Ibtido 10:1-32
10 Nuhning o‘g‘illari Som+, Xom va Yofasning tarixi haqidagi bayonot quyidagicha:
Ular to‘fondan so‘ng o‘g‘illar ko‘rishdi+.
2 Yofasning o‘g‘illari: Go‘mer+, Mago‘g+, Moday, Yovon, Tuval+, Meshex+ va Tiros+.
3 Go‘merning o‘g‘illari: Ashkanoz+, Rifat va To‘xarmo+.
4 Yovonning o‘g‘illari: Elishox+, Tarshish+, Kittim+ va Do‘donim.
5 Orollarda yashaydiganlar ulardan kelib chiqib, gapiradigan tili, qabilasi va millatiga qarab o‘z yurtlariga tarqalishdi.
6 Xomning o‘g‘illari: Kush, Misrayim+, Fut+ va Kan’on+.
7 Kushning o‘g‘illari: Savo+, Xavila, Sabto, Ramo+ va Sabtaxo.
Ramoning o‘g‘illari: Shava bilan Dedon.
8 Kush Nimro‘d degan o‘g‘il ko‘rdi. U yer yuzidagi ilk qudratli inson bo‘ldi.
9 Nimro‘d, Yahovaga qarshi chiqqan kuchli ovchi* bo‘lib yetishdi. Shu sababli birov haqida gapirganda: «U Yahovaga qarshi chiqqan kuchli ovchi Nimro‘dning o‘zginasi»,— deyiladigan bo‘ldi.
10 Shinar+ diyoridagi Bobil+, Erax+, Akkad va Qalney shaharlari uning shohligidagi ilk shaharlar bo‘ldi.
11 Bu diyordan u Ossuriyaga+ borib, Nineviya*+, Rexobo‘t-Ir, Qolax
12 va Nineviya bilan Qolax o‘rtasidagi Rasanni bunyod etdi. Bu buyuk shahar edi*.
13 Misrayimdan Ludim+, Onomim, Laxovim, Naftuxim+,
14 Patro‘sim+, Kasluvim va Xafto‘rim+ tug‘ildi. Kasluvimdan filistimliklar+ kelib chiqqan.
15 Kan’ondan to‘ng‘ich o‘g‘li Sidon+, keyin Xet+ tug‘ildi.
16 Shuningdek, undan yobusiylar+, amoriylar+, girgoshiylar,
17 xiviylar+, orxiylar, siniylar,
18 arvodliklar+, zamarliklar va xomatliklar+ kelib chiqqan. Keyinchalik Kan’on qabilalari turli joylarga tarqalib ketishdi.
19 Kan’onliklarning chegarasi Sidondan to G‘azo+ yaqinidagi Garorgacha+, Sado‘m bilan G‘amo‘ragacha+ hamda Adma va Lesha yaqinidagi Zavo‘yimgacha+ cho‘zilgan edi.
20 Kelib chiqqan qabilasi, gapiradigan tili va millatiga qarab, o‘z yerlarida yashagan Xomning o‘g‘illari shular edi.
21 To‘ng‘ich o‘g‘il bo‘lmish Yofasning ukasi* Som ham farzandli bo‘ldi. U barcha Ibir+ o‘g‘illarining ajdodi bo‘ldi.
22 Somning Elam+, Oshur+, Arpaxshod+, Lud, Orom+ degan o‘g‘illari bor edi.
23 Oromning Uz, Xul, Geter va Mash degan o‘g‘illari bor edi.
24 Arpaxshod Shilaxning+ otasi bo‘ldi, Shilax esa Ibirning otasi bo‘ldi.
25 Ibir ikki o‘g‘illi bo‘ldi. Birining ismi Palax*+ edi, chunki uning davrida yer aholisi* bo‘lingan edi. Boshqasining ismi Yoxton+ edi.
26 Yoxtonning o‘g‘illari: Elmo‘dod, Shalaf, Xazormavat, Yorax+,
27 Hadoram, Uzol, Dikla,
28 Obal, Abumayl, Shava,
29 Ofir+, Xavila va Yo‘vov. Bularning barchasi Yoxtonning o‘g‘illari edi.
30 Ular Meshadan to Saforgacha cho‘zilgan hududda, Sharqning tog‘li yerida yashardilar.
31 Qabilalari, gapiradigan tillari va millatiga qarab o‘z yerlarida yashagan Somning o‘g‘illari shular edi+.
32 Kelib chiqishi va millati bo‘yicha Nuhning o‘g‘illaridan tarqalgan qabilalar shulardir. To‘fondan keyin yer yuziga tarqalgan millatlar shu qabilalardan kelib chiqqan+.
Izohlar
^ Yoki «jangchi».
^ Yoki «Naynavo».
^ Boshqa variant «Ular buyuk shaharni tashkil etdi».
^ Boshqa variant «Yofasning katta akasi».
^ Ma’nosi «bo‘linish».
^ Yoki «yer».