.
5 Odilning fikrlari to‘g‘ridir,Yovuzning maslahati esa aldamchidir.
6 Yovuzning so‘zlari — xatarli pistirma+,To‘g‘rining tili esa unga najotdir+.
7 Yovuzlar yo‘q qilinadi,Odilning uyi esa mustahkam turadi+.
8 Aql bilan so‘zlagan odamni maqtashadi+,Qalbi buzuq kishidan esa hazar qilishadi+.
9 Nonga zor bo‘lib, o‘zini maqtagandan ko‘ra,Xizmatkori bor bo‘lgan kamsuqum odam yaxshiroqdir+.
10 Odil kishi o‘z hayvoniga g‘amxo‘rlik qiladi+,Yovuzning mehribonchiligi ham zolimlikdir.
11 Yeriga ishlov berganning qorni ovqatga to‘yadi+,Befoyda narsalar ortidan quvgan esa farosatsizdir.
12 Yovuz odam yovuzning o‘ljasiga ko‘z tikadi,Odillar esa meva beradigan daraxt kabidir.
13 Yovuzning buzuq tili uni tuzoqga tushiradi+,Odil esa darddan xalos bo‘ladi.
14 Inson yaxshi so‘zlari tufayli yaxshilikka erishadi+,Qilgan mehnatining mukofotini oladi.
15 Ahmoqning yo‘li uning nazarida to‘g‘ridir+,Dono esa maslahatni qabul qiladi+.
16 Ahmoq darhol jahlini to‘kib sochadi+,Zakovatli esa haqoratga ahamiyat bermaydi.
17 Ishonchli guvoh haqiqatni gapiradi,Soxta guvoh esa yolg‘on so‘zlaydi.
18 O‘ylamay aytilgan gap qilichday jarohatlaydi,Dononing tili esa shifo beradi+.
19 Rostgo‘yning so‘zi mangu turadi+,Yolg‘onchining gapi esa bir lahzalikdir+.
20 Yomon niyatli odamlarning qalbi makkor bo‘ladi,Tinchlikparvarlar qalbi esa shodlikka to‘ladi+.
21 Odil insonga hech qanday zarar yetmaydi+,Yovuzlarning hayoti esa musibatga to‘la bo‘ladi+.
22 Yolg‘onchi til Yahova uchun jirkanchdir+,Sadoqat ila yo‘l tutgan esa Uni mamnun etadi.
23 Zakovatli odam bilimini yashiradi,Ahmoq esa o‘z nodonligini oshkor etadi+.
24 Mehnatkashlar hukm suradi+,Yalqovlar esa qul bo‘ladi+.
25 G‘am-tashvish odamning qalbini ezadi+,Yaxshi so‘z esa ko‘nglini ko‘taradi+.
26 Odil kishi o‘ziga yaylov qidiradi,Yovuzning tutgan yo‘li esa uni sarson-sargardon qiladi.
27 Dangasa oldidagi o‘ljani ovlashga erinadi+,Tirishqoqlik esa insonning qimmatbaho xazinasidir.
28 Odillik so‘qmog‘i hayotga yetaklaydi+,Bu yo‘lda o‘lim yo‘qdir.