Ibtido 33:1-20
33 Yoqub boshini ko‘tarib qarasa, Esov 400 ta odami bilan kelayotgan ekan+. Shuning uchun Yoqub bolalarini Leaxga, Rohilaga va ikkita cho‘risiga topshirdi+.
2 U cho‘rilari va ularning bolalarini oldinga+, Leax va uning bolalarini ulardan keyin+, Rohila bilan Yusufni esa oxiriga qo‘ydi+.
3 O‘zi bo‘lsa hammaning oldida borib, akasiga yaqinlashguncha yetti marta ta’zim qildi.
4 Ammo Esov yugurib keldi-da, uni quchoqlab, o‘pdi va ular ho‘ngrab yig‘lashdi.
5 So‘ng Esov boshini ko‘tarib qaradi va ayollar bilan bolalarni ko‘rib: «Bular kim?» — deb so‘radi. Yoqub: «Xudo marhamat ko‘rsatib, men xizmatkoringizga bergan farzandlar»+,— dedi.
6 Shundan keyin cho‘rilar bilan farzandlari yaqinlashib, ta’zim qilishdi.
7 Leax bilan bolalari ham borib, ta’zim qilishdi. So‘ngra Yusuf bilan Rohila ham yaqinlashib, ta’zim qilishdi+.
8 Esov: «Men yo‘lda uchratgan odamlar bilan suruvlarni nega yubording?»+ — deb so‘radi. Yoqub: «Xo‘jayinimning nazarida iltifot topish uchun yubordim»+,— dedi.
9 Esov: «O‘zimning ham mol-mulkim ko‘p, ukajon+. O‘zingniki o‘zingda qola qolsin»,— deb aytdi.
10 Biroq Yoqub shunday dedi: «O‘tinaman, agar nazaringizda iltifot topgan bo‘lsam, sovg‘alarimni qabul qiling. Sababi, men bularni diydoringizni ko‘rish uchun olib keldim. Meni quvonch ila qarshi olganingizda+, sizning yuzingizni ko‘rib, xuddi Xudoning yuzini ko‘rganday bo‘ldim.
11 Iltimos, yaxshi niyatlar ila olib kelgan sovg‘alarimni qabul qiling+. Alloh menga iltifot ko‘rsatgani bois, hamma narsam yetarli»+. Yoqub iltimos qilaverganidan, Esov sovg‘alarni qabul qildi.
12 Bundan keyin Esov: «Endi yur, yo‘lga chiqaylik, men seni boshlab boraman»,— dedi.
13 Lekin Yoqub shunday deb aytdi: «Bolalarim yosh va nozik+ ekanini xo‘jayinimning o‘zlari ko‘rib turibdilar. Bundan tashqari, qaramog‘imdagi qo‘y va sigirlarim ham bolalagan. Agar mollarni bir kunning ichida qistab haydashsa, hammasi o‘lib qoladi.
14 Shu bois, xo‘jayinim men xizmatkoringizdan oldin boraversinlar. Men bo‘lsam, suruvim va farzandlarimning yurishiga qarab, xo‘jayinimning oldiga, Seirga sekin yetib boraman»+.
15 Shunda Esov: «Unda, odamlarimning bir nechtasi sen bilan qolsin»,— dedi. Yoqub: «Bunga hojat yo‘q. Xo‘jayinimning nazarlarida iltifot topganimning o‘zi yetarli»,— deb aytdi.
16 O‘sha kuni Esov Seirga qaytib ketdi.
17 Yoqub bo‘lsa Suxo‘tga+ yo‘l oldi. U yerda o‘ziga uy, podasi uchun esa usti yopiq qo‘ralar qurdi. Shu bois, u joyni Suxo‘t* deb nomladi.
18 Yoqub Paddon-Oromdan+ qaytib kelgach, Kan’on+ yurtidagi Shakam+ shahriga eson-omon yetib bordi va uning oldida joylashdi.
19 U, Shakamning otasi Xamo‘rning o‘g‘illaridan 100 bo‘lak kumushga dala sotib olib, u yerda chodir tikdi+.
20 Yoqub o‘sha joyda qurbongoh qurib, uni «Xudo — Isroilning Xudosi»+, deb atadi.
Izohlar
^ Ma’nosi «chaylalar, usti yopiq qo‘ralar».