Ibtido 30:1-43

  • Bilxax Dan va Naftalini tug‘di (1-8)

  • Zilpo Gad va Osherni tug‘di (9-13)

  • Leax Issaxor va Zabulunni tug‘di (14-21)

  • Rohila Yusufni tug‘di (22-24)

  • Yoqubning suruvi ko‘payadi (25-43)

30  Rohila Yoqubga farzand tug‘ib bera olmayotganini ko‘rib, opasiga hasad qila boshladi va Yoqubga: «Menga farzand bering, bo‘lmasa o‘lib qolaman»,— deb aytdi.  Yoqub Rohilaga g‘azablanib: «Axir seni bepusht qilib qo‘ygan men emas, Xudo-ku!» — dedi.  Shunda Rohila: «Mana, cho‘rim Bilxaxning+ yoniga kiring, menga bola tug‘ib bersin, u orqali men farzandli bo‘lay»,— deb aytdi.  Rohila cho‘risi Bilxaxni Yoqubga xotinlikka berdi va Yoqub uning yoniga kirdi+.  Bilxax homilador bo‘lib, Yoqubga o‘g‘il tug‘ib berdi.  Rohila: «Tangri mening hakamim bo‘ldi va ibodatlarimni eshitib, menga o‘g‘il ato etdi»,— deya, ismini Dan*+ qo‘ydi.  Rohilaning cho‘risi Bilxax yana homilador bo‘lib, Yoqubga ikkinchi o‘g‘ilni tug‘ib berdi.  O‘shanda Rohila: «Opam bilan qattiq kurashib, uni yengib chiqdim!» — deb, bolaning ismini Naftali*+ qo‘ydi.  Leax boshqa farzand ko‘rmay qo‘yganini ko‘rib, cho‘risi Zilponi Yoqubga xotinlikka berdi+. 10  Leaxning cho‘risi Zilpo ham Yoqubga o‘g‘il tug‘ib berdi. 11  Shunda Leax: «Menga omad kulib boqdi!» — deya, bolaning ismini Gad*+ qo‘ydi. 12  So‘ng Leaxning cho‘risi Zilpo Yoqubga ikkinchi o‘g‘ilni tug‘ib berdi. 13  O‘shanda Leax: «Naqadar baxtliman! Endi ayollar meni baxtiyor deb atashadi»+,— deya, bolaning ismini Osher*+ qo‘ydi. 14  Bug‘doy o‘rim-yig‘imi paytida Ruben+ dalada aylanib yurib, mehrigiyohlar topib oldi va onasi Leaxga keltirib berdi. Rohila Leaxdan: «O‘g‘ling olib kelgan mehrigiyohlardan bir nechtasini menga ham bergin»,— deb so‘radi. 15  U bo‘lsa: «Erimni olganing kamlik qildimi?+ Endi o‘g‘limning mehrigiyohlarini ham olmoqchimisan?» — deb aytdi. Rohila: «Mayli, o‘g‘lingning mehrigiyohlari uchun Yoqub bugun kechasi yoningga kirsin»,— dedi. 16  Yoqub kechki payt daladan qaytganda, Leax uni kutib olishga chiqib: «Siz bugun mening yonimga kirasiz, chunki sizni o‘g‘limning mehrigiyohlari evaziga sotib oldim»,— dedi. Yoqub o‘sha kecha Leaxning yoniga kirdi. 17  Xudo Leaxni eshitib, ibodatini ijobat qildi. U homilador bo‘lib, Yoqubga beshinchi o‘g‘ilni tug‘ib berdi. 18  O‘shanda Leax: «Cho‘rimni erimga berganim uchun, Alloh menga tegishli haqimni berdi»,— deya, ismini Issaxor*+ qo‘ydi. 19  Leax yana homilador bo‘lib, Yoqubga oltinchi o‘g‘ilni tug‘ib berdi+. 20  Shunda Leax: «Tangri menga ajoyib sovg‘a ato etdi. Endi erim menga sabrli bo‘ladi+, chunki unga oltita o‘g‘il tug‘ib berdim»+,— deb, bolaning ismini Zabulun*+ qo‘ydi. 21  So‘ng u qiz tug‘ib, ismini Dina+ qo‘ydi. 22  Nihoyat, Xudo Rohilani yodga oldi. Tangri uning ibodatlarini eshitib, ijobat qildi va unga farzand ato etdi+. 23  Rohila homilador bo‘lib, o‘g‘il ko‘rdi va u: «Alloh meni sharmandalikdan xalos etdi!»+ — dedi. 24  So‘ng: «Yahova menga yana bir o‘g‘il qo‘shib berdi»,— deb, uning ismini Yusuf*+ qo‘ydi. 25  Rohila Yusufni tuqqanidan keyin, Yoqub Lobonga shunday dedi: «Meni qo‘yib yuboring, o‘z uyimga, o‘z yurtimga ketay+. 