Hizqiyo 21:1-32
21 Yahova so‘zini yana menga ayon qildi:
2 «Ey inson o‘g‘li, Quddus tomonga yuzlanib, muqaddas joylarga qarata gapir, Isroil yurtiga qarshi bashorat qil.
3 Isroil yurtiga shunday deb ayt: “Yahova aytmoqda: “Men sening dushmaningman. Qilichimni qinidan chiqarib+, sendagi odil va yovuz insonlarni qirib tashlayman.
4 Sendagi odil va yovuz insonlarni qirib tashlash uchun, janubdan shimolgacha bo‘lgan hamma odamlarga qarshi qilichim qinidan chiqariladi.
5 Hamma odamlar Men — Yahova qilichimni qinidan chiqarganimni bilib oladi. Qilichim qaytib joyiga solinmaydi”+.
6 Sen esa, ey inson o‘g‘li, qo‘rquv ichida qaltirab uf tort. Ha, ularning oldida chuqur xo‘rsin+.
7 Ular sendan: “Nega xo‘rsinyapsan?” — deb so‘rashsa, ularga: “Xabar tufayli xo‘rsinyapman”,— deb javob ber. Chunki bu albatta amalga oshadi, qo‘rquvdan har bir kishining yuragi ado bo‘lib, qo‘llari bo‘shashadi, ruhi tushib, tizzasi bo‘ylab suv oqadi*+. Bu ofat albatta keladi, u amalga oshadi”,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova».
8 Yahova so‘zini yana menga ayon qildi:
9 «Ey inson o‘g‘li, bashorat qilib ayt: “Yahova shunday demoqda: “Qilich! Yaltiratib charxlangan qilich!+
10 U qirg‘in qilish uchun charxlangan. Chaqmoqday chaqnashi uchun yaltiratib qo‘yilgan”».
«Bu xursandchilik uchun sabab emasmi?»
«“U* har qanday daraxtni mensimaganday, o‘g‘limning saltanat hassasini ham mensimaydimi?+
11 Qilichni yaltiratib, ishga solish uchun berdilar. Jallodning qo‘liga topshirish uchun bu qilich yaltiratib charxlandi+.
12 Ey inson o‘g‘li, o‘kirib yig‘la+, chunki qilich mening xalqimga, Isroilning hamma yo‘lboshchilariga qarshi ko‘tarilyapti+. Ular xalqim bilan birga qilichning qurboniga aylanishadi. Shu bois qayg‘u ichida sonlaringga ur.
13 Qilich sinovdan o‘tdi+. Qilich saltanat hassasini mensimasa nima bo‘ladi? Saltanat hassasi yo‘q bo‘ladi”+,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova.
14 Sen esa, ey inson o‘g‘li, bashorat qil va kaftingni kaftingga urib, uch marta: “Qilich!” — deb takrorla. Bu qilich halok qiladi. Bu qilich buyuk kishilarni halok qiladi, ularni qurshab oladi+.
15 Ularning yuragi qo‘rquvdan ado bo‘ladi+, ko‘plar shaharlarining darvozalari yonida o‘ladi. Men qilich bilan halok qilaman. Ha, qilich chaqmoqday chaqnab, o‘ldirish uchun yaltirab turibdi!
16 Qilich, o‘ng tomonga zarba ber! Chap tomonga zarba ber! Tig‘ing qayerga qaragan bo‘lsa, o‘sha tomonga bor!
17 Men ham kaftimni kaftimga uraman va qahrim bosiladi+. Buni Men — Yahova aytdim».
18 Yahova so‘zini yana menga ayon qildi:
19 «Sen esa, ey inson o‘g‘li, ikkita yo‘lni belgila. Bu yo‘llardan Bobil shohining qilichi keladi. Ikkala yo‘l ham bitta yurtdan boshlansin. Yo‘l ayrilib ikkita shaharga ketadigan joyda yo‘l ko‘rsatkich o‘rnatilsin.
20 Qilich uchun ikkita yo‘lni belgila. Biri ommonliklarning Rabba shahriga+, ikkinchisi Yahudodagi Quddus qal’asiga+ olib borsin.
21 Bobil shohi yo‘l ayrilgan joyda, ikkita yo‘l boshlanadigan joyda to‘xtab, fol ochadi. Kamon o‘qlarini silkitadi, butlariga* maslahat soladi, hayvon jigarini ko‘zdan kechiradi*.
22 O‘ng qo‘lida ochilgan fol Quddus tomonga — devorteshar qurollar o‘rnatishga, qatl etish buyrug‘ini berishga, jangga da’vat qilishga, devorteshar qurollarni darvoza qarshisiga o‘rnatishga, qiyalatib tuproq uyishga va qamal devorini barpo etishga ishora qilyapti+.
23 Ammo ularga* qasam ichganlarga* bu bashorat soxta bo‘lib tuyuladi+. Biroq u ularning aybini eslab, ularni asir qilib oladi+.
24 Shu sababdan Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Qilmishlaringizni oshkor etib, barcha ishlaringiz bilan gunohlaringizni ko‘rsatib, o‘z aybingizni esga solyapsizlar. Mana endi sizlarni eslashgani uchun, kuch ishlatib olib ketishadi”.
25 Ey, Isroilning o‘lar holatda jarohatlangan yovuz yo‘lboshchisi+, sening kuning, so‘nggi jazo oladigan vaqting keldi.
26 Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Sallani yechib, tojni olib tashla+. Bu shundayligicha qolmaydi+. Pasaytirilganni yuksaltir+, yuksaltirilganni pasaytir+.
27 Hukmronlikka chek qo‘yaman, chek qo‘yaman, chek qo‘yaman! To qonuniy huquqi bor kelmaguncha+, toj hech kimga berilmaydi. Tojni unga beraman”+.
28 Sen esa, ey inson o‘g‘li, bashorat qilib ayt: “Ommonliklar va ularning haqoratli so‘zlariga Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Qilich! Halok qilish uchun qilich qinidan chiqarilgan. U yo‘q qilish va chaqmoqday chaqnash uchun yaltiratib qo‘yilgan.
29 Sen haqda soxta vahiylar va yolg‘on fol ochilganiga qaramay, yovuz odamlarning kuni, so‘nggi jazo oladigan vaqti kelganlarning jasadi senda uyulib yotadi.
30 Qilichni qiniga solib qo‘y. Yaratilgan yeringda, ona yurtingda seni hukm qilaman.
31 Nafratimni ustingga to‘kib-solaman. Otashin qahrimni senga ufuraman. Seni berahm, vayron qilishga mohir bo‘lgan odamlar qo‘liga topshiraman+.
32 Sen olov uchun o‘tinga aylanasan+. Shu yurtda qoning to‘kiladi. Aslo yodga olinmaysan, chunki buni Men — Yahova aytdim”».
Izohlar
^ Ya’ni qo‘rqganidan siyib qo‘yadi.
^ Ya’ni Yahovaning qilichi.
^ Fol ochishning bir turi.
^ Bobilliklar bo‘lishi mumkin.
^ Ya’ni Quddus aholisi.