Hizqiyo 41:1-26

  • Muqaddas maskan o‘lchamlari (1-4)

  • Devor va yon xonalar (5-11)

  • G‘arb tomondagi bino (12)

  • Binolarning o‘lchamlari (13-15a)

  • Ichki muqaddas maskan (15b-26)

41  So‘ng u meni tashqi muqaddas maskanga* olib kirdi-da, chap va o‘ng tomonda turgan yon ustunlarni o‘lchadi. Har bir ustunning qalinligi olti tirsak* chiqdi.  Kiraverish joyining kengligi o‘n tirsak, har bir ustunning eni besh tirsak edi. U tashqi muqaddas maskanning uzunligini o‘lchaganda 40 tirsak, eni esa 20 tirsak chiqdi.  U ichkariga* kirib, kiraverishning ikkita yon ustunini o‘lchadi. Ularning qalinligi ikki tirsak, eni yetti tirsak chiqdi. Kiraverish joyining kengligi olti tirsak edi.  So‘ng u tashqi muqaddas maskandan keyingi xonani o‘lchadi. Uning uzunligi ham, eni ham 20 tirsak chiqdi+. Shunda u menga: «Bu Eng muqaddas xona»+,— dedi.  Keyin u ma’bad devorini o‘lchadi, uning qalinligi olti tirsak chiqdi. Ma’bad atrofidagi yon xonalarning eni to‘rt tirsak edi+.  Yon xonalar ustma-ust uch qavatli qilingan bo‘lib, har bir qavatda 30 tadan xona bor edi. Ma’bad devori bo‘ylab bo‘rtiklar bor edi. Ular yon xonalar uchun tayanch vazifasini bajarardi. Xonalarning to‘sinlari shu bo‘rtiklar ustida turgani uchun, ma’bad devorini teshishga ehtiyoj yo‘q edi+.  Ma’badning har ikki tomonida aylanma zina bor edi. Bu zinalar yuqori xonalarga ko‘tarilgan sayin kengayib borardi+. Pastki qavatdan o‘rta qavatga, u yerdan yuqori qavatga chiqilganda xonalar kengayib borardi.  Ma’bad baland yaxlit poydevor ustida joylashganini ko‘rdim. Poydevor ma’baddan kengroq bo‘lgani uchun hamma tomondan chiqib turardi. Yon xonalar poydevorining balandligi bir tayoq, ya’ni olti tirsakni tashkil etdi.  Yon xonalarning tashqi devori qalinligi besh tirsak edi. Ma’badning yon xonalari qurilganda tashqi tomondan yaxlit poydevorning ustida ochiq joy* qoldirilgan edi. 10  Ma’bad va oshxonalar+ o‘rtasidagi ochiq maydon kengligi har tomondan 20 tirsakni tashkil etdi. 11  Poydevor ustidagi ochiq qoldirilgan joydan yon xonalarga kirish joyi bor edi. Kiraverishning biri shimolda, ikkinchisi janubda edi. Ochiq qoldirilgan joyning kengligi har tomondan besh tirsak edi. 12  G‘arb tomondagi bino ochiq maydonga qarab turardi. Binoning eni 70 tirsak, uzunligi 90 tirsak edi. Hamma devorlarining qalinligi besh tirsakdan edi. 13  U ma’badni o‘lchadi. Uning uzunligi 100 tirsak chiqdi. Ochiq maydon, bino* va uning devorlarini o‘lchaganda uzunligi 100 tirsak chiqdi. 14  Ma’badning sharqga qaragan old qismining eni va ochiq maydon 100 tirsakni tashkil etdi. 15  U ma’badning orqasidagi ochiq maydonga qarab turgan bino va uning ikki tomonidagi ayvonlari bilan birga o‘lchaganda 100 tirsak chiqdi. Shuningdek, u tashqi va ichki muqaddas maskanni+ hamda hovliga qaragan dahlizlarni o‘lchadi. 16  Bu uchalasining ostonalarini, tashqi tomoni tor+, ichki tomoni keng derazalarini va ayvonlarini o‘lchadi. Ostona yonidagi devorlar poldan derazagacha taxtalar bilan qoplangandi+. Derazalar ham taxtalar bilan qoplangan edi. 17  Kiraverishning yuqori qismi, ichki ma’bad, tashqari va hamma devorlar o‘lchandi. 18  U yerda karublar+ va palma daraxtlarining tasviri+ o‘yilgan edi. Ikkita karub o‘rtasida bitta palma daraxtining tasviri tushirilgan bo‘lib, har bir karubning ikkita yuzi bor edi. 19  Karubning inson yuziga o‘xshash yuzi bir tomonda turgan palma daraxtiga, sher yuziga o‘xshash yuzi esa boshqa tomondagi palma daraxtiga qarab turardi+. Butun ma’bad bo‘ylab shunday tasvirlar o‘yilgan edi. 20  Muqaddas maskanning devoriga poldan to kiraverish yuqorisidagi joygacha karublar va palma daraxtlarining tasviri o‘yilgandi. 21  Muqaddas maskanning kesakisi* to‘rtburchak shaklda edi+. Muqaddas joy* ro‘parasida 22  yog‘och qurbongohga+ o‘xshash narsa turgandi. Uning balandligi uch, uzunligi ikki tirsak edi. Uning burchaklarida tirgaklari bo‘lib, asosi va yon tomonlari yog‘ochdan qilingan edi. So‘ng u menga: «Bu, Yahovaning oldidagi stoldir»+,— dedi. 23  Tashqi muqaddas maskan va muqaddas joyning ikki tabaqali eshiklari bor edi+. 24  Eshiklarning har bir tabaqasi bukiladigan edi. 25  Devorlarda bo‘lgani singari, muqaddas maskanning eshiklariga karublar va palma daraxtlarining tasviri o‘yilgan edi+. Tashqarida, dahlizga kiraverishning tepasida yog‘och karniz bor edi. 26  Dahlizning ikki tomonida, ma’badning yon xonalari bo‘ylab hamda karnizlarning tagida tashqi tomoni tor+, ichki tomoni keng derazalar bo‘lib, palma daraxtlarining tasviri o‘yilgan edi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «ma’badga». 41- va 42- boblarda bu ibora ostida tashqi muqaddas maskan (Muqaddas xona) yoki butun muqaddas maskan (Muqaddas va Eng muqaddas xonani o‘z ichiga olgan butun ma’bad) nazarda tutiladi.
Bu yerda uzun tirsak nazarda tutilgan. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Ya’ni ichki muqaddas maskanga yoki Eng muqaddas xonaga.
Ma’bad atrofidagi tor yo‘lka bo‘lishi mumkin.
Bu, muqaddas maskanning g‘arbida joylashgan bino.
Muqaddas xonaga kiraverish joyi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Eng muqaddas xona nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.