Ibtido 46:1-34

  • Yoqub va oilasi Misrga ko‘chadi (1-7)

  • Misrga ko‘chganlarning ismlari (8-27)

  • Yusuf Yoqubni Go‘shenda kutib oladi (28-34)

46  Isroil oilasini va bor-budini olib yo‘lga chiqdi. Bershevaga+ yetib kelgach, u otasi Is’hoqning Xudosiga+ atab qurbonliklar keltirdi.  Tunda Alloh vahiy orqali Isroilga murojaat qilib: «Yoqub, Yoqub!» — deb chaqirdi. U esa: «Labbay!» — deb javob berdi.  Xudo shunday dedi: «Men haq Tangriman, otangning Xudosiman+. Misrga borishdan qo‘rqma. Chunki u yerda Men sendan buyuk bir xalq keltirib chiqaraman+.  Men O‘zim sen bilan Misrga boraman va O‘zim seni u yerdan qaytarib olib kelaman+. Vafot etganingda, Yusuf o‘z qo‘llari bilan sening ko‘zlaringni yopadi»+.  Shundan keyin Yoqub Bershevani tark etdi. Isroil o‘g‘illari otalari Yoqub bilan birgalikda bola-chaqalarini-yu xotinlarini fir’avn yuborgan aravalarga o‘tqazib ko‘chirishdi.  Bundan tashqari, ular Kan’on yurtida egalik qilgan podalarini va mulklarini ham o‘zlari bilan olib ketishdi. Nihoyat, Yoqub va uning barcha farzandlari Misrga yetib kelishdi.  U o‘zi bilan Misrga o‘g‘il-u qizlarini hamda nevaralarini — butun oilasini olib keldi.  Isroilning, ya’ni Yoqubning Misrga kelgan o‘g‘illarining ismlari+ quyidagichadir: Yoqubning to‘ng‘ichi Ruben+.  Rubenning o‘g‘illari: Xano‘x, Palluv, Xazron va Karmi+. 10  Shimo‘nning+ o‘g‘illari: Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo‘xar va kan’onlik ayoldan tug‘ilgan Shovul+. 11  Levining+ o‘g‘illari: Gershon, Qohot va Marori+. 12  Yahudoning+ o‘g‘illari: G‘ur, O‘nan, Shelo+, Paraz+ va Zerah+. Biroq G‘ur bilan O‘nan Kan’on yurtida vafot etishdi+. Parazning o‘g‘illari: Xazron va Xomul+. 13  Issaxorning o‘g‘illari: To‘lo, Puvax, Yo‘v va Shimron+. 14  Zabulunning+ o‘g‘illari: Sared, Elo‘n va Yaxliyol+. 15  Ushbu o‘g‘illarni va qizi Dinani+ Leax Paddon-Oromda Yoqubga tug‘ib bergan edi. Jami bo‘lib o‘g‘il-u qizlari 33 jon edi. 16  Gadning+ o‘g‘illari: Zifon, Xagi, Shuno, Ezbo‘n, Eri, Aro‘d va Erali+. 17  Osherning+ o‘g‘illari: Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Uning Serax ismli qizi ham bor edi. Bariyoning o‘g‘illari: Xaber va Malxiyol+. 18  Bular — Lobon qizi Leaxga bergan Zilponing+ Yoqubga tug‘ib bergan o‘g‘illar. Jami bo‘lib ular 16 jon edi. 19  Yoqubning xotini Rohiladan Yusuf+ va Benyamin+ tug‘ildi. 20  On* shahrining kohini Po‘tiferoning qizi Osanat+, Misr yurtida Yusufga Manashe+ va Efrayimni*+ tug‘ib berdi. 21  Benyaminning+ o‘g‘illari: Belax, Boxir, Oshbol, Gera+, No‘mon, Exi, Ro‘sh, Mupim, Xupim+ va Ard+. 22  Bular — Rohila Yoqubga tug‘ib bergan o‘g‘illar. Jami bo‘lib ular 14 jon edi. 23  Danning+ o‘g‘li*: Xushim+. 24  Naftali+ o‘g‘illari: Yaxzayol, Go‘no, Izar va Shillem+. 25  Bular — Lobon qizi Rohilaga bergan Bilxaxning Yoqubga tug‘ib bergan o‘g‘illar. Jami bo‘lib ular yetti jon edi. 26  Yoqubning kelinlaridan tashqari, Misrga Yoqub bilan kelgan va uning pushti kamaridan kelib chiqqanlar, jami bo‘lib 66 jon edi+. 27  Misrda Yusufning ikkita o‘g‘li tug‘ildi. Yoqub xonadonidan Misrga jami bo‘lib 70* jon bordi+. 28  Yoqub Go‘shenga ketayotganini Yusufga xabar berish uchun o‘zidan oldin Yahudoni+ yubordi. Shunda ular Go‘shen yeriga+ borishdi. 29  Yusuf aravasini hozirlatib, otasi Isroilni kutib olish uchun Go‘shenga jo‘nab ketdi. Yusuf otasini ko‘rganda, uning bo‘ynidan quchoqlagancha uzoq yig‘ladi. 30  Isroil Yusufga: «Diydoringni ko‘rib, tirik ekaningga amin bo‘ldim. Endi o‘lsam ham armonim yo‘q»,— deb aytdi. 31  Yusuf aka-ukalariga va otasining xonadonidagilarga quyidagilarni aytdi: «Men borib fir’avnga+: “Aka-ukalarim va otamning xonadonidagilar Kan’on yurtidan mening oldimga kelishdi+. 32  Ular chorvachilik+ bilan shug‘ullanuvchi podachilar+ va suruvlari-yu qoramollarini hamda bor-budlarini o‘zlari bilan olib kelishdi”+,— deyman. 33  Fir’avn sizlarni chaqirib: “Nima bilan shug‘ullanasizlar?” — deb so‘rasa, 34  sizlar unga: “Biz qullaringiz, bolaligimizdan chorvachilik bilan shug‘ullanamiz. Ota-bobolarimiz ham chorvador bo‘lishgan”+,— deb javob beringlar. Shunda sizlarni Go‘shen yeriga+ joylashtirishadi, chunki misrliklar cho‘ponlardan hazar qilishadi»+.

Izohlar

Ya’ni Geliopolis.
Septuagintada «Efrayim»dan keyin yana besh kishining ismi sanab o‘tilgan. Bu, Hv 7:14 da Stefan nima uchun 70 emas, 75 kishi deb aytganini tushunishga yordam beradi. U Septuagintaga asoslangan bo‘lishi mumkin.
So‘zma-so‘z «o‘g‘illari».
Yoki Septuagintaga binoan «75». Ibt 46:20 dagi izohga q.