Hizqiyo 9:1-11
9 Keyin U menga eshittirib baland ovozda: «Shaharni jazolaydiganlarning hammasi qo‘lidagi halokat quroli bilan kelsin!» — dedi.
2 Shunda shimolga qaragan yuqori darvoza+ tomondan olti nafar kishi kelayotganini ko‘rdim. Har birining qo‘lida to‘qmog‘i bor edi. Ularning orasida zig‘ir matodan kiyim kiygan, belida kotiblik asbobi qistirib qo‘yilgan bir kishi ham bor edi. Ular mis qurbongoh yoniga kelib turishdi+.
3 Keyin karublar* ustidagi Isroil Tangrisining ulug‘vorligi+ o‘z joyidan ko‘tarilib, ma’bad ostonasiga ko‘chdi+. So‘ng Xudo zig‘ir matodan kiyim kiygan, belida kotiblik asbobi qistirib qo‘yilgan kishini chaqira boshladi.
4 Yahova unga dedi: «Quddus shahrini aylanib chiq. Shaharda qilinayotgan jirkanch ishlar+ dastidan oh-nola qilayotgan odamlarning+ peshonasiga belgi qo‘y».
5 Qolganlariga esa shunday deganini eshitdim: «Unga ergashib shaharni aylanib chiqinglar va odamlarni qirib tashlanglar. Ularga achinmanglar, rahm ham qilmanglar+.
6 Qariyalarni, yigitu qizlarni, ayolu bolalarning hammasini yo‘q qilinglar+. Ammo belgisi bor odamlarning hech biriga tegmanglar+. Bu ishni muqaddas maskanimdan boshlanglar»+. Shunday qilib, ular ma’bad oldidagi oqsoqollardan boshlashdi+.
7 Keyin Xudo ularga: «Ma’badni harom qilib, hovlilarni jasadlarga to‘ldiringlar+. Qani boringlar!» — dedi. Ular borib shahar aholisini qirg‘in qilishdi.
8 Ular odamlarni o‘ldirayotgan paytda faqat men tirik qoldim. Shunda yuztuban muk tushib: «Evoh, Oliy Hukmdor Yahova! Quddusga g‘azabingni sochib, nahotki Isroilning omon qolganlarini ham yo‘q qilib yuborsang?!» — deb faryod qildim+.
9 U menga shunday dedi: «Isroil va Yahudo xonadonlarining gunohi nihoyatda og‘ir+. Yurt xunrezlikka+, shahar esa adolatsizlikka to‘la+. Ular: “Yahova yurtni tark etgan. Yahova ko‘rmayapti”,— deyishyapti+.
10 Shuning uchun Men ularni ayamayman, ularga rahm ham qilmayman+. Tutgan yo‘llarining oqibatlarini boshlariga solaman».
11 Shu payt zig‘ir matodan kiyim kiygan, belida kotiblik asbobi qistirib qo‘yilgan kishini ko‘rdim. U qaytib kelib: «Xuddi buyurganingizdek qildim»,— dedi.