Hizqiyo 7:1-27

  • «Yurtning kuni bitdi!» (1-27)

    • Misli ko‘rilmagan falokat (5)

    • Pullar ko‘chalarga uloqtiriladi (19)

    • Ma’bad bulg‘anadi (22)

7  Yahova menga yana so‘zini ayon qildi:  «Ey inson o‘g‘li, Oliy Hukmdor Yahova Isroil yurtiga shunday demoqda: “Kuni bitdi! Butun yurtning kuni bitdi!  Mana endi kuningiz bitdi. Sizlarga g‘azabimni sochaman, tutgan yo‘lingizga yarasha hukm qilaman, barcha jirkanch ishlaringiz uchun sizlarni javobgarlikka tortaman.  Sizlarga achinmayman, rahm ham qilmayman+. Tutgan yo‘llaringiz oqibatini boshingizga solaman va jirkanch ishlaringiz dastidan azob chekasizlar+. Shunda Men Yahova ekanimni bilib olasizlar”+.  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Falokat! Misli ko‘rilmagan falokat yaqinlashmoqda!+  Kuning bitmoqda! Kuning bitadi! O‘sha kun kutilmaganda boshingga tushadi. Mana, o‘sha kun kelyapti!  Ey yurtda yashovchilar, navbatingiz* keldi. Vaqt oz qoldi, o‘sha kun yaqin+. Hamma joyda vahima, tog‘larda shodlik hayqiriqlari eshitilmayapti.  Ko‘p o‘tmay ustingizga qahrimni to‘kaman+, sizlarga bor g‘azabimni sochaman+, tutgan yo‘lingizga yarasha hukm qilaman, barcha jirkanch ishlaringiz uchun sizlarni javobgarlikka tortaman.  Sizlarga achinmayman, rahm ham qilmayman+. Tutgan yo‘llaringiz oqibatini boshingizga solaman va jirkanch ishlaringiz dastidan azob chekasizlar. Shunda sizlarga zarba berayotgan Men — Yahova ekanimni bilib olasizlar+. 10  Mana o‘sha kun! Mana, u kelyapti!+ Navbatingiz* keldi! Jazolaydigan tayog‘im shay turibdi, dushmanning takabburligi avjiga chiqdi. 11  Zo‘ravonlik yovuzlik tayog‘iga aylandi+. Ulardan hech kim omon qolmaydi. Na boylik, na olomon, na shon-shuhrat qoladi. 12  O‘sha vaqt, o‘sha kun keladi. Xaridor quvonmasin, sotuvchi ham qayg‘urmasin, chunki g‘azabim butun xalqga qarshi alanga oldi*+. 13  Hatto sotuvchi hayotini qutqarib qolsa ham, sotgan yeriga qaytib kelmaydi, chunki vahiy butun xalqga qarata aytilgan. Hech kim qaytmaydi, qilgan gunohi dastidan* hech kim hayotini saqlab qololmaydi. 14  Ular karnay chalishadi+, hamma tayyor, ammo hech kim jangga chiqmaydi, chunki g‘azabim butun xalqga qarshidir+. 15  Tashqarida qilich+, ichkarida o‘lat va ocharchilik. Dalada bo‘lganlar qilichdan halok bo‘lishadi, shahar ichidagilarni ocharchilik va o‘lat qirg‘in qiladi+. 16  Omon qolganlar tog‘larga qochib ketishadi va ularning har biri vodiydagi kaptarlarga o‘xshab o‘z gunohi uchun ingraydi+. 17  Hammasining qo‘lidan quvvati ketib, tizzasi bo‘ylab suv oqadi*+. 18  Ular julga o‘ranishadi+, ularni qaltiroq bosadi. Har bir kishi uyatga qoladi, har bir bosh kal bo‘ladi*+. 19  Kumushu oltinlarini ko‘chalarga uloqtirishadi, tillalaridan hazar qilishadi. Yahovaning qahr kunida, ularni na kumush, na oltin qutqara oladi+. Ular to‘yishmaydi, qorinlarini to‘ldira olishmaydi, chunki kumushu oltinlar gunoh qilishlariga sabab bo‘lgan qoqintiradigan toshga aylandi. 20  Taqinchoqlarining chiroyi bilan maqtanishdi, kumushu oltin buyumlardan nafratni qo‘zg‘atadigan tasvirlar va jirkanch butlar yasashdi+. Shu sababdan bu narsalarni ular uchun jirkanch qilib qo‘yaman. 21  Bu narsalarni* talon-toroj qilish uchun chet elliklar qo‘liga topshiraman, yer yuzining yovuz kimsalariga o‘lja qilib beraman va ular bu narsalarni harom qilishadi. 22  Men ulardan yuz o‘giraman+ va ular* yashirin maskanimni* bulg‘ashadi, bosqinchilar ichiga kirib, uni harom qilishadi+. 23  Zanjir* yasa+, chunki yurtda qonuniy yo‘l bilan qon to‘kish avjiga chiqdi+, shahar zo‘ravonlikka to‘lib ketdi+. 24  Men xalqlarning eng yaramasini olib kelaman+ va bu xalqlar ularning uylarini egallab olishadi+. Kuchli kishilarning g‘ururini sindiraman, ularning muqaddas joylari bulg‘anadi+. 25  Ular azob chekkanda tinchlik izlaydilar, ammo tinchlik bo‘lmaydi+. 26  Falokat ustiga falokat, xabar ortidan xabar keladi. Odamlar vahiy qidirib payg‘ambar oldiga boradilar+, lekin ruhoniyda qonun, oqsoqollarda maslahat bo‘lmaydi+. 27  Shoh motam tutib yuradi+, yo‘lboshchi tushkunlikda bo‘ladi, yurt ahlining qo‘llari qo‘rquvdan qaltiraydi. Ularga tutgan yo‘llariga yarasha muomala qilaman, ular qanday hukm qilgan bo‘lsa, Men ham ularni shunday hukm qilaman. Shunda Men Yahova ekanimni bilib olishadi”»+.

Izohlar

Boshqa variant «gulchambaringiz».
Boshqa variant «Gulchambaringiz».
Ya’ni na mulkni sotib oluvchi, na sotuvchi foyda ko‘rmaydi, chunki musibat hammaning boshiga tushadi.
Boshqa variant «nohaqlik qilsa ham».
Ya’ni qo‘rqganidan siyib qo‘yadi.
Ya’ni qayg‘u belgisi sifatida sochlarini qirdirishadi.
Ya’ni butlar yasash uchun ishlatiladigan kumushu oltinlar.
Ya’ni dushmanlar.
Yahova ma’badining eng ichki bo‘lmasi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Ya’ni surgun qilinadiganlar uchun zanjirlar.