Levilar 7:1-38
7 Ayb qurbonligi haqidagi qonun quyidagicha+: u g‘oyat muqaddas qurbonlikdir.
2 Ular ayb qurbonligini kuydiriladigan qurbonliklar so‘yiladigan joyda so‘yishsin. Ruhoniy uning qonini+ qurbongohning hamma tomoniga sachratib chiqsin+.
3 Ruhoniy uning butun yog‘ini+, jumladan, dumbasini, ichaklarini qoplab turgan yog‘ni,
4 ikkita buyragini va ularni qoplab turgan yog‘ni, ya’ni sonlarining yonidagi yog‘ni olib kelsin. Shuningdek, u buyraklar bilan birga jigardagi yog‘ni ajratib olsin+.
5 Ruhoniy ularni Yahovaga atalgan kuydiriladigan nazr sifatida qurbongohda kuydiradi+. Bu — ayb qurbonligidir.
6 Uni, ruhoniy bo‘lgan erkaklarning hammasi muqaddas joyda yesin+. Chunki bu g‘oyat muqaddasdir+.
7 Gunoh qurbonligiga taalluqli qonun, ayb qurbonligiga ham taalluqlidir. Bu qurbonlik, u orqali gunohni yuvadigan ruhoniyga tegishli+.
8 Ruhoniy biror kishining kuydiriladigan qurbonligini keltirsa, bu qurbonlikning terisi+ ruhoniyga tegishli bo‘lsin.
9 Tandir yoki qozonda yoki tovada pishiriladigan har qanday don nazri+, uni keltirgan ruhoniyga tegishli bo‘lsin. Bu nazr ruhoniyniki bo‘lsin+.
10 Ammo moy qo‘shilgan+ yoki qo‘shilmagan+ har qanday don nazri Horunning o‘g‘illariga tegishli bo‘lib, har biriga teng miqdorda berilsin.
11 Yahovaga atalgan tinchlik qurbonligi+ borasidagi qonun quyidagichadir:
12 agar kimdir tinchlik qurbonligini minnatdorchilik sifatida+ olib kelsa, shukrona qurbonligi bilan birga moy qo‘shilgan halqa shaklidagi xamirturushsiz nonlar, ustiga moy surtilgan lochiralar va oliy navli undan ichiga moy qo‘shib, yaxshilab aralashtirib tayyorlangan halqa shaklidagi nonlarni keltirsin.
13 U o‘zining nazrini, shukrona qurbonligi sifatida keltirgan tinchlik qurbonliklari va xamirturush qo‘shilgan halqa shaklidagi nonlar bilan birga olib kelsin.
14 Nazrlarining har biridan muqaddas ulush sifatida Yahovaga bittadan olib kelsin. Bu, tinchlik qurbonliklarining qonini qurbongohga sachratadigan ruhoniyga tegishli bo‘lsin+.
15 Shukrona qurbonligi sifatida keltirilgan tinchlik qurbonliklarining go‘shti, keltirilgan kuni yeyilsin. Ertalabgacha undan hech narsa qoldirilmasin+.
16 Bordi-yu, uning qurbonligi qasam nazri+ yoki ixtiyoriy nazr+ bo‘lsa, qurbonlik olib kelingan kuni yeyilsin. Ortib qolganini ertasi kuni ham yesa bo‘ladi.
17 Lekin qurbonlik go‘shti uchinchi kungacha qolsa, o‘tda yondirilsin+.
18 Agar tinchlik qurbonligining go‘shti uchinchi kuni ham yeyilsa, uning qurbonligi Xudoga ma’qul kelmaydi va hisobga o‘tmaydi. Bu qurbonlik jirkanch narsa bo‘lib, uni yegan kishi qilgan gunohi uchun javob beradi+.
19 Nopok narsaga tekkan go‘shtni yeb bo‘lmaydi, uni o‘tda yondirish kerak. Toza go‘shtni esa, har qanday toza odam yeya oladi.
20 Agar nopok odam Yahovaga atalgan tinchlik qurbonligining go‘shtini yesa, u xalqi orasidan yo‘q qilinsin+.
21 Bordi-yu, qaysidir kishi insonning biror nopokligiga+ yoki nopok hayvonga+ yoki har qanday nopok jirkanch narsaga+ tegib, Yahovaga atalgan tinchlik qurbonligining go‘shtidan yesa, u xalqi orasidan yo‘q qilinsin”».
22 Yahova so‘zida davom etib, Musoga shunday dedi:
23 «Isroil xalqiga bunday deb ayt: “Buqa, yosh qo‘chqor yoki takaning yog‘ini yemanglar+.
24 O‘lgan hayvonning yog‘i va yirtqich hayvon g‘ajib tashlagan hayvonning yog‘ini boshqa turli maqsadlarda ishlatsa bo‘ladi, lekin aslo yeb bo‘lmaydi+.
25 Kimki Yahovaga atab olovda kuydiriladigan nazr sifatida keltirilgan hayvonning yog‘ini yesa, xalqi orasidan yo‘q qilinsin.
26 Qayerda yashamanglar, qushlarning ham, jonivorlarning ham qonini iste’mol qilmanglar+.
27 Qon iste’mol qilgan har qanday kishi xalqi orasidan yo‘q qilinsin”+».
28 Yahova Musoga yana quyidagilarni aytdi:
29 «Isroil xalqiga bunday deb ayt: “Yahovaga atab tinchlik qurbonligini olib kelgan kishi tinchlik qurbonligining bir qismini Yahovaga bersin+.
30 U o‘z qo‘li bilan qurbonlikning yog‘i+ bilan to‘shini Yahovaga atab olovda kuydiriladigan nazr sifatida olib kelsin va uni Yahovaning oldida silkitiladigan nazr sifatida silkitsin+.
31 Ruhoniy yog‘ni qurbongohda kuydirsin+. To‘sh esa Horun bilan uning o‘g‘illariga tegishli bo‘lsin+.
32 Tinchlik qurbonligining o‘ng sonini muqaddas ulush sifatida ruhoniyga beringlar+.
33 Horunning o‘g‘illari orasidan kim tinchlik qurbonliklarining qoni bilan yog‘ini Xudoga taqdim etsa, qurbonlikning o‘ng soni o‘shaning ulushi bo‘ladi+.
34 Chunki Men, tinchlik qurbonliklaridan silkitiladigan nazr sifatida olib kelingan to‘shni hamda muqaddas ulush qilib keltirilgan sonni Isroil xalqidan olib, ruhoniy bo‘lmish Horun bilan uning o‘g‘illariga beraman. Bu — Isroil xalqi uchun asrlar osha qoida+.
35 Bu — Yahovaga atab olovda kuydiriladigan qurbonliklar orasidan Horun bilan uning o‘g‘illariga ajratilgan ruhoniylik ulushi. Bu ulush, ular Yahovaga ruhoniy bo‘lib xizmat qilishga tayinlangan kuni berilgan+.
36 Yahova Isroil xalqiga bu ulushni ularga berishni, ularni ruhoniy etib tayinlagan kuni buyurgan+. Bu — asrlar osha, avloddan avlodga o‘tadigan amr”».
37 Kuydiriladigan qurbonlik+, don nazri+, gunoh qurbonligi+, ayb qurbonligi+, ruhoniylik xizmatiga tayinlanganda keltiriladigan qurbonlik+ va tinchlik qurbonligiga+ taalluqli qonun shudir.
38 Bu qonunni Yahova Musoga Sinay tog‘ida+, u Sinay sahrosida Isroil xalqiga Yahovaga atab qurbonliklar keltirishni buyurgan kuni bergan+.