Levilar 17:1-16
17 Yahova Musoga shunday deb aytdi:
2 «Horunga, uning o‘g‘illariga va butun Isroil o‘g‘illariga mana bu gaplarimni yetkaz: “Yahova quyidagilarni amr etdi:
3 “Isroil xonadonidan bo‘lgan biror kishi buqani yoki yosh qo‘chqorni yoxud takani qarorgohda yoki uning tashqarisida so‘ysa,
4 ya’ni uni Yahovaga nazr qilish uchun Yahovaning muqaddas chodiriga, uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelmasa, o‘sha inson qon to‘kilishida aybdor hisoblanadi. Qon to‘kkani uchun, u o‘z xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
5 Shunday ekan, bundan buyon Isroil o‘g‘illari hayvonlarini dalada so‘ymasdan, ularni Yahovaga, uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib ruhoniyga berishsin. Isroil o‘g‘illari hayvonlarni tinchlik qurbonliklari sifatida Yahovaga qurbon qilishsin+.
6 Ruhoniy bo‘lsa qonni uchrashuv chodirining kiraverishida turgan Yahovaning qurbongohiga sachratsin va yog‘ini Yahovaga atalgan xush hidli nazr sifatida kuydirsin+.
7 Shunday qilib, ular bundan buyon takasifat jinlarga*+ qurbonliklar keltirishmasin. Chunki ular o‘sha takasifat jinlarga ergashib bevafolik qilishgan*+. Bu, avlodlaringiz osha, asrlar davomida sizlar uchun qoida bo‘lib qolsin”.
8 Sen ularga shunday deb ayt: “Isroil xonadonidan bo‘lgan biror kishi yoki oralaringizda yashayotgan musofir kuydiriladigan qurbonlik yoki boshqa qurbonlik keltirsa-yu,
9 uni Yahovaga nazr qilish uchun uchrashuv chodirining kiraverishiga yetaklab kelmasa, u o‘z xalqi orasidan yo‘q qilinsin+.
10 Isroil xonadonidan bo‘lgan biror kishi yoki oralaringizda yashayotgan musofir qandaydir qonni iste’mol qilsa+, Men o‘sha insondan yuz o‘giraman va uni o‘z xalqi orasidan yo‘q qilaman.
11 Zero, tirik mavjudotning joni* qondadir+. Gunohlaringizni yuvinglar deya, Men sizlarga qonni qurbongoh uchun berdim+. Qon orqali gunohdan forig‘ bo‘lasizlar+, chunki jon qondadir.
12 Aynan shu sababli, Men Isroil o‘g‘illariga: “Hech biringiz qonni iste’mol qilmang+. Oralaringizda yashayotgan musofir ham qonni iste’mol qilmasin”+,— deb aytganman.
13 Isroil o‘g‘illaridan birortasi yoki oralaringizda yashayotgan musofir ov qilganda yesa bo‘ladigan yovvoyi hayvonni yoxud qushni tutsa, uning qonini oqizib+, qonni tuproq bilan ko‘mib qo‘ysin.
14 Zero, har bir tirik mavjudotning joni qondadir, chunki qonda hayot bor. Aynan shuning uchun, Men Isroil o‘g‘illariga: “Hech bir tirik mavjudotning qonini iste’mol qilmanglar, chunki har bir tirik mavjudotning joni qondadir. Qonni yegan inson o‘z xalqi orasidan yo‘q qilinsin”+,— deganman.
15 Kimki yirtqich hayvon tilka-pora qilgan yoki o‘lgan hayvonning go‘shtini yesa+, xoh u isroillik bo‘lsin, xoh u musofir bo‘lsin, kiyimlarini yuvsin va o‘zi ham cho‘milsin. U kechqurungacha nopok hisoblanadi+. Keyin pok bo‘ladi.
16 Bordi-yu, kiyimlarini yuvmasa va cho‘milmasa, u xatosi uchun jazolansin”»+.
Izohlar
^ Ularga sig‘ingan kishilar, ehtimol, ularni takaga o‘xshagan junli maxluqlar sifatida tasavvur qilishgan.
^ So‘zma-so‘z «fohishalik qilishgan».
^ Yoki «hayoti».