Levilar 21:1-24

  • Ruhoniylar muqaddas va bulg‘anmagan bo‘lishi lozim (1-9)

  • Oliy ruhoniy o‘zini bulg‘amasligi kerak (10-15)

  • Ruhoniylarning tanasida nuqson bo‘lmasligi kerak (16-24)

21  Yahova Musoga shunday dedi: «Ruhoniylarga, Horunning o‘g‘illariga quyidagilarni ayt: “Hech bir ruhoniy xalqi orasidan vafot etgan kishi uchun o‘zini bulg‘amasin+.  Ammo eng yaqin qarindoshi, ya’ni onasi, otasi, o‘g‘li, qizi, akasi yoki ukasi,  bitta uyda yashaydigan* bokira opasi yoki singlisi qazo qilsa, aza tutishi mumkin.  U, xalqi orasidan biror kishiga turmushga chiqqan ayol uchun o‘zini bulg‘ab, nopok bo‘lmasligi darkor.  Ruhoniylar boshlarini kal qilishmasin+, soqollarining uchini qirqishmasin* yoki badanlarini kesishmasin+.  Ular o‘z Tangrisi oldida muqaddas bo‘lib+, Uning ismiga dog‘ tushirishmasin+. Chunki ular Yahovaga kuydiriladigan nazrlarni, Xudoga taom* taqdim etishadi. Shu bois, ular muqaddas bo‘lishlari lozim+.  Fohishaga+, nomusiga tegilgan yoki eri bilan ajrashgan ayolga+ uylanishmasin. Sababi, ruhoniy o‘z Xudosi uchun muqaddasdir.  Sizlar, ey Isroil o‘g‘illari, ruhoniyni muqaddas deb bilishingiz kerak+, chunki u Tangringizning taomini taqdim etadi. U sizlar uchun muqaddas bo‘lsin, boisi Men, sizlarni muqaddas qilgan Yahova, muqaddasman+.  Bordi-yu, ruhoniyning qizi fohishalik qilib o‘zini bulg‘asa, otasini uyatga qoldiradi. Uni o‘ldirib, jasadini olovda kuydirib yuborish kerak+. 10  Birodarlari orasida boshiga muqaddas moy quyilib+, ruhoniylik kiyimini+ kiyish vazifasiga tayinlangan oliy ruhoniy sochlarini to‘zitib yurmasin, kiyimlarini ham yirtmasin+. 11  U hech bir o‘lgan kishiga* yaqinlashmasin+. Hatto otasi yoki onasi uchun o‘zini bulg‘amasin. 12  U muqaddas maskandan nari ketmasin va Allohning muqaddas maskanini bulg‘amasin+, chunki uning boshida bag‘ishlanganlik belgisi, Tangrisining muqaddas moyi bor+. Men Yahovaman. 13  U bokira qizga uylansin+. 14  Bevaga, ajrashgan yoki nomusiga tegilgan ayolga yoki fohishaga uylanmasin. Aksincha, o‘z xalqining orasidan bokira qizga uylansin. 15  Xalqining orasida zurriyotini* bulg‘amasin+, chunki Men uni muqaddas qilgan Yahovaman”». 16  Yahova Musoga gapirishda davom etib, dedi: 17  «Horunga bunday deb ayt: “Nuqsoni bor hech bir zurriyoting, avlodlari osha, Xudosiga taom taqdim etish uchun muqaddas joyga yaqinlashmasin. 18  Muqaddas joyga tanasida nuqsoni borlar, ya’ni ko‘r, cho‘loq, badbashara*, qo‘l yoki oyoqlaridan biri haddan ortiq uzun, 19  oyog‘i yoki qo‘li singan, 20  bukur, pakana*, ko‘zida xastaligi bo‘lgan, toshmasi bor, qirma temiratki toshgan yoki moyagi ezilgan kishi yaqinlashmasin+. 21  Ruhoniy Horunning zurriyotidan tanasida nuqsoni bo‘lgan hech bir kishi, Yahovaga olovda kuydiriladigan nazrlarni taqdim etish uchun qurbongohga yaqinlashmasin. Sababi, uning nuqsoni bor bo‘lib, u Xudosiga taom tortiq etish uchun qurbongohga yaqinlasha olmaydi. 22  U Tangrisining taomlaridan — g‘oyat muqaddas va muqaddas narsalardan+ tanovul qilishi mumkin+. 23  Biroq tanasida nuqsoni bo‘lgani bois, pardaga+ va qurbongohga+ yaqinlashib, muqaddas maskanimni+ bulg‘amasin. Chunki Men ularni muqaddas qilgan Yahovaman”+». 24  Muso bularning hammasini Horunga, uning o‘g‘illariga va butun Isroil xalqiga aytdi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «o‘ziga yaqin bo‘lgan».
Bu, soqolni umuman tartibga keltirmaslikni anglatmaydi. Ehtimol, bu yerda butparastlarning odatlari nazarda tutilgan.
Yoki «non». Qurbonliklar nazarda tutilgan.
Yoki «jonga». Bu yerdagi ibroniycha nefesh so‘zi «o‘lik» ma’nosini beruvchi ibroniycha so‘z bilan bog‘liq.
So‘zma-so‘z «urug‘ini».
Yoki «burnida kesigi bor».
Boshqa variant «nimjon».