Levilar 10:1-20

  • Yahovaning olovi Nadov va Abihuni halok qiladi (1-7)

  • Ruhoniylar uchun yegulik va ichkilikka oid qoidalar (8-20)

10  Bir muncha vaqt o‘tib, Horunning o‘g‘illari Nadov bilan Abihu+ olovkuraklariga* olov solib, ustiga tutatqi qo‘yishdi-da+, Yahovaning oldiga, U buyurmagan, qonunga zid bo‘lgan olovni olib kirishdi+.  Shunda Yahovaning huzuridan olov tushib, ularni halok qildi+. Shu tariqa ular Yahovaning huzurida o‘lishdi+.  So‘ng Muso Horunga dedi: «Yahova: “Menga yaqin bo‘lgan kishilar orasida muqaddas bo‘lishim+ va butun xalq oldida ulug‘lanishim kerak”,— deb aytdi». Horun bo‘lsa indamay turdi.  Muso Horunning amakisi Uziyolning+ o‘g‘illari Mishail bilan Elizofonni chaqirib, ularga: «Bu yoqga kelinglar, birodarlaringizni muqaddas joydan qarorgohning tashqarisiga olib chiqinglar»,— dedi.  Ular borib, uzun ko‘ylak kiygan Nadov bilan Abihuni, Muso aytganiday, qarorgoh tashqarisiga olib chiqishdi.  Muso Horun bilan uning o‘g‘illari Elazar va Itamarga bunday dedi: «Halok bo‘lmasliklaringiz va butun jamoa Xudoning g‘azabiga uchramasligi uchun, sochlaringizni to‘zmanglar, kiyimlaringizni yirtmanglar+. Butun Isroil xonadonidagi birodarlaringiz, Yahova olovda kuydirib yuborganlar uchun yig‘i-sig‘i qilishsin.  Sizlar bo‘lsa halok bo‘lmaslik uchun, uchrashuv chodirining kiraverishidan nari ketmanglar, chunki Yahovaning muqaddas moyi bilan moylangansizlar»+. Ular Muso aytganday qilishdi.  Keyin Yahova Horunga dedi:  «Uchrashuv chodiriga kirganda, halok bo‘lmaslik uchun, sen ham, o‘g‘illaring ham sharob yoki boshqa ichkilik ichmanglar+. Bu — avlodlaringiz uchun asrlar osha amal qilinadigan qoida bo‘lsin. 10  Shu tariqa, muqaddas narsani muqaddas bo‘lmagan narsadan, pok narsani nopokdan ajrata olasizlar+. 11  Shuningdek, Yahova Isroil xalqiga Muso orqali bergan qoidalarni o‘rgata olasizlar»+. 12  So‘ngra Muso Horun bilan uning qolgan o‘g‘illari, Elazar va Itamarga shularni aytdi: «Yahovaga atab olovda kuydiriladigan qurbonliklardan ortgan don nazrini olinglar-da, xamirturush qo‘shmay non tayyorlab, qurbongoh oldida yenglar+. Chunki bu, g‘oyat muqaddas narsadir+. 13  Uni muqaddas joyda yenglar+, boisi u — Yahovaga atab olovda kuydiriladigan nazrlardan sizlarga va o‘g‘illaringizga tekkan ulushdir. Chunki menga shunday buyurilgan. 14  Silkitiladigan nazr qilib olib kelingan to‘sh va muqaddas ulush sifatida keltirilgan sonni+ o‘g‘il-qizlaringiz bilan birga pok joyda yenglar+. Sababi bu, Isroil xalqi olib kelgan tinchlik qurbonliklaridan sizlarga va o‘g‘illaringizga tekkan ulushdir. 15  Ular muqaddas ulush sifatida berilgan sonni, silkitiladigan nazr qilib olib kelingan to‘shni va kuydiriladigan qurbonliklar yog‘ini Yahovaning huzurida silkitish uchun olib kelishsin. Bu, Yahova buyurganiday, asrlar osha sizlar va o‘g‘illaringiz uchun ulush bo‘ladi»+. 16  Muso gunoh qurbonligi qilib keltiriladigan takani+ rosa qidirdi, ammo u allaqachon kuydirib bo‘linganini bilib qoldi. Shunda Muso Horunning qolgan o‘g‘illari Elazar bilan Itamarga jahli chiqib, dedi: 17  «Nega gunoh qurbonligini muqaddas joyda yemadilaring?+ Axir bu, g‘oyat muqaddas narsa emasmi?! U sizlarga jamoaning gunohlari uchun javobgar bo‘lishlaring, Yahova oldida ularni gunohdan forig‘ etishlaring uchun berilgan edi-ku! 18  Uning qoni esa muqaddas joyga olib kirilmabdi+. Menga berilgan amrga ko‘ra, sizlar uni muqaddas joyda yeyishlaring kerak edi». 19  Horun Musoga: «Ular bugun gunoh qurbonligi bilan kuydiriladigan qurbonlikni Yahovaning huzuriga olib kelishdi+, lekin men bu qurbonliklarni yeya olmadim. Axir o‘zingiz boshimga nimalar tushganidan xabardorsiz-ku. Agar gunoh qurbonligini bugun yeganimda, bu Yahovaga ma’qul kelgan bo‘larmidi?!» — dedi. 20  Musoga uning aytganlari asosli bo‘lib ko‘rindi.

Izohlar