Ibtido 40:1-23

  • Yusuf mahbuslarning tushlarini ta’birlaydi (1-19)

    • «Tushning ta’biri Xudodan» (8)

  • Fir’avnning tug‘ilgan kuni (20-23)

40  Bir qancha vaqtdan keyin, Misr shohining soqiysi+ bilan novvoyi o‘z xo‘jayinlari oldida aybdor bo‘lib qolishdi.  Fir’avn ikkala xizmatkoridan — bosh soqiysidan va bosh novvoyidan g‘azablandi+  va ularni Yusuf qamalgan zindonga+, soqchilar boshlig‘ining+ nazorati ostida bo‘lgan zindonga tashladi.  Soqchilar boshlig‘i Yusufni ularga xizmat qilishga tayinladi+. Ular bir muncha vaqt zindonda qolishdi.  Bir kuni kechasi, Misr shohining zindonda saqlanayotgan soqiysi ham, novvoyi ham tush ko‘rishdi. Har bir tushning o‘z ta’biri bor edi.  Ertalab Yusuf ularning oldiga kelganida, ular xafahol ekanini ko‘rdi.  Shunda Yusuf o‘zi bilan birga xo‘jayinining zindonida o‘tirgan fir’avnning xizmatchilaridan: «Nega bugun xomush ko‘rinasizlar?» — deb so‘radi.  Shunda ular Yusufga: «Ikkalamiz ham tush ko‘rdik, lekin tushimizni ta’birlab beradigan hech kim yo‘q»,— deb aytishdi. Yusuf ularga: «Tushning ta’biri Xudodan emasmi?+ Qani, tushlaringizni menga aytib beringlar-chi»,— dedi.  Bosh soqiy Yusufga tushini aytib berishni boshladi: «Tushimda, oldimda bir tok turgan edi. 10  Tokning uchta novdasi bor edi. Tok kurtak chiqarib, gulladi va meva tugib, uzum pishdi. 11  Qo‘limda esa fir’avnning kosasi bor edi. Men uzumni olib, fir’avnning kosasiga siqdim. Keyin kosani fir’avnga uzatdim». 12  Yusuf unga quyidagilarni aytdi: «Tushning ta’biri shunday: uchta novda — uch kun deganidir. 13  Uch kun ichida fir’avn sizni ozod qilib, o‘z vazifangizga qaytaradi+ va siz ilgarigidek soqiylik qilib, unga sharob uzatasiz+. 14  Ishlaringiz yurishib ketganidan keyin meni ham eslang. Meni bu yerdan ozod qilish uchun, iltimos, fir’avnga men haqimda aytib berib, menga mehr-sadoqat ko‘rsating. 15  Chunki men ibroniylarning+ yeridan zo‘rlik bilan olib ketilganman. Bu yerda ham, qamalishga loyiq hech qanday yomon ish qilmaganman»+. 16  Bosh novvoy tushning ta’biri yaxshi ekanini ko‘rib, Yusufga quyidagilarni aytib berdi: «Men ham tush ko‘rdim. Boshimda oq non solingan uchta savat bor edi. 17  Yuqoridagi savatga, fir’avnga atalgan har turli pishiriqlar solingan edi. Qushlar uchib kelib boshimdagi savatning ichidagilarni cho‘qiy boshladi». 18  Yusuf unga javob berib dedi: «Tushning ta’biri shunday: uchta savat — uch kun degani. 19  Uch kun ichida fir’avn boshingizni tanangizdan judo qiladi, tanangizni esa ustunga osadi. Qushlar tanangizni cho‘qib yeydi»+. 20  Uchinchi kuni fir’avnning tug‘ilgan kuni+ nishonlandi va u barcha xizmatkorlari uchun ziyofat uyushtirdi. U xizmatkorlarining ko‘zi oldida bosh soqiysini va bosh novvoyini zindondan chiqardi. 21  Bosh soqiysini avvalgi vazifasiga qaytardi va soqiy yana fir’avnga kosani uzatadigan bo‘ldi. 22  Bosh novvoyni esa, Yusuf ta’birlab berganiday ustunga osdi+. 23  Ammo bosh soqiy Yusufni eslamadi ham+.

Izohlar