Hikmatlar 25:1-28
25 Bular ham Sulaymonning hikmatlari+. Yahudo shohi Hizqiyoning+ odamlari ularni ko‘chirib yozgan.
2 Xudoning ulug‘vorligi — masalani sir saqlash+,Shohlarning ulug‘vorligi esa masalani o‘rganib chiqishdir.
3 Osmon baland, yer chuqur bo‘lganiday,Shohlar qalbidagini bilib bo‘lmaydi.
4 Kumushni chiqitdan ajratsang,U butunlayin tozalanadi+.
5 Yovuzni shoh huzuridan hayda,Shunda taxti adolat ila barqaror bo‘ladi+.
6 Shoh huzurida o‘zingni maqtama+,Obro‘li kishilar orasidan joy olma+.
7 Asilzodalar oldida kamsitilgandan ko‘ra,
Shohning: «To‘rga chiqing»,— degani yaxshiroq+.
8 Mahkamada da’volashishga shoshilma,Chunki yaqining seni nohaqga chiqarsa, nima qila olasan?+
9 Masalani yaqining bilan hal qil+,Ammo orangizdagi sirni* ochma+.
10 Yo‘qsa, so‘zlaringni eshitgan seni uyaltiradi,Sen tarqatgan yomon xabarni qaytarib bo‘lmaydi.
11 O‘z vaqtida aytilgan so‘z,Kumush patnisdagi oltin olmalar kabidir+.
12 Quloq soladigan uchun dononing tanbehiTilla sirg‘a, sof oltindan yasalgan zeb-ziynatdaydir+.
13 Ishonchli elchi uni yuborganlar uchunO‘rim-yig‘im kunidagi qorning muzdek salqiniday,Zero, xo‘jayini joniga orom baxsh etadi+.
14 Umrida bermagan sovg‘asi uchun maqtanadigan kishi,Yog‘mas bulut va quruq shamol kabidir+.
15 Sabr ila boshliqning ko‘nglini olsa bo‘ladi,Yumshoq til bilan suyakni sindirish mumkin+.
16 Asal topsang me’yorida yegin,Ko‘p yeb qo‘ysang qayt qilasan+.
17 Yaqining uyiga serqatnov bo‘lma,Tag‘in sendan bezib, yomon ko‘rib qolmasin.
18 O‘zgaga qarshi soxta guvohlik berganTo‘qmoq, qilich va o‘tkir nayza kabidir+.
19 Musibat paytida ishonchsiz* odamga tayanish,Singan tish va cho‘loq oyoqdaydir.
20 Dili xuftonga qo‘shiq kuylagan,Sovuq kunda kiyimini yechgan odamday,Ishqorga* sirka quyganday bo‘ladi+.
21 Dushmaning och bo‘lsa, yegani non ber,Chanqagan bo‘lsa, ichgani suv ber+.
22 Shunda boshiga qizib turgan cho‘g‘ yig‘asan*+,Yahova sendan yaxshilikni ayamaydi.
23 Shimoldan esgan shamol jala keltiradi,G‘iybatchi til g‘azabga mindiradi+.
24 Janjalkash* xotin bilan bir uyda yashagandan ko‘ra,Tomning bir burchagida yashagan yaxshiroq+.
25 Olis yurtdan kelgan xushxabar,Charchagan odam uchun bamisoli muzdek suvdaydir+.
26 Yovuzga yon bergan odil insonLoyqalangan buloq, ifloslangan quduq kabidir.
27 Ko‘p asal yeyish yaxshi emas+,O‘ziga sharaf izlagan obro‘ qozonmaydi+.
28 Jahlini tiya olmaydigan odamDevori qulagan, devorsiz shahar kabidir+.
Izohlar
^ Yoki «o‘zgalarning sirini».
^ Boshqa variant «xoin».
^ Yoki «Sodaga».
^ Bu, odamni yumshatib, qalbini eritishni anglatadi.
^ Yoki «Noliydigan».