Hizqiyo 44:1-31

  • Sharqga qaragan darvozaxona yopiq turadi (1-3)

  • Chet elliklarga tegishli qoidalar (4-9)

  • Levilar va ruhoniylarga tegishli qoidalar (10-31)

44  U meni muqaddas maskanning sharqga qaragan tashqi darvozaxonasi oldiga olib keldi+. Biroq u yopiq ekan+.  So‘ng Yahova menga shunday dedi: «Bu darvozaxona yopiq turadi. U ochilmaydi va hech bir inson undan kirmaydi. Isroilning Xudosi Yahova undan kirgani uchun+ u yopiq turishi kerak.  Ammo yo‘lboshchi u yerda o‘tirib, Yahovaning oldida non yeydi+. Chunki u yo‘lboshchi. U darvozaxonaning dahlizi orqali kirib chiqadi»+.  Keyin u meni shimoliy darvozaxona orqali ma’bad oldiga olib keldi. Qarasam, Yahovaning ma’badi Yahovaning ulug‘vorligiga to‘lgan ekan+. Shunda men yerga yuztuban tiz cho‘kdim+.  Yahova menga shunday dedi: «Ey inson o‘g‘li, diqqatli bo‘l, kuzat va Yahovaning ma’badi bilan bog‘liq qonun-qoidalar to‘g‘risida nimaiki aytsam hammasini yaxshilab eshitib ol. Ma’badga kirish joyi va muqaddas maskanning barcha chiqish joylariga diqqatli bo‘l+.  Isyonkor Isroil xonadoniga shunday deb ayt: “Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Ey Isroil xonadoni, jirkanch ishlar qilib yurganingiz yetar!  Sizlar yuragi va tanasi sunnat qilinmagan chet elliklarni muqaddas maskanimga olib kelganingizda, ular ma’badimni bulg‘ashdi. Sizlar Menga non, molning yog‘i va qonini taqdim etib turib, barcha jirkanch ishlaringiz bilan ahdimni buzyapsizlar.  Ma’badimdagi muqaddas narsalar+ haqida qayg‘urishning o‘rniga, sizlar muqaddas maskanimdagi vazifalarni boshqalarga topshiryapsizlar”.  Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Isroilda yashovchi, yuragi va tanasi sunnat qilinmagan hech bir chet ellik muqaddas maskanimga kira olmaydi”. 10  “Isroil xalqi jirkanch butlariga* ergashib, Mendan yuz o‘girganida+, levilar ham Mendan uzoqlashishdi. Shuning uchun levilar gunohining jazosini tortishadi. 11  Ular ma’badning darvozaxonalarini nazorat qilish+ hamda Mening muqaddas maskanimda xizmat qilish uchun tayinlanishadi. Ular xalqim uchun butunlay kuydiriladigan qurbonlik va boshqa qurbonlikni so‘yishadi va xalq oldida turib xizmat qilishadi. 12  Jirkanch butlari oldida xalqga xizmat qilgani va xalqning oldiga qoqintiradigan tosh qo‘yib, gunohga yetaklagani uchun+ qo‘limni ko‘tarib ularga qarshi ont ichdim, — demoqda Oliy Hukmdor Yahova. — Ular gunohining jazosini tortishadi. 13  Ular ruhoniylarim bo‘lib xizmat qilish uchun Menga yaqinlashmaydilar, muqaddas va eng muqaddas narsalarimga yaqin yo‘lamaydilar. Qabih ishlar qilishgani uchun ular isnodga qolishadi. 14  Ammo Men ularni ma’bad ishlari uchun mas’ul qilaman. Ular ma’baddagi xizmat hamda u yerda qilinadigan barcha ishlarga javobgar bo‘lishadi”+. 15  “Isroil xalqi Mendan yuz o‘girganida+, levi ruhoniylari bo‘lmish Zodo‘x+ o‘g‘illari muqaddas maskanimdagi ishlarga g‘amxo‘rlik qilishgan. Ular Menga xizmat qilish uchun yaqinlashishadi, oldimda turib molning yog‘i+ va qonini+ Menga keltirishadi,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova. — 16  Ular muqaddas maskanimga kirishadi, Menga xizmat qilish uchun qurbongohimga yaqinlashishadi+ va Mening oldimda mas’uliyatlarini bajarishadi+. 17  Ular ichki hovlining darvozaxonasidan ichkariga kirganda, zig‘ir matodan tikilgan libos kiyishsin+. Ichki hovlining darvozaxonasida yoki hovlining ichida xizmat qilishganida, hech qanday jun libos kiyishmasin. 18  Ular boshiga zig‘ir matodan salla o‘rab, zig‘ir matodan ishton kiyishsin+. Terlatadigan hech qanday kiyim kiyishmasin. 19  Ular tashqi hovliga, ya’ni xalq turadigan tashqi hovliga chiqishdan oldin, xizmat paytida kiyadigan kiyimini yechib+, muqaddas oshxonalarda+ qoldirishlari lozim. Kiyimlari bilan xalqga muqaddaslikni tarqatmaslik uchun boshqa kiyim kiyishsin. 20  Ular boshini kal qilishmasin+ yoki sochini uzun qilib o‘stirishmasin, faqat kalta qilib tartibga solishsin. 21  Ular ichki hovliga kirganda sharob ichishmasin+. 22  Beva yoki ajrashgan ayolni xotinlikka olishmasin+, Isroil zurriyotidan bo‘lgan bokira qizga yoki ruhoniyning bevasiga uylanishi mumkin”+. 23  “Ular xalqimga muqaddas va oddiy, pok va harom narsani farqlay olishni o‘rgatishsin+. 24  Huquqiy masalalarda hakamlik qilib+, Mening hukmlarimga ko‘ra qaror chiqarishsin+. Bayramlarimga+ oid barcha qonun-qoidalarga rioya qilib, Shabbatlarimni muqaddas tutishsin. 25  Hech bir o‘lgan kishiga yaqinlashishmasin, aks holda nopok bo‘lishadi. Ammo ota-onasi, o‘g‘li, qizi, aka-ukasi yoki turmush qurmagan opa-singlisi uchun nopok bo‘lishlari mumkin+. 26  Ruhoniy poklanganidan so‘ng u uchun yetti kun sanashlari lozim. 27  U muqaddas joyda xizmat qilish uchun muqaddas joyga, ya’ni ichki hovliga kirgan kuni gunoh qurbonligini keltirsin”+,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova. 28  “Merosga keladigan bo‘lsak, Men ularning merosiman+. Isroilda ularga hech qanday mulk bermanglar. Chunki Men ularning mulkiman. 29  Ular don nazri+, gunoh qurbonligi va ayb qurbonligini+ yeyishadi hamda Isroilda bag‘ishlangan har qanday narsa ularniki bo‘ladi+. 30  Sizlar keltirgan ilk sara hosilning barchasi va har qanday ehsoningiz ruhoniylarga tegishli bo‘ladi+. Yirik tortilgan birinchi uningizni ruhoniyga berishingiz lozim+. Bu esa butun xonadoningizga baraka keltiradi+. 31  Ruhoniylar o‘lgan yoki tilka-pora qilingan hech qanday qush yoki hayvonning go‘shtini yeyishmasin”+.

Izohlar

Ibroniycha bu atama ehtimol, «go‘ng» so‘ziga yaqin bo‘lib, hazar qilishni ifodalash maqsadida qo‘llaniladi.