Ibtido 34:1-31

  • Dinaning nomusiga tegishadi (1-12)

  • Yoqubning o‘g‘illari hiyla ishlatadi (13-31)

34  Yoqubning Leaxdan tug‘ilgan qizi Dina+ o‘sha yurtdagi qizlarning oldiga borib, ular bilan vaqt o‘tkazadigan odat chiqardi+.  Uni o‘sha yurtdagi qabila boshi, xiviylardan+ bo‘lgan Xamo‘rning o‘g‘li Shakam ko‘rib qoldi. Bir kuni u Dinani ushlab oldi-da, zo‘rlab u bilan yotdi.  Shakam Yoqubning qizi Dinaga ko‘ngil qo‘yib, uni yaxshi ko‘rib qoldi va Dinani o‘z sevgisiga ishontirishga tushdi.  So‘ng Shakam otasi Xamo‘rga+: «Shu qizni menga xotinlikka olib bering»,— dedi.  Shakam Dinaning nomusiga tekkani Yoqubning qulog‘iga yetganda, uning o‘g‘illari dalada mol boqib yurishgan edi. Shuning uchun ular kelmaguncha, Yoqub bu haqda hech kimga aytmadi.  Bir muncha vaqtdan keyin, Shakamning otasi Xamo‘r, Yoqub bilan gaplashgani keldi.  Yoqubning o‘g‘illari nima bo‘lganini eshitgan zahoti, daladan qaytib kelishdi. Ularning g‘azabi qaynab, qattiq jahli chiqqan edi. Chunki Shakam Yoqubning qizi bilan yotib+, axloqsizlik qilgan edi+ va Isroilni isnodga qoldirgandi.  Xamo‘r ularga shunday dedi: «O‘g‘lim Shakam qizingizga ko‘ngil qo‘yibdi. Uni o‘g‘limga xotinlikka berishingizni so‘rab keldim.  Bir-birimiz bilan quda-andachilik qilaylik, qiz olib, qiz beraylik+. 10  Mana, butun yurtimiz sizlarning izmingizda. Bizga qo‘shni bo‘lib yashanglar va savdo-sotiq qilib, mulk orttiringlar». 11  Keyin Shakam Dinaning otasi va akalariga: «Sizlarning nazaringizda iltifot topayin. Nimaiki so‘rasangiz, barchasini muhayyo qilaman. 12  Qancha qalin, qancha sovg‘a-salom so‘ramang, hammasini beraman+. Faqat qizingizni menga xotinlikka bersangiz bo‘lgani»,— dedi. 13  Yoqubning o‘g‘illari esa, Shakam ularning singlisi Dinaning nomusiga tekkani uchun, Shakam bilan otasini aldab: 14  «Biz bunday qila olmaymiz, singlimizni sunnat qilinmagan+ kishiga berish, biz uchun sharmandalik hisoblanadi. 15  Hamma erkaklaringiz bizga o‘xshab sunnat qilinsagina, biz bunga rozilik beramiz+. 16  Shunda qizlarimizni sizlarga berib, sizlarning qizlaringizni olamiz. Sizlarning orangizda yashab, bir xalq bo‘lamiz. 17  Bordi-yu, bizga quloq solmay, sunnat qilinmasangizlar, singlimizni olib ketamiz»,— deyishdi. 18  Ularning gaplari Xamo‘r+ bilan o‘g‘li Shakamga+ ma’qul keldi. 19  Shakam Yoqubning qizini yaxshi ko‘rib qolgani sababli, ularning talabini+ darhol bajarishga kirishdi. U otasining xonadonida eng hurmatli kishi edi. 20  Shu tariqa, Xamo‘r bilan o‘g‘li Shakam shahar darvozasiga borib+, aholiga shunday deyishdi: 21  «Bu odamlar biz bilan tinch-totuv yashamoqchi. Ular shu yerda yashab, savdo-sotiq qilaverishsin. Yurtimiz keng, ular ham bemalol sig‘ishadi. Ularning qizlarini xotinlikka olib, qizlarimizni ularga beraylik+. 22  Faqat ular, barcha erkaklarimiz ularga o‘xshab sunnat qilinsagina, biz bilan yashab, bitta xalq bo‘lishga ko‘nishar ekan+. 23  Shunday qilsak, ularning mol-mulki, boyligi va butun chorvasi bizniki bo‘ladi. Ular biz bilan yashashi uchun, kelinglar, ularning shartiga rozi bo‘laylik». 24  Shahar darvozasi oldida yig‘ilganlarning barchasi, Xamo‘r bilan o‘g‘li Shakamning gaplariga quloq solishdi va shahardagi hamma erkaklar sunnat qilinishdi. 25  Ammo uchinchi kuni, ular hali og‘rib yotganda, Yoqubning ikkita o‘g‘li, Dinaning akalari+ Shimo‘n bilan Levi qilichlarini olib hech kimda shubha uyg‘otmay shaharga kirishdi va hamma erkaklarni qilichdan o‘tkazishdi+. 26  Ular Xamo‘rni va o‘g‘li Shakamni ham qilichdan o‘tkazib, Dinani Shakamning uyidan olib ketishdi. 27  Yoqubning qolgan o‘g‘illari esa, Shakam singillarining nomusiga tekkani uchun+, o‘lib yotgan kishilarning ustiga bostirib kirib, shaharni talon-toroj qilishdi. 28  Ular qo‘y-echkilar, qoramol, eshaklar hamda shahar va daladagi bor narsani olib ketishdi. 29  Shuningdek, bola-chaqasi va xotinlarini asirlikka olib, ularning butun mulkini va uylaridagi bor narsani talab ketishdi. 30  Shunda Yoqub, Shimo‘n bilan Leviga+: «Sizlar meni bu yerning aholisi — kan’onliklar va pariziylarning nafratiga qoldirib, og‘ir musibatga* mubtalo qildilaring. Mening odamlarim kam bo‘lgani uchun, endi ular birlashib, menga qarshi chiqishadi-da, men bilan butun xonadonimni yo‘q qilishadi»,— dedi. 31  Ular bo‘lsa javoban: «Singlimiz bilan fohishaday muomala qilishlariga yo‘l qo‘ymaymiz!» — deyishdi.

Izohlar

Yoki «badarg‘a bo‘lishga».