Ibtido 23:1-20

  • Soraning o‘limi va dafn etilgan joyi (1-20)

23  Sora 127 yil umr ko‘rdi+.  U Xirat-Arba+, ya’ni Kan’on+ yurtidagi Xevronda+ vafot etdi. Ibrohim Sora uchun aza tutib, yig‘ladi.  Keyin u o‘lgan xotinining yonidan ketib, Xet+ o‘g‘illarining oldiga bordi-da:  «Men orangizda g‘ariblarcha yashayotgan bir musofirman+. Xotinimni ko‘mishim uchun, yeringizdan dafn etiladigan joy sotinglar»,— dedi  Xet o‘g‘illari Ibrohimga shunday javob berishdi:  «Gapimizni eshiting, taqsir. Siz Xudo tomonidan tanlangan yo‘lboshchi* ekaningizni bilamiz+. Xotiningizni dafn etish uchun joylarimizdan eng yaxshisini tanlang. Marhumangizni ko‘mishingiz uchun, hech birimiz joyimizni sizdan ayamaymiz».  Shunda Ibrohim o‘rnidan turib, o‘sha yurtning xalqi bo‘lmish Xet+ o‘g‘illariga ta’zim qildi-da,  shunday dedi: «Agar marhumamni dafn qilishimga rozi bo‘lsangizlar, unda gaplarimga quloq solib, Zo‘xarning o‘g‘li Efro‘nni ko‘ndirib ko‘ringlar.  U menga dalasining chekkasidagi Maxpala g‘orini sotsin. Dafn qiladigan joyim bo‘lishi uchun, sizlarning huzuringizda men unga, o‘sha joy qancha tursa, shuncha kumush+ beraman»+. 10  O‘sha yerda, Xet o‘g‘illarining orasida Efro‘n o‘tirgan edi. Shunda Efro‘n xetiylar hamda shahar darvozasidan kirganlar+ oldida Ibrohimga shunday javob berdi: 11  «Taqsirim, gapimni eshiting. Men sizga dalani ham, undagi g‘orni ham beraman. Uni sizga xalqimning o‘g‘illari oldida beraman. Marhumangizni o‘sha joyga dafn eting». 12  Ibrohim o‘sha yurt xalqiga ta’zim qildi 13  va ularning oldida Efro‘nga: «Iltimos, menga quloq soling! Dala qancha tursa, sizga shuncha kumush beraman. Uni oling, men esa marhumamni u yerga dafn qilay»,— deb aytdi. 14  Efro‘n Ibrohimga: 15  «Gapimni eshiting, taqsirim. Bu joy 400 shekel* kumush turadi, ammo bu men bilan siz uchun arzimas bir narx-ku. Marhumangizni o‘sha joyga dafn etavering»,— dedi. 16  Ibrohim Efro‘nning gaplarini tinglab, Xet o‘g‘illarining oldida qancha aytilgan bo‘lsa, shuncha kumush, ya’ni savdogarlarning o‘lchami bo‘yicha 400 shekel kumush tortib berdi+. 17  Shunday qilib, Efro‘nning Mamre yaqinidagi Maxpala dalasi, undagi g‘or, shuningdek o‘sha yerdagi barcha daraxtlar 18  Ibrohimning mulkiga aylandi. U, bu joyni Xet o‘g‘illari hamda shahar darvozasidan kirgan barcha kishilarning oldida sotib oldi. 19  Shundan so‘ng, Ibrohim xotini Sorani, Mamre yaqinidagi Maxpala dalasida joylashgan g‘orga dafn qildi. Bu joy Kan’on yurtidagi Xevronda edi. 20  Shu yo‘sin, o‘sha joydagi dala va g‘or Xet o‘g‘illaridan Ibrohimga mulk sifatida o‘tib, qabriston bo‘ldi+.

Izohlar

Boshqa variant «ulug‘ yo‘lboshchi».
Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.