Ibtido 6:1-22

  • Farishtalar yerda o‘zlariga xotin oladi (1-3)

  • Nefilimlar tug‘iladi (4)

  • Odamlarning qabihligidan Yahovaning qalbi eziladi (5-8)

  • Nuh kema qurish topshirig‘ini oladi (9-16)

  • Xudo To‘fon yubormoqchi ekanini ma’lum qiladi (17-22)

6  Yer yuzida odamlar tobora ko‘paya boshlab, ulardan qizlar ham dunyoga keldi.  Shunda farishtalar*+ odamzod qizlarining chiroyli ekaniga e’tibor qarata boshlashdi va tanlaganlarini xotinlikka oladigan bo‘lishdi.  Bundan so‘ng Yahova: «Men* odamlarga toabad toqat qilib o‘tirmayman+. Chunki ular shunchaki etdan tarkib topgan*. Shunday ekan, ularning umri 120 yil bo‘ladi*»+,— dedi.  Farishtalar odamzod qizlariga yaqinlashib, ulardan o‘g‘il bolalar tug‘ilgani natijasida, o‘sha kunlarda va undan keyin yer yuzida nefilimlar* yashagan. Ular qadimgi davrning qudratli va dong‘i chiqqan odamlari bo‘lishgan.  Yahova, yer yuzida odamlar qabihlikka botib ketganini, ularning qalbidagi niyatlari doim yomon ekanini ko‘rdi+.  Yahova yer yuzida insonni yaratganiga achinib*, qalbi ezilib ketdi+.  Shu bois, Yahova: «O‘zim yaratgan insonlarni yer yuzidan yo‘q qilib yuboraman. Odamlarga qo‘shib uy hayvonlarini, o‘rmalab yuruvchi* jonzotlarni va osmonda uchib yuruvchi jonivorlarni ham qirib tashlayman. Chunki ularni yaratganimga achinib ketdim»,— deb aytdi.  Nuh esa Yahovaning iltifotiga sazovor bo‘lgan edi.  Nuhning hayotiga taalluqli bayonot quyidagicha: Nuh odil inson+ bo‘lib, zamondoshlaridan farqli ravishda, benuqson ekanini namoyon etgan edi. Nuh Xudoga hamroh bo‘lib yashardi+. 10  Nuh vaqt o‘tib, Som, Xom va Yofas ismli uch nafar o‘g‘il ko‘rdi+. 11  Ammo yer yuzi zo‘ravonlikka to‘lib-toshib, haq Tangrining nazarida jirkanch ahvolga tushdi. 12  Alloh yer yuziga nazar tashlab, uning jirkanch ahvolda+ ekanini, butun odamzod razillashib ketganini ko‘rdi+. 13  Shunda Xudo Nuhga quyidagilarni aytdi: «Men butun jonzotni yo‘q qilishga qaror qildim, chunki ularning dastidan yer zo‘ravonlikka to‘lib ketdi. Shunday ekan, Men odamzodni va yerni halokatga duchor qilaman+. 14  Sen o‘zingga smolali daraxt yog‘ochidan* kema* yasab+, ichini xonalarga ajrat va ichki hamda tashqi tomoniga smola+ surtib chiq. 15  Kemani mana bunday qilib yasa: uzunligi 300 tirsak*, eni 50 tirsak, balandligi esa 30 tirsak bo‘lsin. 16  Kemaning tepa qismidan bir tirsak joy qoldirib, yorug‘lik tushib turishi uchun deraza* yasa. Kemaga kiradigan joy yon tarafida+ bo‘lsin, ichida esa pastki, ikkinchi va uchinchi qavatlarni yasa. 17  Men yer yuziga to‘fon+ yuborib, falak ostidagi hayot nafasi* bor bo‘lgan barcha jonzotlarni qirib tashlamoqchiman. Yer yuzidagi butun jonzot halok bo‘ladi+. 18  Sen bilan esa ahd qilyapman. Kemaga sen bilan birga o‘g‘illaring, xotining va kelinlaring kirishsin+. 19  Sen bilan birga tirik qolishi uchun, kemaga jonzotlarning+ har bir turidan bir juftdan, erkak va urg‘ochi qilib kirgiz+. 20  Tirik qolishi uchun qanotli jonivorlarning, uy hayvonlarining va o‘rmalab yuruvchi hayvonlarning har bir turidan bir juftdan kirgiz+. 21  Bundan tashqari, oziq-ovqatning har bir turidan g‘amlab ol+. Bu senga va jonivorlarga yegulik bo‘ladi». 22  Nuh hammasini Alloh amr etgani bo‘yicha bajardi. U aynan aytilganiday qildi+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «Xudoning o‘g‘illari».
So‘zma-so‘z «Mening ruhim».
Boshqa variant «chunki ular tanaga xos harakat qiladi».
Yoki «120 yil yashashiga yo‘l qo‘yaman».
Taxminiy ma’nosi «qulatuvchilar», ya’ni boshqalarni yerga qulatadiganlar. Lug‘atga q.
Yoki «qayg‘urib».
Ibt 1:24 izohiga q.
So‘zma-so‘z «gofer yog‘ochi», ehtimol, sarv daraxti.
So‘zma-so‘z «sandiq».
Bir tirsak=44,5 sm. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Ibr. soxar; bu so‘z yorug‘lik tushadigan tuynuk yoki derazani emas, bir tirsak qiyalikda qurilgan tomni ham bildirishi mumkin.
Yoki «hayot ruhi».