Ishayo 11:1-16
11 Essayning+ to‘nkasidan novda+ o‘sib chiqadi,Ildizidan ungan nihol+ hosil keltiradi.
2 Uning ustida Yahovaning ruhi+,Donolik+ va idrok ruhi,Nasihat va qudrat ruhi+,Bilim va Yahovadan qo‘rqish ruhi bo‘ladi.
3 U Yahovadan qo‘rqishdan mamnuniyat topadi+.
U ko‘zlari bilan ko‘rganiga asoslanib hukm qilmaydi,Qulog‘i bilan eshitgani bo‘yicha tanbeh bermaydi+.
4 Bechoralarni u haqqoniyat ila hukm qiladi,Yerdagi kamtarinlar* manfaatini ko‘zlab adolat ila tanbeh beradi.
Yer yuzini og‘zidan chiqgan tayoq bilan uradi+,Yovuzlarni og‘zidan chiqgan nafasi* ila o‘ldiradi+.
5 U beliga odillik kamarini taqadi,Sadoqat belidagi belbog‘ bo‘ladi+.
6 Bo‘ri qo‘zi bilan tinch-totuv yashaydi+,Uloq qoplon bilan yotadi.Buzoq, sher va bo‘rdoqi mol birga yuradi*+.
Ularni yosh bola yetaklaydi.
7 Sigir ayiq bilan o‘tlaydi,Ularning bolalari birga yotadi.
Sher buqa kabi somon yeydi+.
8 Go‘dak ilon uyasi ustida o‘ynaydi,Ko‘krakdan ayrilgan bola qo‘lini qora ilon uyasiga suqadi.
9 Ular muqaddas tog‘imning hech bir yerida zarar yetkazmaydi+,Hech qanday ziyon ham keltirmaydi+.Suvlar dengizni to‘ldirgani kabi,Yer yuzi ham Yahova haqidagi bilimga to‘ladi+.
10 O‘sha kuni Essayning tomiri+ xalqlar uchun belgi kabi bo‘ladi+.
Xalqlar undan yo‘l-yo‘riq so‘rab keladi+,Uning maskani hashamatli bo‘ladi.
11 Yahova o‘sha kuni Ossuriya+, Misr+, Patro‘s+, Kush*+, Elam+, Shinar*, Xomat va dengiz orollaridan xalqining omon qolganlarini yig‘ish uchun qaytadan, ikkinchi bor qo‘lini uzatadi+.
12 U xalqlar uchun belgi o‘rnatib, Isroilning tarqalib ketganlarini to‘playdi+. Yahudoning sochilib ketganlarini yerning to‘rt burchagidan yig‘ib oladi+.
13 Efrayimning hasadgo‘yligiga chek qo‘yiladi+,Yahudoga dushmanlik qilganlar barham topadi.
Efrayim Yahudoga hasad qilmaydi,Yahudo ham Efrayimga xusumat qilmaydi+.
14 Ular g‘arbga, filistimliklar qiyaliklariga hujum qiladi,Birgalashib Sharq xalqlarini talon-toroj qiladi.
Ular Edom+ bilan Mo‘abni+ mag‘lub etib,Ommonliklarni bo‘ysundiradi+.
15 Yahova Misr dengizi ko‘rfazini bo‘ladi*+,Furot daryosi+ uzra qo‘lini silkitadi.
Lovullagan nafasini uning yettita irmog‘iga urib*,Xalq sandallarini yechmay o‘tadigan qiladi.
16 Isroil Misr yurtidan chiqgan kundagiday,Xalqining omon qolganlari+ Ossuriyadan chiqganda, katta yo‘l ochiladi+.
Izohlar
^ Yoki «muloyim, beozor».
^ Yoki «ruhi».
^ Boshqa variant «Buzoq bilan sher birga o‘tlaydi».
^ Yoki «Habashiston (Efiopiya)».
^ Ya’ni Bobil.
^ Boshqa variant «quritadi».
^ Boshqa variant «uni yettita irmoqga bo‘lib».