Ishayo 21:1-17
21 Dengiz sahrosiga* qarshi hukm+:
Ushbu falokat sahrodan, dahshatli o‘lkadan+,Janub tomondan bo‘ronday yaqinlashib kelyapti.
2 Men qo‘rqinchli bir vahiy ko‘rdim:
Xoin xoinlik qilmoqda,Buzg‘unchi vayron qilmoqda.
Qo‘zg‘al, ey Elam! Qamal qil, ey Midiya!+
U keltirgan barcha oh-u nolalarga chek qo‘yaman+.
3 Ushbu vahiy dastidan og‘ir dard chekyapman+.
Ko‘zi yoriyotgan ayol kabiMeni to‘lg‘oq tutdi.
Azobda qolganimdan hech narsani eshitmayapman,Sarosimaga tushganimdan hech nimani ko‘rmayapman.
4 Yuragim bezovta, qo‘rquvdan dag‘-dag‘ titrayapman.
Men kutgan oqshom endi meni dahshatga solyapti.
5 Dasturxonni yozing, o‘rinlarni hozirlang!
Yeb-iching!+
Ey beklar, o‘rningizdan turib, qalqonni moylang!
6 Yahova menga shunday dedi:
«Bor, bir qo‘riqchi tayinla, u ko‘rganlarini xabar qilsin».
7 U bir juft otga,Eshaklar-u tuyalarga qo‘shilganJang aravalarini ko‘rdi.
U yaxshilab, diqqat bilan qarab turgan edi.
8 Keyin u sherday bo‘kirib, shunday dedi:
«Ey Yahova, kun bo‘yi qo‘riqchi minorasida turibman,Tunlari ham o‘z o‘rnimni tark etmayapman+.
9 Qarang, yaqinlashib kelyapti:
Bir juft otga qo‘shilgan jang aravada odamlar kelyapti!»+
So‘ng u jar solib dedi:
«U quladi! Bobil quladi!+
Uning barcha butlarini Xudo yer bilan yakson qildi!»+
10 Ey, g‘alla kabi yanchilgan xalqim!Ey, xirmonimdagi don!+Isroil Xudosi, Qo‘shinlar Sarvari Yahovadan eshitganlarimni senga aytib berdim.
11 Dumaxga* qarshi hukm:
Kimdir Seirdan+:
«Ey qo‘riqchi, qachon tong otadi?
Ey qo‘riqchi, qachon tong otadi?» — deya menga xitob qilyapti.
12 Qo‘riqchi javoban dedi:
«Tong yorishay deb qoldi, lekin tun ham yaqin.
So‘ramoqchi bo‘lsangiz, so‘ranglar.
Qaytib kelinglar!»
13 Dashtga qarshi hukm:
Ey, Dedon+ karvonlari,Dashtdagi daraxtzorda tunaysizlar.
14 Ey, Temo+ yurtining ahli,Chanqagan kishini suv bilan,Qochqinni non bilan qarshi oling.
15 Zero, ular qilichdan, yalang‘ochlangan qilichdan,Tortilgan kamondan, shiddatli jangdan qochgan.
16 Yahova menga shunday dedi: «Kedarning+ butun shuhrati, yollanma ishchining muddatiga o‘xshab* bir yil ichida nihoyasiga yetadi.
17 Isroil Xudosi Yahova aytganiday, Kedar kamonchilaridan, jangchilaridan ozchilik qoladi».
Izohlar
^ Qadimgi Bobil hududi bo‘lishi mumkin.
^ Ma’nosi «sukunat». Bu, Edomga berilgan bashoratli nom.
^ Yoki «yollanma ishchining muddati bilan hisoblaganda».