Hizqiyo 35:1-15
-
Seirning tog‘li hududiga qarshi bashorat (1-15)
35 Yahova menga yana so‘zini ayon qildi:
2 «Ey inson o‘g‘li, Seirning+ tog‘li hududiga yuzlanib, unga qarshi bashorat qil+.
3 Unga ayt: “Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Ey, Seirning tog‘li hududi, Men senga qarshi chiqaman. Senga qarshi qo‘limni uzataman va kimsasiz yerga aylantiraman+.
4 Men shaharlaringni xarobaga aylantiraman va sen kimsasiz bo‘lib qolasan+. Shunda Men Yahova ekanimni bilib olasan.
5 Chunki sen kuchli adovatni namoyon etding+. Isroilliklarning boshiga musibat tushganda, so‘nggi jazosini olayotgan paytda ularni qilichga topshirding”+.
6 “Shuning uchun hayotim bilan qasam ichib aytamanki, — demoqda Oliy Hukmdor Yahova, — seni o‘limga* mahkum etdim va bundan qochib qutula olmaysan+. O‘zing nafratlanganlarga o‘limni ravo ko‘rganing uchun, o‘lim ketingdan qolmaydi+.
7 Men Seirning tog‘li hududini kimsasiz qilib+, undan o‘tib-qaytayotganlarning hammasini qirib tashlayman.
8 Uning tog‘larini o‘liklarga to‘ldiraman. Tepaliklaringda, vodiylaringda va barcha daryolaringda qilichdan halok bo‘lganlarning jasadlari yotadi.
9 Seni abadiy xarobazorga aylantiraman va shaharlaringda hech kim yashamaydi+. Shunda Men Yahova ekanimni bilib olasizlar”.
10 Men O‘zim — Yahova shu yerda bo‘lishimga qaramay, sen: “Bu ikki xalq va yurt meniki bo‘ladi. Ikkalasini ham mulk qilib olamiz”+,— deganing uchun,
11 Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Hayotim bilan qasam ichib aytamanki, ulardan nafratlanib qanday g‘azab va hasadni namoyon etgan bo‘lsang+, Men ham senga shunday muomala qilaman. Seni hukm qilganimda O‘zimni ularga tanitaman.
12 Shunda Isroil tog‘lariga qarshi: “Ular kimsasiz bo‘lib qoldi, bizlarga yo‘q qilish uchun berildi”,— deya kekkayib gapirganingni Men O‘zim — Yahova eshitganimni bilib olasan.
13 Sizlar Menga qarshi mag‘rurlik bilan gapirib, so‘zlaringizni rosa ko‘paytirdingiz+. Men ularning barini eshitdim”.
14 Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Seni kimsasiz joyga aylantirganimda, butun yer yuzi quvonadi.
15 Isroil xonadonining merosi kimsasiz bo‘lib yotganida sevingan eding. Men ham senga shunday muomala qilaman+. Ey, Seirning tog‘li hududi, ha butun Edom, sen kimsasiz xarobaga aylanasan+. Shunda ular Men Yahova ekanimni bilib olishadi”».
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «qoning to‘kilishiga».