Hizqiyo 43:1-27
43 So‘ng u meni sharqga qaragan darvozaxonaga olib bordi+.
2 U yerda men sharqdan kelayotgan Isroil Xudosining ulug‘vorligini ko‘rdim+. Uning ovozi shovullayotgan suvning tovushiga o‘xshardi+. Uning ulug‘vorligidan yer yuzi yorishib ketdi+.
3 Bu vahiy men shaharni vayron qilgani kelganimda* va Kavor daryosi+ bo‘yida ko‘rgan vahiylarga o‘xshardi. Shunda men yerga yuztuban tiz cho‘kdim.
4 So‘ng Yahovaning ulug‘vorligi sharqga qaragan darvozaxona orqali ma’badga kirdi+.
5 Keyin ruh meni ko‘tarib, ichki hovliga olib kirdi. Ma’bad Yahovaning ulug‘vorligiga to‘lib ketganini ko‘rdim+.
6 So‘ng ma’baddan kimdir menga gapirayotganini eshitdim. U kishi keldi-da, yonimda turdi+.
7 Xudo menga shunday dedi:
«Ey inson o‘g‘li, bu Mening taxtim+ va oyoq qo‘yadigan joyimdir+. Men bu yerda, Isroil xalqi orasida abadiy maskan qilaman+. Bundan buyon Isroil xonadoni — ular ham, shohlari ham, Menga qilgan xiyonati* va o‘lik shohlarining jasadlari* bilan muqaddas ismimni bulg‘ashmaydi+.
8 Ular Mening ostonam oldiga o‘zlarining ostonasini, Mening kesakim yoniga o‘zlarining kesakisini o‘rnatib (bizni faqatgina devor ajratib turar edi)+, jirkanch ishlari bilan Mening muqaddas ismimni bulg‘ashdi. Shuning uchun qahr ichida ularni yo‘q qilib tashladim+.
9 Endi ular qilgan xiyonatini va o‘lik shohlarining jasadlarini Mendan uzoqlashtirishsin. Shunda Men ularning orasida abadiy yashayman+.
10 Ey inson o‘g‘li, Isroil xonadoni qilgan gunohlari dastidan uyatni his qilishi uchun+, ularga ma’badni tasvirlab ber+. Ular uning loyihasini o‘rganib chiqishlari kerak.
11 Ular qilgan barcha ishlaridan uyalsa, sen ularga ma’badning loyihasini, joylashishi, uning kirish va chiqish joylarini ko‘rsat+. Ularga ma’badning barcha loyihalarini va uning qoidalarini, loyihalari va qonunlarini ko‘rsatib, ularning ko‘z o‘ngida yozib qo‘y. Toki ular ma’badning barcha loyihalariga diqqatli bo‘lib, uning qoidalariga rioya qilishsin+.
12 Ma’bad bilan bog‘liq qonun shudir: tog‘ ustidagi ma’bad joylashgan butun hudud — g‘oyat muqaddas+. Bu, ma’bad bilan bog‘liq qonundir.
13 Qurbongoh asosi bo‘lgan qavatning o‘lchami quyidagicha+: balandligi bir tirsak (bir tirsakka to‘rt barmoq eni qo‘shilgan)*. Bu qavat tepadagi qavatdan bir tirsak bo‘rtib chiqgan edi. Bo‘rtib chiqgan qismning atrofi bo‘ylab bir qarich* balandlikdagi chegarasi bor edi. Bu qurbongohning asosi.
14 Tepadagi qavatning balandligi ikki tirsak. Bu qavat ham uning tepasidagi katta qavatdan bir tirsak bo‘rtib chiqgan edi. Katta qavatning balandligi to‘rt tirsak edi. Bu qavat ham uning tepasidagi qavatdan bir tirsak bo‘rtib chiqgan edi.
15 Eng ustki qavat qurbongohning o‘chog‘i bo‘lib, balandligi to‘rt tirsakni tashkil etardi. Qurbongoh o‘chog‘ining to‘rtta burchagida tepaga qaragan to‘rtta shoxi bor edi+.
16 Qurbongoh o‘chog‘i to‘rtburchak bo‘lib, uzunligi 12 tirsak, eni 12 tirsak edi+.
17 Uchinchi qavatni to‘rt tomondan o‘lchaganda uzunligi 14 tirsak chiqdi. Bu qavat eng ustki qavatdan yarim tirsakka bo‘rtib chiqgan edi. Qurbongoh asosi bo‘lgan qavat har tomondan bir tirsak bo‘rtib chiqgan edi.
Uning zinasi sharq tomonga qarab turardi».
18 So‘ng u menga shunday dedi: «Ey inson o‘g‘li, Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Qurbongohda butunlay kuydiriladigan qurbonliklar keltirilib, ustiga qon sachratilishi uchun, qurbongoh qurilganda bu yo‘l-yo‘riqlarga amal qilinishi lozim”+.
19 Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Gunoh qurbonligi sifatida keltirish uchun podadan yosh buqa olib+, Zodo‘x avlodidan bo‘lgan levi ruhoniylariga ber+. Ular Menga xizmat qilish uchun yaqinlashadigan kishilardir.
20 Sen buqaning qonidan olib, qurbongohning to‘rtta shoxiga, katta qavatning to‘rtta burchagiga va atrofidagi chegarasiga surtib chiq. Qurbongohni gunohdan forig‘ etish uchun uni pokla+.
21 So‘ng yosh buqani, ya’ni gunoh qurbonligini olib, ma’baddagi maxsus joyda, muqaddas maskanning tashqarisida kuydir+.
22 Ikkinchi kuni esa, nuqsonsiz takani gunoh qurbonligi sifatida taqdim etasan. Ruhoniylar yosh buqaning qoni bilan qurbongohni gunohdan poklagani singari, takaning qoni bilan ham uni poklashsin”.
23 “Qurbongohni gunohdan poklashni yakunlagach, podadan nuqsonsiz yosh buqa hamda suruvdan nuqsonsiz qo‘chqor keltirasan.
24 Ularni Yahovaga olib kel. Ruhoniylar ularning ustiga tuz sepib+, butunlay kuydiriladigan qurbonlik sifatida Yahovaga taqdim etishsin.
25 Yetti kun davomida har kungi gunoh qurbonligi sifatida+ podadan yosh buqani va suruvdan qo‘chqorni keltirganing singari, takani ham xuddi shunday taqdim etgin. Hayvonlar nuqsonsiz bo‘lsin.
26 Ruhoniylar yetti kun davomida qurbongohni gunohdan forig‘ etishlari lozim. Ular uni poklab, foydalanish uchun tayyorlashsin.
27 Yetti kun tugagach, sakkizinchi kundan+ boshlab ruhoniylar butunlay kuydiriladigan qurbonliklaringiz va tinchlik qurbonliklaringizni keltirishadi. Shunda Men sizlardan mamnun bo‘laman”+,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova».
Izohlar
^ Boshqa variant «u shaharni vayron qilgani kelganida».
^ Bu yerda butlar haqida gap ketgan bo‘lishi mumkin. Ular sig‘ingan butlariga shohday xizmat qilishgan.
^ Yoki «ma’naviy fohishalik».
^ Bu yerda uzun tirsak nazarda tutilgan. Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Taxm. 22,2 sm. Ilovaning B14 mavzusiga q.