Hizqiyo 46:1-24

  • Turli vaziyatlarda keltiriladigan nazrlar (1-15)

  • Yo‘lboshchi meros bera oladi (16-18)

  • Qurbonlik go‘shtini qaynatish uchun joylar (19-24)

46  «Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Ichki hovlining sharqga qaragan darvozaxonasi+ olti ish kuni davomida+ yopiq tursin+, Shabbat va yangi oy chiqgan kuni esa ochiq tursin.  Yo‘lboshchi tashqi hovlidan darvozaxona dahlizi orqali ichkariga kirsin+ va darvozaxona kesakisi oldida tursin. Ruhoniylar uning butunlay kuydiriladigan qurbonligi va tinchlik qurbonliklarini keltirishadi va u darvozaxona ostonasida turib sajda qilgach, chiqib ketadi. Ammo darvozaxona kechqurungacha yopilmasligi lozim.  Yurtda yashovchi xalq ham Shabbat va yangi oy chiqgan kunlari shu darvozaxonaga kiraverish joyida Yahovaning oldida sajda qiladi+.  Yo‘lboshchi Shabbat kuni Yahovaga butunlay kuydiriladigan qurbonlik sifatida oltita nuqsonsiz erkak qo‘zi va bitta nuqsonsiz qo‘chqorni taqdim etsin+.  Qo‘chqor uchun bir efa*, erkak qo‘zilar uchun esa bera olganicha don nazri keltirsin. Har efaga bir xin* moy ham qo‘shib bersin+.  Yangi oy chiqgan kuni podadan bitta nuqsonsiz yosh buqa, oltita erkak qo‘zi va bitta qo‘chqor taqdim etilsin. Ularning bari nuqsonsiz bo‘lsin+.  Yosh buqa uchun bir efa, qo‘chqor uchun bir efa, erkak qo‘zilar uchun esa bera olganicha don nazri keltirsin. Har efaga bir xin moy ham qo‘shib bersin.  Yo‘lboshchi ichkariga kirganida darvozaxona dahlizi orqali kirsin va shu yo‘l bilan chiqib ketsin+.  Yurtda yashovchi xalq bayramlar paytida Yahovaning oldiga kelganida+, shimoliy darvozaxona+ orqali kirganlar janubiy darvozaxona+ orqali chiqib ketishsin, janubiy darvozaxona orqali kirganlar esa shimoliy darvozaxona orqali chiqib ketishsin. Hech kim ichkariga kirgan darvozaxonasi orqali chiqib ketmasin. Ular qarshisida joylashgan darvozaxona orqali chiqishi lozim. 10  Xalq orasidagi yo‘lboshchi esa, ular kirganda kirishi, chiqib ketishganida chiqishi kerak. 11  Bayramlar va tantanali marosimlar paytida yosh buqa uchun bir efa, qo‘chqor uchun bir efa va erkak qo‘zilar uchun bera olganicha don nazri keltirsin. Har efaga bir xin moy ham qo‘shib bersin+. 12  Agar yo‘lboshchi butunlay kuydiriladigan qurbonlik+ yoki tinchlik qurbonliklarini Yahovaga atalgan ixtiyoriy nazr sifatida taqdim etsa, sharqga qaragan darvozaxona u uchun ochiladi. U Shabbat kuni qilganiday butunlay kuydiriladigan qurbonlik va tinchlik qurbonliklarini taqdim etadi+. U chiqib ketgach esa darvozaxona yana yopib qo‘yilsin+. 13  Har kuni Yahovaga atab butunlay kuydiriladigan qurbonlik sifatida nuqsonsiz bir yashar erkak qo‘zi taqdim etilsin+. Bu har kuni ertalab qilinsin. 14  Bu bilan birga har kuni ertalab efaning oltidan bir qismiga teng don nazri taqdim etilsin. Shuningdek, Yahovaga atalgan kundalik don nazri sifatida xinning uchdan bir qismiga teng moy sepilgan oliy navli un taqdim etilsin. Bu asrlar osha qoida bo‘lsin. 15  Har kuni ertalab erkak qo‘zi, don nazri va moy butunlay kuydiriladigan kundalik qurbonlik sifatida taqdim etilsin”. 16  Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Agar yo‘lboshchi o‘g‘illarining har biriga meros sifatida hadya bersa, bu hadya o‘g‘illarining mulkiga aylanadi. Bu ularning meros qilib olgan mulki bo‘ladi. 17  Ammo u o‘z merosidan xizmatkorlarining biriga hadya bersa, bu hadya Ozodlik yiligacha+ xizmatkorga tegishli bo‘ladi, so‘ng yo‘lboshchiga qaytariladi. Faqatgina o‘g‘illarining merosi doim ularga tegishli bo‘lib qoladi. 18  Yo‘lboshchi xalqni mulk qilib olgan yeridan haydab, merosini tortib olmasin. U o‘g‘illariga faqat o‘z mulkidan meros berishi mumkin, toki xalqim orasidan hech kim o‘z mulkidan haydalmasin”». 19  Keyin u meni darvozaxona yonidagi kiraverish+ orqali ruhoniylarning shimolga qaragan muqaddas oshxonalariga olib kirdi+. Qarasam, orqa tomonda, g‘arb tarafda bir joy bor ekan. 20  U menga shunday dedi: «Bu yerda ruhoniylar ayb qurbonligi va gunoh qurbonligining go‘shtini qaynatishadi hamda don nazrini+ pishirishadi. Shu yo‘sin ular hech narsani tashqi hovliga olib chiqishmaydi va xalqga muqaddaslikni tarqatishmaydi»+. 21  U meni tashqi hovliga olib chiqdi va hovlining to‘rtta burchagi oldidan olib o‘tdi. Tashqi hovlining har bir burchagida hovli borligini ko‘rdim. 22  Hovlining to‘rtta burchagida uzunligi 40 tirsak*, eni 30 tirsak bo‘lgan kichik hovlilar bor edi. Ularning to‘rttasi ham bir xil o‘lchamda edi. 23  To‘rtalasining ham ichki tomonida devor bo‘ylab tosh tizib qo‘yilgan bo‘lib, toshlarning tagida qurbonlik go‘shtini qaynatadigan joylar bor edi. 24  So‘ng u menga: «Bu uylarda ma’bad xizmatchilari xalq keltirgan qurbonlik go‘shtlarini qaynatishadi»+,— dedi.

Izohlar

Bu yerda uzun tirsak nazarda tutilgan. Ilovaning B14 mavzusiga q.