Hizqiyo 42:1-20
42 So‘ng u meni shimolga, tashqi hovli tomonga boshlab bordi+ va ochiq maydondan+ o‘tib, birikkan binodan+ shimol tomonda joylashgan oshxonalar majmuiga olib keldi.
2 Uning uzunligini shimoldagi kirish joyidan o‘lchaganda 100 tirsak*, eni 50 tirsak chiqdi.
3 Bu oshxonalar majmui ichki hovlidagi eni 20 tirsak+ bo‘lgan ochiq maydon hamda tashqi hovlidagi tosh to‘shama o‘rtasida joylashgan bo‘lib, bir-biriga qarab turgan uch qavatli ayvonlari bor edi.
4 Bu oshxonalar majmuining ikkita binosi o‘rtasida yo‘lak bor edi+. Uning eni 10 tirsak, uzunligi 100 tirsak* edi. Oshxonalarga kiraverish joyi shimol tomonda joylashgandi.
5 Yuqori qavatdagi oshxonalar pastdagi va o‘rtadagi qavatlarga qaraganda torroq edi. Chunki ularning katta qismini ayvonlar egallardi.
6 Binolar uch qavatli edi, ammo hovlida bo‘lgani kabi ularning ustunlari yo‘q edi. Shu sababli eng pastki va o‘rta qavatga qaraganda uchinchi qavatning maydoni kichikroq edi.
7 Tashqi hovli tomondagi oshxonalar binosi yonidagi tashqi tosh devorning uzunligi 50 tirsak edi. Bu tosh devor boshqa oshxonalar binosi qarshisida edi.
8 Tashqi hovli tomondagi oshxonalar binosining uzunligi 50 tirsak edi. Muqaddas maskan tomonda joylashgan oshxonalar binosining uzunligi esa 100 tirsak edi.
9 Tashqi hovlidan oshxonalarga kirish uchun, sharq tomonda kirish joyi bor edi.
10 Hovlining sharq tomonidagi tosh devor ortidagi ochiq maydon bilan bino qarshisida oshxonalar bor edi+.
11 Shimoldagi oshxonalar majmuida bo‘lganiday, janubdagi oshxonalar binolari o‘rtasida yo‘lak bor edi+. Oshxonalar binolarining uzunligi va eni, chiqish joylari hamda qurilishi ham bir xil edi. Ularning kiraverish joylari
12 janubdagi oshxonalar binosiga kiraverish joylari kabi edi. Yo‘lak boshida, sharq tarafdagi tosh devor yonida kiraverish joyi bor edi. U yerdan ichkariga kirsa bo‘lardi+.
13 So‘ng u menga shunday dedi: «Ochiq maydon yonidagi shimoliy va janubiy oshxonalar majmui muqaddas oshxonalar bo‘lib+, u yerda Yahovaga yaqinlashadigan ruhoniylar g‘oyat muqaddas nazrlarni tanovul qilishadi+. Ular bu yerga g‘oyat muqaddas nazrlar, don nazri, gunoh qurbonligi va ayb qurbonligini qo‘yishadi. Chunki bu joy muqaddasdir+.
14 Ruhoniylar ichkariga kirganda, xizmat paytida kiyadigan kiyimini almashtirmay turib muqaddas joydan tashqi hovliga chiqmasligi kerak+. Chunki bu kiyimlar muqaddasdir. Ular odamlar yurishiga ruxsat etilgan joyga chiqish uchun kiyimlarini almashtirishadi».
15 U ichki ma’bad hududini o‘lchab bo‘lgach, sharqga qaragan darvozaxona orqali meni tashqariga olib chiqdi+ va butun hududni o‘lchadi.
16 U o‘lchov tayog‘i* bilan sharqiy tomonni o‘lchadi. O‘lchov tayog‘i bilan o‘lchaganda, uning bir tomondan boshqa tomonigacha bo‘lgan uzunligi 500 tayoq chiqdi.
17 U shimoliy tomonni o‘lchadi. O‘lchov tayog‘i bilan o‘lchaganda, uning uzunligi 500 tayoq chiqdi.
18 U janubiy tomonni o‘lchadi. O‘lchov tayog‘i bilan o‘lchaganda, uning uzunligi 500 tayoq chiqdi.
19 U g‘arbiy tomonga bordi. O‘lchov tayog‘i bilan o‘lchagan edi, uzunligi 500 tayoq chiqdi.
20 U hududning to‘rt tomonini o‘lchadi. Hududning atrofi devor bilan o‘ralgan bo‘lib+, uzunligi 500 tayoq, eni 500 tayoq chiqdi+. Devor muqaddas joyni muqaddas bo‘lmagan joydan ajratib turardi+.
Izohlar
^ Bu yerda uzun tirsak nazarda tutilgan. Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Septuagintaga ko‘ra «uzunligi 100 tirsak». Ibroniycha matnda: «Bir tirsakli yo‘l»,— deb aytilgan. Ilovaning B14 mavzusiga q.