Ibtido 20:1-18

  • Abumalik Sorani eriga qaytaradi (1-18)

20  Ibrohim Nagav yurti tomon yo‘l oldi va Kadesh+ bilan Shur+ o‘rtasida chodir qurdi. U Garorda+ yashab yurganida*,  xotini Sora haqida: «Bu mening singlim»+,— deb takroran aytdi. Shunda Garor shohi Abumalek* odam yubordi va u Sorani olib keldi+.  Abumalek kechasi tush ko‘rdi, tushida Xudo unga: «Bu ayolni olganing uchun+ o‘lasan, chunki u turmushga chiqqan va boshqa kishiga tegishli»+,— deb aytdi.  Biroq Abumalek Soraga yaqinlashmagan edi*. Shu bois, u quyidagicha dedi: «Yahova, hech qanday aybi bo‘lmagan* xalqni yo‘q qilib yuborasanmi?  Axir Ibrohim menga: “U mening singlim”,— deb aytmaganmidi? Sora ham: “U mening akam”,— demaganmidi? Mening vijdonim toza, hech qanday yomon niyatim yo‘q edi*».  Haq Tangri unga tushida shularni aytdi: «Vijdoning toza ekanini bilaman. Shuning uchun ham Menga qarshi gunoh qilishdan seni asrab, unga tegishingga yo‘l qo‘ymadim.  Endi bu kishining xotinini qaytarib ber, chunki u payg‘ambardir+. U sen uchun iltijo qiladi+ va sen omon qolasan. Ammo uning xotinini qaytarib bermasang, shuni bilib qo‘yginki, o‘zing ham, xonadoningdagilar ham shubhasiz o‘lasizlar».  Abumalek tong saharlab uyg‘onib, barcha xizmatkorlarini chaqirdi va ularga hammasini aytib berdi. Xizmatkorlari uning gaplarini eshitib, juda qo‘rqib ketishdi.  Keyin Abumalek Ibrohimni chaqirtirib, unga: «Bu nima qilganingiz? Sizga qarshi qanday gunoh qilgandimki, siz meni hamda shohligimni og‘ir gunohga yetakladingiz? Menga nisbatan qilgan bu ishingiz yaxshi emas»,— deb aytdi. 10  Abumalek Ibrohimdan: «Qaysi niyatda bunday qildingiz?»+ — deb so‘radi. 11  Bunga javoban Ibrohim shunday dedi: «Bu yerdagilar Xudodan qo‘rqishmaydi va xotinim uchun meni o‘ldirishadi, deb o‘yladim+. 12  Bundan tashqari, u chindan ham mening singlim. Ikkimizning otamiz bir, onamiz esa boshqa-boshqa. Keyinchalik esa men unga uylanganman+. 13  Kezib yurishim uchun Xudo meni otamning uyidan olib chiqqanida+, men xotinimga: “Qayerga bormaylik, menga mehr-sadoqat ko‘rsatib: “Bu mening akam”+,— deb aytgin”,— degandim». 14  Shunda Abumalek Ibrohimga xotini Sorani qaytardi va shu bilan birga unga qo‘y, qoramol, qul-u cho‘rilar ham berdi. 15  Keyin Abumalek: «Mana, mening yerim sizning oldingizda. Qayerda xohlasangiz, o‘sha yerda yashayvering»,— dedi. 16  Soraga esa u: «Men akangizga+ 1000 shekel kumush berdim. Bu, yoningizda bo‘lganlarning va hammaning oldida siz pok* va sharmandalikdan xoli ekaningizdan dalolat berib turadi»,— deb aytdi. 17  Ibrohim haq Xudoga iltijo qildi va Alloh Abumalekka, uning xotiniga hamda cho‘rilariga shifo berdi va ular bola ko‘radigan bo‘lishdi. 18  Chunki Yahova Ibrohimning xotini Sorani deb, Abumalekning uyidagi ayollarni bepusht qilib qo‘ygandi*+.

Izohlar

Yoki «musofir bo‘lib yashab yurganida».
Filistimliklar shohiga tegishli rasmiy unvon bo‘lishi mumkin.
Ya’ni u bilan jinsiy aloqada bo‘lmagan edi.
Yoki «odil».
Yoki «buni to‘g‘ri yurak va halol qo‘llarim bilan qildim».
So‘zma-so‘z «ko‘z uchun yopinchiq». Bu ibroniycha idioma bo‘lib, ayol kishining obro‘siga putur yetmaganini va boshqalarning nazarida beayb ekanini rasman tasdiqlaydi.
Yoki «ayollarning bachadonini butunlayin yopib qo‘ygan edi».