Matto 22:1-46

  • Nikoh bazmi haqida masal (1-14)

  • Xudo va podshoh (15-22)

  • Tirilish haqidagi savol (23-33)

  • Ikkita eng muhim amr (34-40)

  • Masih Dovudning o‘g‘limi? (41-46)

22  Iso tag‘in ularga masallarni gapirib berib, shunday dedi:  «Osmon Shohligi, o‘g‘liga nikoh to‘yi+ qilib bergan podshohga o‘xshaydi.  U to‘yga taklif etilgan odamlarni chaqirtirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi, lekin ular kelishni xohlashmabdi+.  Shunda u boshqa xizmatkorlarini jo‘natib, shunday debdi: “Taklif etilganlarga aytib qo‘yinglar: “Men dasturxon yozib, buqa-yu bo‘rdoqilarimni so‘ydim. Hammasi tayyor. Nikoh bazmiga kelinglar”.  Biroq ular parvo qilmay, biri dalasiga boribdi, ikkinchisi oldi-sotdi qilishga ketibdi+.  Boshqalari esa shohning xizmatkorlarini ushlab, ularni urib o‘ldirishibdi.  Shunda shoh g‘azabga minib, askarlarini yuboribdi-da, shu qotillarni o‘ldirib, o‘sha shaharga o‘t qo‘yibdi+.  Keyin u boshqa xizmatkorlariga shunday debdi: “Nikoh bazmi tayyor, ammo taklif etilganlar bunga loyiq emas+.  Shunday ekan, katta ko‘chalarga borib, yo‘lingizdan chiqqan barchani nikoh bazmiga taklif qilinglar”+. 10  Shohning xizmatkorlari ko‘chaga chiqib, yo‘lida uchraganlarning barchasini — yaxshi-yu yomonni chaqirishibdi. Xullas, to‘yxona mehmonlarga* to‘libdi. 11  Shoh mehmonlarning oldiga kirganida, to‘y kiyimida bo‘lmagan bitta odamni ko‘rib qolibdi. 12  So‘ng unga savol beribdi: “Do‘stim, siz qanaqasiga bu yerga to‘y kiyimisiz kirdingiz?” U esa indamabdi. 13  Shunda shoh xizmatkorlariga buyurib, shunday debdi: “Oyoq-qo‘llarini bog‘lab, uni tashqariga, zulmatga tashlab yuboringlar. O‘sha yerda u yig‘lab, tishlarini g‘ijirlatadi”. 14  Ha, taklif etilganlar ko‘p, lekin tanlanganlar oz». 15  Shu payt, farziylar u yerdan ketib, Isoni so‘zidan tuzoqga ilintirishga til biriktirishdi+. 16  Ular shogirdlarini Hirodning tarafdorlari bilan+ birga jo‘natib, shunday deyishni buyurishdi: «Ustoz, siz rostgo‘y ekaningizni va Allohning yo‘li to‘g‘risida haqiqatni o‘rgatishingizni bilamiz. Shuningdek, kimlargadir ma’qul bo‘lishga intilmaysiz, chunki siz insonning tashqi ko‘rinishiga qarab muomala qilmaysiz. 17  Bizga ayting-chi, podshohga* jon solig‘ini to‘lash kerakmi yoki yo‘qmi?» 18  Ammo Iso ularning niyatlari yomon ekanini bilib: «Nega meni sinayapsizlar, ey ikkiyuzlamachilar? 19  Qani, soliq uchun to‘lanadigan tangani menga ko‘rsatinglar-chi»,— dedi. Ular unga bir dinor* olib kelishdi. 20  Shunda Iso ulardan so‘radi: «Bu yerdagi surat va ism kimniki?» 21  Ular javoban: «Podshohniki»,— deyishdi. Iso davom etib quyidagicha aytdi: «Unda podshohning haqini podshohga, Allohning haqini Allohga beringlar»+. 22  Buni eshitib, ular qoyil qolishdi va uni tark etishdi. 23  O‘sha kunning o‘zida tirilishga ishonmaydigan sadduqiylar+ kelib Isoga savol berishdi+: 24  «Ustoz, Muso payg‘ambarimiz: “Agar kishi farzand ko‘rmay o‘tib ketsa, ukasi uning xotiniga uylanib akasiga avlod qoldirishi kerak”+,— deb aytgandilar. 25  Bizda yettita aka-uka bor edi. Kattasi uylanib, farzand ko‘rmay o‘tib ketdi. Uning xotinini esa ukasi oldi. 26  Xuddi shunday vaziyat ikkinchisi, uchinchisi va hatto yettinchisi bilan ham yuz berdi. 27  Oxiri shu ayol ham qazo qildi. 28  Xo‘sh, o‘lganlar tirilganda, bu ayol yettovidan qaysi birining xotini hisoblanadi? Axir ular hammasi unga uylangan-ku». 29  Iso ularga javoban aytdi: «Sizlar Muqaddas Yozuvlarni ham, Xudoning qudratini ham bilmaganingiz uchun adashyapsizlar+. 30  Axir odamlar tirilganda na uylanishadi, na erga tegishadi. Lekin ular farishtalar kabi bo‘lishadi+. 31  O‘liklarning tirilishiga kelsak, Tangrining gaplarini o‘qimaganmisizlar? 32  Alloh: “Men Ibrohimning, Is’hoqning va Yoqubning Xudosiman”+,— deb aytgan. U o‘liklarning emas, tiriklarning Tangrisidir»+. 33  Buni eshitgan olomon, uning ta’limotiga lol qoldi+. 34  Sadduqiylar Isoning so‘zlariga lom-mim deya olishmaganini eshitgach, farziylar yig‘ilib uning oldiga kelishdi. 35  Bir Tavrot tafsirchisi Isoni sinash niyatida unga shunday savol berdi: 36  «Ustoz, Tavrotning qaysi amri eng muhim?»+ 37  Iso quyidagicha aytdi: «“Tangringiz Yahovani* butun qalbingiz, butun joningiz* va butun ongingiz bilan seving”+. 38  Bu birinchi va eng muhim amrdir. 39  Ikkinchisi esa unga o‘xshash: “Yaqiningizni o‘zingizni sevganday seving”+. 40  Tavrot va payg‘ambarlar kitoblari ushbu ikkita amrga asoslangan»+. 41  Farziylar birga yig‘ilib turganda, Iso ulardan shunday deb so‘radi+: 42  «Masih to‘g‘risida nima deb o‘ylaysizlar? U kimning o‘g‘li?» Ular Isoga: «Dovudning o‘g‘li»+,— deyishdi. 43  Iso ulardan so‘radi: «Unda qanday qilib Dovud muqaddas ruh ta’sirida+ uni Hazratim deb atagan? U shunday degan: 44  “Yahova* Hazratimga: “Dushmanlaringni oyog‘ing ostiga qo‘ymagunimcha Mening o‘ng tomonimda o‘tirib tur”,— dedi”+. 45  Xo‘sh, agar Dovud uni Hazratim deb atasa, unda u qanaqasiga uning o‘g‘li bo‘lishi mumkin?»+ 46  Lekin hech kim unga javob bera olmadi. Shu kundan keyin unga hech bir kishi savol berishga jur’at eta olmadi.

Izohlar

Yoki «dasturxon atrofida yonboshlaganlarga».
Yoki «qaysarga». Yun. sezar.