Hikmatlar 30:1-33
30 Yoqening o‘g‘li Ag‘urning Itel bilan O‘xalga aytgan hikmatli so‘zlari.
2 Hammadan eng bilimsizi menman+,Insonlarga xos fahm-farosatga ham ega emasman.
3 Donolikka o‘rganmaganman,Eng Muqaddas Zot haqida ham bilim olmaganman.
4 Osmonga ko‘tarilib, qayta tushgan kim?+
Shamolni hovuchiga yiqqan kim?
Suvni kiyimiga o‘rab olgan kim?+
Yerning chegaralarini belgilab qo‘ygan kim?+
Uning ismini bilasanmi? O‘g‘lining ismini-chi?
5 Allohning barcha so‘zlari sofdir*+.
Unda panoh topganlar uchun U qalqondir+.
6 Uning so‘zlariga hech narsa qo‘shma+,Yo‘qsa, U senga tanbeh berib,Yolg‘onchi ekaningni fosh etadi.
7 Ey Tangrim, Sendan ikkita o‘tinchim bor.
Toki tirik ekanman ularni mendan darig‘ tutma.
8 Mendan nohaqlik bilan yolg‘onni uzoqlashtir+.
Menga kambag‘allik ham, boylik ham berma.
Faqat rizq-ro‘zimni bersang bo‘lgani+.
9 Toki to‘qlikdan Sendan voz kechib: «Yahova O‘zi kim?!» — demayin+.
Qashshoqlik dastidan o‘g‘rilik qilib, Tangrim ismiga ham isnod keltirmayin.
10 Qarg‘ishga qolib, aybdor bo‘lmasliging uchun,Xo‘jayini oldida xizmatkoriga tuhmat qilma+.
11 Nasl borki, otasini qarg‘ab,Onasini hurmat qilmaydi+.
12 Nasl borki, iflosligidan* tozalanmay,O‘zini pok hisoblaydi+.
13 Nasl borki, o‘zini baland tutib,Hech kimni nazar-pisand qilmaydi+.
14 Nasl borki, tishlari qilichday,Jag‘lari xanjardaydir.Ular yer yuzidagi mazlumlarni,Insonlar orasidagi bechoralarni yamlamay yutadi+.
15 Zulukning: «Ber! Ber!» — deydigan ikkita qizi bor.
To‘ymaydigan uchta narsa,«Yetadi!» — demaydigan to‘rtta narsa bor.
16 Na mozor*+, na bepusht ayol,Na suvga tashna qaqragan yer,Na olov hech qachon: «Yetadi!» — deb aytmaydi.
17 Otasini masxara qilib, onasiga bo‘yin egmaganning+ ko‘zini,Vodiydagi quzg‘unlar cho‘qiydi,Burgut bolalari yeydi+.
18 Aqlim yetmaydigan* uchta narsa,Men tushuna olmaydigan to‘rtta narsa bor:
19 Burgutning samodagi,Ilonning qoyadagi,Kemaning ochiq dengizdagi yo‘li,Hamda qizning ko‘nglini topgan yigitning yo‘li.
20 Zinokor ayolning yo‘li mana bunday:
U yeb bo‘lgach, og‘zini artadi-da:«Yomon ish qilganim yo‘q-ku!»+ — deydi.
21 Yerni larzaga keltiradigan uchta narsa,U dosh bera olmaydigan to‘rtta narsa bor:
22 Qulning shoh bo‘lib hukm surishi+,Ahmoqning ovqati serob bo‘lishi,
23 Sevilmagan ayolning turmushga chiqishi,Cho‘ri o‘z bekasining o‘rnini egallashi+.
24 Quyidagi to‘rtta jonzot dunyoda eng kichik,Ammo tabiatan donodir+:
25 Chumoli zaif bo‘lsa-da,Ozig‘ini yozda jamlaydi+.
26 Qoya damani*+ ham kamquvvatdir,Biroq inini qoyaga quradi+.
27 Chigirtkalarning+ podshohi yo‘q,Ammo bari saf tortib, olg‘a bosadi+.
28 Kaltakesak*+ chirmashib yursa-da,Hatto shoh saroyiga ham kirib boradi.
29 Qadami mahobatli uchta jonivor,Yurishi salobatli to‘rtta jonzot bor:
30 Sher yirtqichlar orasida eng kuchlisidir,U hech bir tirik jon oldida chekinmaydi+.
31 Ov iti* va takaHamda o‘z qo‘shini boshida turgan shoh.
32 Aqlsizlik qilib o‘zingni yuksaltirsang+,Yoxud ko‘nglingdan yomon niyat kechsa,Qo‘ling bilan og‘zingni yop+.
33 Sutni chayqatsa yog‘ chiqadi,Burunga ursa qon oqadi,Jahlni qo‘zg‘atsa janjal ko‘tariladi+.
Izohlar
^ Yoki «olovda sinalgan».
^ So‘zma-so‘z «najasidan».
^ Yoki «Meni hayratda qoldiradigan».
^ Qoyalarda yashovchi quyonsimon hayvon.
^ Ya’ni gekkon.
^ Yoki «tozi».