Hizqiyo 31:1-18
-
Misrning — baland kedrning qulashi (1-18)
31 O‘n birinchi yil, uchinchi oyning birinchi kunida Yahova yana menga so‘zini ayon qildi:
2 «Ey inson o‘g‘li, Misr fir’avni va uning to‘dalariga shunday degin+:“Ulug‘vorlikda sen kimga o‘xshaysan?
3 Sen ossuriyalikka — Livandagi kedr daraxtiga o‘xshaysan.Uning chiroyli shoxlari qalin chakalakzorday, bo‘yi baland edi.Uchi bulutlargacha yetardi.
4 Suvlar tufayli u katta bo‘lib o‘sdi, chuqur suv manbalari tufayli bo‘yi cho‘zildi.
Ekilgan joyini daryolar o‘rab turardi.Ularning anhorlari daladagi barcha daraxtlarni sug‘orardi.
5 Shu sababdan u boshqa barcha daraxtlardan balandroq bo‘lib o‘sdi.
Daryolarida suv serob bo‘lgani uchun,Butoqlari ko‘payib, shoxlari uzun bo‘ldi.
6 Hamma samoviy qushlar uning butoqlarida in qurardi,Barcha dasht hayvonlari uning shoxlari ostida bolalardi,Aholisi ko‘p xalqlarning bari uning soyasida yashardi.
7 Ildizlari serob suvlarga yetib borgani uchun,Novdalari uzun, nihoyatda ko‘rkam daraxtga aylandi.
8 Xudoning bog‘idagi+ birorta kedr daraxti unga teng kela olmasdi.
Hech bir qora archaning butoqlari unikiga o‘xshamasdi.Birorta chinor daraxti uning shoxlariga bas kela olmasdi.
Xudoning bog‘idagi hech bir daraxt go‘zallikda u bilan raqobatlasha olmasdi.
9 Men uni chiroyli, serbarg daraxtga aylantirdim,Adandagi — Xudoning bog‘idagi barcha daraxtlar unga hasad qilardi”.
10 Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Uning bo‘yi cho‘zilib, uchi bulutlarga yetgani va baland bo‘lgani tufayli yuragi mag‘rurlanib ketdi.
11 Shu bois Men uni xalqlarning qudratli hukmdori qo‘liga topshiraman+. U daraxtni albatta jazolaydi va Men yovuzligi uchun uni rad etaman.
12 Begonalar — xalqlarning eng shafqatsizi uni chopib tashlaydi. Ular uni tog‘larda qoldirib ketishadi. Uning barglari vodiylarga to‘kiladi, shoxlari yurtdagi daryolarda sinib yotadi+. Yer yuzining barcha xalqlari uning soyasidan chiqib, uni tark etishadi.
13 Hamma samoviy qushlar uning qulagan tanasida yashaydi, dasht hayvonlari shoxlarini maskan qiladi+.
14 Bularning bari suv bo‘yidagi hech bir daraxtning uchi bulutlargacha ko‘tarilib, baland bo‘lmasligi va yaxshi sug‘oriladigan birorta daraxt bulutlargacha yetadigan darajada o‘smasligi uchun sodir bo‘ldi. Ularning hammasi yo‘q qilinadi, ular qabrga* tushayotgan odamlar bilan birga yer ostiga tushishadi”.
15 Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Shunday qilamanki, u mozorga* tushgan kuni odamlar aza tutishadi. Chunki chuqur suvlarni to‘sib, uning daryolarini to‘xtataman, shunda mo‘l suvlar oqmay qoladi. Bu daraxtni deb Livanni zulmatga cho‘mdiraman va daladagi barcha daraxtlar qurib qoladi.
16 Men uni qabrga tushayotganlar bilan birga mozorga* tushirganimda, u qulaganidan chiqadigan tovush xalqlarni larzaga keltiradi. Adandagi barcha daraxtlar+, Livanning sara va eng a’lo, yaxshi sug‘orilgan hamma daraxtlari yer ostida taskin topadi.
17 Daraxtlar u bilan birga mozorga*, qilichdan o‘lganlar yoniga tushdi+. Uning soyasida, xalqlar orasida yashagan tarafdorlari ham u yerga tushishdi”+.
18 “Adanning qay bir daraxti shuhrat va ulug‘vorlikda senga o‘xshaydi?!+ Ammo sen Adan daraxtlari bilan birga yer ostiga tushirilasan. Sen sunnatsizlar orasida, qilichdan halok bo‘lganlar bilan birga yotasan. Bular fir’avn va uning hamma to‘dalari bilan sodir bo‘ladi”,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova».
Izohlar
^ Yoki «chuqurga».