26  Xotinim va farzandlarimni bering, ketayin. Men ular uchun sizga ishlab berdim. Axir sizga qanday ishlab berganimni yaxshi bilasiz»+. 27  Lobon unga: «Iltimos, men bilan qol. Yahova sen tufayli menga baraka berayotganini barcha belgilarga qarab tushundim»,— deb aytdi. 28  Keyin: «Ayt-chi, xizmat haqingga nima beray?»+ — deb so‘radi. 29  Yoqub bo‘lsa unga: «Sizga qanday xizmat qilganimni va men kelganimdan beri podalaringiz qanchalik ko‘payganini bilasiz+. 30  Men endi kelganimda chorvangiz kam edi, hozir bo‘lsa ko‘payib ketdi. Chunki Yahova men kelganimdan keyin sizga barakalar yog‘dirdi. Ammo o‘z uyim uchun qachon ishlayman?»+ — dedi. 31  Shunda Lobon: «Senga nima beray?» — deb so‘radi. Yoqub unga javoban dedi: «Menga hech narsa kerak emac! Agar men aytganday qilsangiz, yana podalaringizga qarab, boqib yuraman+. 32  Bugun hamma mollaringizni ko‘zdan kechirib chiqaman. Ularning ichidan chipor va xoldor qo‘ylarni, to‘q jigarrang yosh qo‘chqorlarni va barcha xoldor hamda chipor echkilarni ajratib qo‘ying. Bugundan boshlab, bundaylar xizmat haqim bo‘ladi+. 33  Xizmat haqimni ko‘rgani qaysi kuni kelmang, men adolat* ila yo‘l tutayotganimni ko‘rasiz. Mabodo urg‘ochi echkilarim orasida chipor va xoldor emaslari hamda yosh qo‘chqorlarim ichida to‘q jigarrang emaslari chiqib qolsa, ular o‘g‘irlangan hisoblansin». 34  Lobon: «Yaxshi, sen aytganday bo‘lsin!»+ — deb aytdi. 35  O‘sha kuni u barcha chipor va xoldor taka-yu echkilarni, ozgina bo‘lsa ham oq rangi bor bo‘lgan va to‘q jigarrang hamma yosh qo‘chqorlarni ajratib, o‘g‘illarining qaramog‘iga topshirdi. 36  Bundan keyin, Lobon podalarini Yoqub turgan joydan uch kunlik yo‘l yuradigan joyga haydab ketdi. Yoqub esa Lobonning qolgan podalarini boqaverdi. 37  Yoqub stiraks*, bodom va chinor daraxtlarining novdalarini olib, ularning po‘stini ola-bula qilib archidi. 38  U po‘sti archilgan novdalarni, chorva suv ichgani keladigan oxurga solib qo‘yar edi. Suv ichgani kelgan mollar novdalarning oldida juftlashardi. 39  Mollar novdalar oldida juftlashgach, chipor, xoldor va ola-bula nasl berardi. 40  Yoqub yosh qo‘chqorlarni ajratgandan keyin, Lobonning suruvini chipor va barcha to‘q jigarrang mollarga qaratib qo‘yardi. Bundan so‘ng, u o‘z podalarini ajratib olib, Lobonnikiga qo‘shmay qo‘ydi. 41  Baquvvat mollar juftlashganda, Yoqub ular novdalar oldida juftlashsin deb, oxurlarga ular ko‘radigan qilib novdalarni tashlab qo‘yardi. 42  Ammo zaif mollar juftlashganda, Yoqub novdalarni solmasdi. Shunday qilib, Lobonga zaif, Yoqubga esa baquvvat mollar tegadigan bo‘ldi+. 43  Yoqubning podalari, qullari-yu cho‘rilari, tuyalari va eshaklari ko‘payib, nihoyatda boyib ketdi+.

Izohlar

Ma’nosi «hakam».
Ma’nosi «mening kurashlarim».
Ma’nosi «omad».
Ma’nosi «baxtiyor, baxt».
Ma’nosi «u — ish haqi».
Ma’nosi «bag‘rikenglik».
Yusufiyah degan ismning qisqa shakli. Ma’nosi «Yah qo‘shib bersin (orttirsin)».
Yoki «halollik».
Gullari xushbo‘y daraxt.