Ibtido 14:1-24

  • Ibrom Lutni qutqaradi (1-16)

  • Malikisidq Ibromni qutlaydi (17-24)

14  O‘sha davrda Shinar+ shohi Omrafil, Elazar shohi Oriyox, Elam+ shohi Kado‘rlamar+, Go‘yim shohi esa Tidol edi.  Ular Sado‘m+ shohi Bera, G‘amo‘ra+ shohi Birsha, Adma shohi Shinav, Zavo‘yim+ shohi Shemover va Belax (ya’ni Zo‘var) shohiga qarshi urush boshlashdi.  Bu shohlar* kuchlarini birlashtirib, Siddim vodiysigacha+, ya’ni Tuz dengizigacha*+ borishdi.  Ular Kado‘rlamarga 12 yil xizmat qilgandan so‘ng, 13- yili bosh ko‘tarishdi.  Shunda 14- yili Kado‘rlamar va u bilan birga bo‘lgan shohlar kelib, Ashtaro‘t-Karnayimda rafaimlarni, Xomda zuzimlarni va Shovey-Xiratayimda emimlarni+ tor-mor qilishdi.  Shuningdek, Seir+ tog‘idagi xorliklarni+ cho‘l chekkasidagi El-Porongacha mag‘lub qilib borishdi.  So‘ng ular ortga qaytishdi-da, En-Mishpatga, ya’ni Kadeshga+ kelib, omoleklarning+ butun hududini zabt etishdi va Xazazon-Tamarda+ yashovchi amoriylarni+ tor-mor qilishdi.  Bu paytda, Sado‘m shohi bilan birga G‘amo‘ra shohi, Adma shohi, Zavo‘yim shohi va Belax (ya’ni Zo‘var) shohi urushga otlanib, Siddim vodiysida ularga qarshi jang qildi.  Elam shohi Kado‘rlamar, Go‘yim shohi Tidol, Shinar shohi Omrafil va Elazar+ shohi Oriyox ularga qarshi chiqdi; to‘rtta shoh beshta shoh bilan jang qildi. 10  Natijada Sado‘m va G‘amo‘ra shohlari lashkarlari bilan qocha boshlashdi. Ammo Siddim vodiysida smolali* chuqurliklar ko‘p bo‘lgani bois, ulardan ko‘pchiligi shu chuqurliklarga yiqilib tushdi, omon qolganlari esa tog‘larga qochib ketdi. 11  Shunda g‘alaba qozongan to‘rtta shoh, Sado‘m bilan G‘amo‘raning butun mol-mulki-yu oziq-ovqatlarini olib ketdi+. 12  Bundan tashqari, ular Ibromning jiyanini*, Sado‘mda yashovchi Lutni+ ham barcha mol-mulki bilan birga olib ketishdi. 13  Omon qolganlardan biri kelib, ibroniy bo‘lmish Ibromga bu haqda aytib berdi. Bu paytda Ibrom ittifoqdoshlari Eshko‘l bilan Onarning+ akasi amoriy Mamrening ulkan daraxtlari orasida, chodirlarda yashardi+. 14  Shu tariqa, Ibrom qarindoshi*+ asir qilib olib ketilganidan xabar topdi. Shunda u jang qilishga o‘rgatilgan odamlarini — o‘z xonadonida tug‘ilgan 318 nafar xizmatkorini olib, bosqinchilarni Dan+ shahrigacha quvib ketdi. 15  Kechasi u xizmatkorlari bilan guruhlarga bo‘lindi-da, bosqinchilarga hujum qilib, ularni mag‘lub etdi va Damashqning shimol tomonidagi Xo‘vaxgacha quvib bordi. 16  Ibrom butun mol-mulkini, qarindoshi Lutni va uning bor-budini hamda ayollar-u boshqa odamlarni qaytarib keldi. 17  Ibrom Kado‘rlamar va u bilan birga bo‘lgan shohlar ustidan g‘alaba qozonib qaytib kelayotganida, Sado‘m shohi uni qarshi olish uchun Shovey vodiysiga, ya’ni Shoh vodiysiga+ chiqdi. 18  Salim+ shohi Malikisidq+ non bilan sharob keltirdi. U, Alloh Taoloning ruhoniysi edi+. 19  Malikisidq Ibromni qutlab, shunday dedi: «Osmon bilan yerning Yaratuvchisi Alloh TaoloIbromga barakasini yog‘dirsin; 20  Dushmanlaringni qo‘lingga berganAlloh Taolo sharaflansin!» Shunda Ibrom unga hamma narsadan ushr* berdi+. 21  Bundan keyin Sado‘m shohi Ibromga: «Odamlarimni menga qaytarib, mol-mulkni o‘zingizga qoldiring»,— deb aytdi. 22  Shunda Ibrom Sado‘m shohiga: «Qo‘limni ko‘tarib, osmon bilan yerning Parvardigori Alloh Taolo Yahova oldida qasam ichib aytamanki, 23  hech narsangizni, hatto bir ipingizni ham, sandalingiz bog‘ichini ham olmayman. Tag‘in: “Ibromni men boy qildim”,— deb yurmang. 24  Sizga tegishli bo‘lgan narsalardan, yigitlar yeb-ichgan yeguliknigina oldik. Ittifoqdoshlarim Onar, Eshko‘l va Mamrega+ kelsak, ular o‘z ulushlarini olishsin. Menga esa hech narsangizning keragi yo‘q».

Izohlar

Ehtimol, 1- oyatda aytib o‘tilgan shohlar.
Ya’ni O‘lik dengiz.
Yoki «asfalt, bitum»; tabiiy asfaltni bildiradi.
So‘zma-so‘z «akasining o‘g‘lini».
So‘zma-so‘z «ukasi».
So‘zma-so‘z «o‘ndan birini».