Ibroniylarga 8:1-13

  • Samoviy muqaddas chodir (1-6)

  • Yangi va eski ahdning farqi (7-13)

8  Endi aytilganlarning mohiyatiga kelsak, bizning shunaqangi oliy ruhoniyimiz borki+, u osmonda Ulug‘vor Zotning o‘ng tomoniga o‘tirdi+.  U odamlar tomonidan emas, balki Yahova* tomonidan yaratilgan haqiqiy chodirning Eng muqaddas xonasida+ xalqning foydasi uchun xizmat qilmoqda.  Har bir oliy ruhoniy Xudoga nazrlar-u qurbonliklar baxsh etish uchun tayinlangan. Shu bois, u ham biror narsani qurbon qilishi kerak edi+.  Agar u hozir yer yuzida bo‘lganida, ruhoniy bo‘lmasdi+. Sababi, Tavrot bo‘yicha qurbonliklar keltiradigan boshqa ruhoniylar bor.  Biroq ular ado etayotgan muqaddas xizmat samodagi narsalarning+ ramzi va soyasigina+, xolos. Muso payg‘ambar chodirni qurmoqchi bo‘lganda, Alloh unga shunday buyruq bergan: «Bularning hammasini senga tog‘da ko‘rsatilgan namuna bo‘yicha yasa»+.  Isoga esa yanada a’loroq xizmat topshirildi. Natijada u oldingidan ko‘ra yaxshiroq qonuniy va’dalarga asoslangan+, a’lo darajali ahdning+ vositachisi+ bo‘ldi.  Agar birinchi ahd benuqson bo‘lganida edi, ikkinchisiga hojat bo‘lmasdi+.  Zero Alloh quyidagi so‘zlar bilan xalqning nuqsonlarini yuzaga chiqaryapti: «“Mana, shunday kunlar kelyaptiki,— demoqda Yahova*,— Men Isroil va Yahudo xonadonlari bilan yangi ahd qilaman.  Bu ahd, Men ularning ota-bobolari qo‘lidan ushlab Misr yurtidan olib chiqqan kuni+ qilgan ahdimga o‘xshamaydi. Ular Mening ahdimga rioya qilishmagani uchun Men ham ularga g‘amxo‘rlik qilmay qo‘ydim”,— deb aytyapti Yahova*». 10  «“O‘sha kunlardan keyin Isroil xonadoni bilan qiladigan ahdim quyidagicha bo‘ladi,— demoqda Yahova*. — Qonunlarimni ularning ongiga solib, qalblariga yozib qo‘yaman+. Men ularning Xudosi bo‘laman, ular esa Mening xalqim bo‘lishadi+. 11  Endi hech biri o‘z yaqiniga va hech kim birodariga: “Yahovani* tanib-bil”,— deb o‘rgatmaydi. Chunki ularning bari, kichigidan tortib kattasigacha Meni biladigan bo‘ladi. 12  Men ularning adolatsiz ishlarini kechirib, gunohlarini aslo yodga olmayman”»+. 13  «Yangi ahd», deb Xudo avvalgi ahdning eskirganini ta’kidlayapti+. Eskirib, muhlati o‘tgan narsa yo‘q bo‘lib ketishi muqarrar+.