Levilar 1:1-17

  • Kuydiriladigan qurbonlik (1–17)

1  Yahova Musoni chaqirib, uchrashuv chodiridan+ unga quyidagicha dedi:  «Isroil o‘g‘illariga murojaat qilib, shunday deb ayt: “Orangizdan kimdir uy hayvonlaridan Yahovaga nazr qilmoqchi bo‘lsa, nazrini qoramol yoki qo‘y-echkilaridan keltirsin+.  Agar u qoramollaridan birortasini kuydiriladigan qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa, nuqsonsiz buqani+ nazr qilib keltirsin. Nazrni uchrashuv chodirining kiraverishiga o‘z ixtiyori bilan+ olib kelib, Yahovaning oldiga qo‘ysin.  U kuydiriladigan qurbonlik qilib keltiriladigan hayvonning boshiga qo‘lini qo‘ysin, shunda gunohi yuvilishi uchun qurbonlik qabul qilinadi.  So‘ng yosh buqa Yahovaning oldida so‘yilsin. Ruhoniylar+ bo‘lmish Horunning o‘g‘illari qonni olib kelib, uchrashuv chodirining kiraverishida turgan qurbongohning hamma tomoniga sachratib chiqishsin+.  Kuydiriladigan qurbonlikning terisi shilib olinib, bo‘laklarga bo‘linsin+.  Ruhoniylar bo‘lmish Horunning o‘g‘illari qurbongohga cho‘g‘ olib kelib+, ustiga o‘tin terib qo‘yishsin.  Ular qurbonlikning bo‘laklarini+, kallasi va charvisi* bilan birga qurbongohdagi cho‘g‘ ustiga qo‘yishsin.  Uning ichaklari va pochalari suv bilan yuvilsin. Ruhoniy bularning barini qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun kuydirsin. Bu — Yahova uchun olovda kuydiriladigan xush* hidli nazr+. 10  Agarda u qo‘y va echkilari orasidan birorta hayvonni kuydiriladigan qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa+, nuqsonsiz yosh qo‘chqor yoki takani nazr qilib keltirsin+. 11  Jonliq qurbongohning shimol tomonida, Yahovaning oldida so‘yilsin. Ruhoniylar bo‘lmish Horunning o‘g‘illari qonni olib qurbongohning hamma tomoniga sachratib chiqishsin+. 12  U jonliqni bo‘laklarga bo‘lsin va kallasi bilan charvisini ajratib olsin. Ruhoniy bo‘laklarni qurbongohdagi olovga qalangan o‘tin ustiga qo‘ysin. 13  U ichaklarini va pochalarini suv bilan yuvsin. Ruhoniy bularning barini qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun kuydirsin. Bu — Yahova uchun olovda kuydiriladigan xush hidli nazr. 14  Agar u kuydiriladigan qurbonlik sifatida Yahovaga qushlarni nazr qilsa, unda g‘urrak* yoki kaptar palaponlarini keltirsin+. 15  Ruhoniy qushni qurbongoh yoniga olib kelib bo‘ynini sindirsin* va qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun kuydirsin. Qoni esa qurbongohning devoriga oqizilsin. 16  U qushning jig‘ildonini olib, patlari bilan birga qurbongohning yoniga, sharq tomonga, kul* turgan joyga tashlasin+. 17  Qushni qanotlarining yonidan kesib qo‘ysin, ammo ikkiga ajratmasin. Keyin ruhoniy qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun qushni yonayotgan o‘tin ustiga qo‘yib kuydirsin. Bu — kuydiriladigan qurbonlik, Yahova uchun olovda kuydiriladigan xush hidli nazr.

Izohlar

Yoki «buyraklarni qoplab turgan yog‘i».
Yoki «tinchlantiradigan, orombaxsh». So‘zma-so‘z «taskin beradigan».
Yoki «qumri».
Ya’ni bo‘ynini uzmasdan barmoq tirnog‘i bilan terisi tilinardi.
Yoki «yog‘li kul», ya’ni qurbon qilingan jonliqlarning yog‘ini shimib olgan kul.