Hikmatlar 14:1-35

  • Yurak o‘z dardini o‘zi biladi (10)

  • Odamga to‘g‘ri ko‘ringan yo‘l o‘limga yetaklaydi (12)

  • Sodda har bir so‘zga ishonadi (15)

  • Boyning do‘sti ko‘p (20)

  • Xotirjam yurak tanaga hayot baxsh etadi (30)

14  Dono xotin o‘z oilasini* mustahkamlaydi+,Ahmoq xotin esa uni o‘z qo‘llari bilan buzadi.   To‘g‘ri yo‘ldan yurgan Yahovadan qo‘rqadi,Egri yo‘ldan yurgan esa Undan jirkanadi.   Ahmoqning takabbur tili tayoqday tegadi,Dononi esa tili himoyalaydi.   Qoramoli yo‘q uyning oxuri toza turadi,Ammo buqaning kuchi bilan mo‘l hosil olinadi.   Ishonchli guvoh yolg‘on so‘zlamaydi,Soxta guvohning nafasidan esa yolg‘on ufurib turadi+.   Mazaxchi donolik izlaydi-yu, ammo topa olmaydi,Fahm-farosatli esa bilimni tezda o‘zlashtiradi+.   Ahmoqdan uzoqroq yur,Zero, uning og‘zidan dono so‘z chiqmaydi+.   Zakovatlining donoligi o‘z yo‘lini tushunganidadir,Nodonlar esa ahmoqligi tufayli aldanadi*+.   Xato qilib, buni hazilga yo‘yadiganlar ahmoqdir+,To‘g‘rilar esa yarashishga tayyor bo‘ladi. 10  Yurak o‘z dardini o‘zi biladi,Sevinchini ham faqat o‘zi his qiladi. 11  Yovuzlarning uyi yo‘q qilinadi+,To‘g‘rilarning chodiri esa obod bo‘ladi. 12  Shunday yo‘l borki, u odamga to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi+,Ammo oxiri o‘limga olib boradi+. 13  Hatto kulganda ham yurak og‘riydi,Ba’zan shodlik ham qayg‘u bilan tugaydi. 14  O‘zboshimcha qilmishining oqibatini totadi+,Yaxshi inson esa mehnatining mukofotini oladi+. 15  Sodda har bir so‘zga ishonadi,Zakovatli esa har bir qadamini o‘ylab bosadi+. 16  Dono ehtiyotkor bo‘lib, yovuzlikdan yuz o‘giradi,Nodon esa beparvo* va manmandir. 17  Jahli tez odam ahmoqlik qiladi+,Mulohazakor odam esa nafratga duchor bo‘ladi. 18  Sodda ahmoqlikni meros qilib oladi,Zakovatli insonga esa bilim toji kiydiriladi+. 19  Yomon odamlar yaxshi odamga ta’zim qiladi,Yovuzlar odilning darvozasi oldida bosh egadi. 20  Qashshoqdan hatto yaqini ham nafratlanadi+,Boyning do‘stlari esa ko‘p bo‘ladi+. 21  Yaqinidan jirkangan gunoh qiladi,Bechoraga rahm-shafqatli bo‘lgan esa baxtlidir+. 22  Yovuzlikni niyat qilganlar yo‘ldan adashadi.Yaxshilikni niyat qilganlar esa mehr-sadoqat-u vafoga erishadi+. 23  Har qanday mehnatning foydasi bor,Quruq gap esa yo‘qchilikka olib keladi+. 24  Dononing toji — uning boyligi,Ahmoqning ishlari esa ahmoqlikka yetaklaydi+. 25  Ishonchli guvoh jonlarni saqlab qoladi.Aldoqchining nafasidan esa yolg‘on ufurib turadi. 26  Yahovadan qo‘rqqanning ishonchi mustahkamdir+,U farzandlari uchun boshpana bo‘ladi+. 27  Yahovadan qo‘rqish hayot bulog‘idir,U insonni o‘lim tuzoqlaridan asraydi. 28  Xalqning ko‘pligi — shohning ulug‘vorligi+,Xalqning kamligi esa shohning halokatidir. 29  Jahlini tiygan aql-idroklidir+,Besabr esa ahmoqligini ko‘rsatadi+. 30  Xotirjam yurak tanaga hayot baxsh etadi,Hasadgo‘ylik esa suyaklarni chiritadi+. 31  Bechorani aldagan Yaratuvchini haqorat qiladi+,Kambag‘alga rahm-shafqat qilgan esa Parvardigorni ulug‘laydi+. 32  Yovuzni o‘z yovuzligi yiqitadi,Odilning benuqsonligi esa unga panoh bo‘ladi+. 33  Donolik farosatli odamning qalbidan joy egallaydi+,Nodonlar orasida esa o‘zini ko‘z-ko‘z qiladi. 34  Odillik xalqni yuksaltiradi+,Gunoh esa uni isnodga qoldiradi. 35  Fahm-farosatli xizmatkordan shoh mamnun bo‘ladi+,Oriyatsiz xizmatkorga esa g‘azabini sochadi+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «uyini».
Boshqa variant «Nodonlar boshqalarni aldaydi».
Yoki «jahldor».